Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta


Axloqiy tarbiya maqsadlari va vositalari



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə80/86
tarix29.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#142763
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   86
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org

Axloqiy tarbiya maqsadlari va vositalari. K.D.Ushinskiy tar-biya ishidagi
turli vositalar orasida axloqiy tarbiyaga katta ye’tibor berib, «Tarbiyaning asosiy
vazifasi axloqiy jihatdan ta’sir yetishdan iboratdir, bu aqlni urauman o’stirish, boshni
bilimlar bilan to’ldirishdan ko’ra ham muhimroqdir», — deb yozgan yedi.
Axloqiy tarbiya bolalarda odamlarga hurmat va muhabbat bilan qarashni,
ularga nisbatan samimiy, xayrixoh va adolatli munosabatda bo’lishni o’stirishi
kerak.
Ushinskiy ko’r-ko’rona, tayoq intizomiga qarshi norozilik bildirib, «Yeski
maktabda intizom nihoyatda g’ayritabiiy asosga yoki mukofotlar va yoki jazolar
ulashib beruvchi o’qituvchidan qo’rqish asosiga qurilgan yedi. Bu qo’rquvbolalarni
zararliholatlarga: sustkashlikka, sinf doirasidagi zerikishga va ikkiyuzlamachilikka
olib keldi» deb bolalarga nisbatan insoniy munosabatda bo’lishni talab qildi.
Ushinskiy yegoistlik, mansabparastlik, bekorchilik, g’arazgo’ylik, munofiqlik
singari nuqson va kamchiliklarni qattiq qoralaydi.
Uning iikricha, axloqiy tarbiyaning vositalari quyidagilardan iborat: 1. Ta’lim
(axloqiy tarbiyada kitob va darslik); 2. o’qituvchining shaxsan namuna bo’lishi



171
(Ushinskiyning obrazli ifodalashicha, «bu narsa yosh qalb uchun quyoshning


barakali nuridirki, uni hyech bir narsa bilan al-mashtirib bo’lmaydi»); 3. Ye’tiqod; 4.
o’quvchilarga mohirlik bilan muno-sabatda bo’lish (pedagogik odob); ogohlantirish
choralari; 6. Rag’batlanti-rish va jazolash.
Ushinskiy 
bolalar 
mehnati 
haqida 
gapirib, insonning to’g’ri
rivojlanishidagi zarur shart mehnatdir, deydi. Uning fikricha «agar tarbiya kishini
baxtli qilmoqchi bolsa, uni baxt uchun ttarbiyalamaslik kerak, balki hayotdagi
mehnat uchun tayyorlashi lozim». Tarbiya kishida mehnatga muhabbat va odatni
o’stirish kerak. Ushinskiy kishi o’z faoliyatida jismoniy mehnat bilan aqliy
mehnatni birlashtirsa, juda foydali bo’lur yedi, deb hisoblaydi. U o’quvchilar mehnati
haqida gapirib, «O’qish mehnatdir va mehnat bo’lib qolishi, ammo to’la ma’noli
mehnat bo’lishi lozim», — deydi. U talimni ovunchoqlik, ko’ngil ochish yo’li bilan
o’tka-zishga, ba’zi pedagoglarning ta’limni mumkin qadar yengilroq qilishga
harakat qilishlariga qarshi chiqdi. Bolalar o’qish davrida mehnatga,
qiyinchiliklarni yenga olishga o’rganishlari kerak. Faqat kichkina bolalarnigina
o’ynab turib o’qishga o’rgatish mumkin, deb yozadi Ushinskiy. Aqliy mehnat
og’ir, o’rganmagan kishini tezda charchatib qo’yadi. Shuning uchun bolalarni
kuchi yetadigan ishlarga asta-sekin o’rgatish lozim.
K.D.Ushinskiyning aqliy mehnatni jismoniy rnehnat bilan qo’shib olib borish
to’g’risidagi, o’qish va dam olishni to’g’ri tashkil yetish haqidagi pedagogik fikrlari
hozirgi kunda ham qimmatlidir.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə