Aholini ish bilan bandligining ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati. Aholini ish bilan ta`minlashni tartibga solish


Davlat aholini ish bilan ta`minlash siyosatining chora-tadbirlari quyidagi sohalar bo`yicha tabaqalashtirilgan



Yüklə 1,83 Mb.
səhifə3/4
tarix31.05.2023
ölçüsü1,83 Mb.
#114710
1   2   3   4
Axoli bandligini taminlash

Davlat aholini ish bilan ta`minlash siyosatining chora-tadbirlari quyidagi sohalar bo`yicha tabaqalashtirilgan:

Davlat aholini ish bilan ta`minlash siyosatining chora-tadbirlari quyidagi sohalar bo`yicha tabaqalashtirilgan:

Aholini ish bilan ta`minlashga davlatning ta`sir ko`rsatish turlari:


ta`sir ko`rsatish ob`ekti bo`yicha (umumiy va ixtisoslashgan chora-tadbirlar);
mablag’ bilan ta`minlash manbalari bo`yicha.
passiv ta`sir ko`rsatish - ish bilan band bo`lmagan aholiga ijtimoiy yordam;
faol ta`sir ko`rsatish - mehnat taklifini rag’batlantirish, mehnatga bo`lgan talabni rag’batlantirish, talab va taklifni muvofiqlashtirish chora-tadbirlari (axborot, maslahat xizmati ko`rsatish, kasbiy sohada maslahatlar berish, aholining kamroq raqobatbardosh guruhlari uchun bandlik dasturlarini ishlab chiqish va hokazolar), mintaqalarga yordam ko`rsatish chora-tadbirlari va shu kabilar.

O`zbekiston Respublikasida aholini ish bilan bandlik siyosati.


Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida davlat aholini ish bilan ta`minlash va ishsizlikni bartaraf etish bo`yicha izchil ijtimoiy-iqtisodiy siyosat olib boradi. CHunki ish bilan bandlikni oshirish milliy iqtisodiyotni rivojlantirish, aholi turmush darajasini oshirish va yuksak taraqqiy etgan mamlakatlar qatoriga qo`shilishning muhim omili hisoblanadi. Ish bilan bandlik sohasida davlat siyosatining yuritilishi O`zbekistonda amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy ijtimoiy vazifalaridan biridir.

O`zbekistonda aholini ish bilan ta`minlash sohasidagi davlat siyosati quyidagi tamoyillarga asoslanadi:

  • mehnat qilish va ishni erkin tanlash huquqini amalga oshirishda barcha fuqarolarga jinsi, yoshi, irqi, millati, tili, ijtimoiy kelib chiqishi, mulkiy ahvoli, mansab mavqei, dinga munosabati, e`tiqodi va jamoat birlashmalariga mansubligi, shuningdek xodimlarning ishchanlik jihatlari hamda ular mehnatining natijalariga bog’liq bo`lmagan boshqa holatlardan kat’iy nazar teng imkoniyatlarni ta`minlash;
  • kishilarning mehnat va tadbirkorlik tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash va rag’batlantirish, ularda mehnat qilish va hayot kechirishda munosib sharoitlarni ta`minlaydigan unumli va ijodiy mehnat qobiliyatini rivojlantirishga ko`maklashish;
  • mehnat qilishning ixtiyoriyligi;
  • ish bilan ta`minlanish sohasida ijtimoiy kafolatlar berish va aholini ishsizlikdan himoya qilishni ta`minlash;
  • ijtimoiy himoyaga o`ta muhtoj va ish topishda qiynalayotgan fuqarolar uchun mavjud ish joylarini saqlab qolayottan va yangi ish joylarini yaratayottan ish beruvchilarni rag’batlantirish;
  • ish bilan ta`minlash sohasidagi tadbirlarni ijtimoiy va iqtisodiy siyosatning boshqa yo`nalishlari bilan muvofiqlashtirish;
  • aholini ish bilan ta`minlash chora-tadbirlarini ishlab chiqish, amalga oshi­rish va ularning bajarilishini nazorat qilishda davlat organlari, kasaba uyushma-lari, xodimlarning vakillik organlari va ish beruvchilarning o`zaro hamkorligi;
  • aholini ish bilan ta`minlash muammolarini hal qilishda davlatlararo hamkorlik.
  • Respublikada olib borilayotgan islohotlarning tarkibiy qismi hisoblangan ish bilan bandlik siyosati quyidagi asosiy maqsadlarga erishishni nazarda tutadi:
  • tarkibiy qayta qurishni rag’batlantirish asosida bo`shab qolgan xodimlarni qayta taqsimlash jarayonini jadallashtirish;
  • ishsizlarni mehnat hayotiga juda tezlik bilan jalb etish;
  • ish qidirayotganlardan har birini ish bilan ta`minlash

Yüklə 1,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə