Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə84/86
tarix29.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#142763
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org

3. Janubiy Koreyada talim tizimi 
Janubiy Koreyada ta’lim haqidagi Qonun 1948 -yili qabul qilingan. Talim
tizimiga asos qilib an’anaviy g’arb modeli olingan: 6 yil - quyi maktab, 3 yil - o’rta,
yana 3 yil - oliy maktab; so’ngra to’rt yillik kollej va bakalavr unvoni beriladi;
tanlangan fan yana 2 yil chuqur o’rganilgandan so’ng magistr unvonini olish
mumkin. Fan doktori bolish uchun yana 3 yil vaqt sarflash lozim.
Mamlakatda oliy o’quv yurtlarining ishlari yaxshi yolga qo’yilgan. Koreyada 104
ta oliy o’quv yurti bo’lib, ularning 80 foizi xususiydir. Har yili bitiruvchilarning 40
foizi o’qishga kiradi. Talabalar soni bo’yicha Koreya dunyoda birinchi o’rinda
turadi. Lekin maktabgacha ta’lim muassasalari yehtiyojni qondira olmayapti.
Shuning uchun 1982 –yili maktabgacha tarbiya haqida qonun qabul qilingan. Bu
yerda tarbiyaga bolalar bog’chasida asos solinishini yaxshi tushunishadi. Shu tufayli
bu tarmoq keyingi yillarda 60 foizga kengaydi. Bunda diniy tashkilotlarning hissasi
katta.
Boshlang’ich maktab masalasiga kelganda (bu maktabga olti yoshlilar kelishadi)
sinflarning tig’izligini kuzatish mumkin. Har sinfda 50 nafargacha bola o’qiydi.
Dars nagruzkalari ham ko’proq. o’yinlar dam olish o’quv dasturiga kiritilgan.
Shuning uchun dam olishga imkoniyat bor.
Boshlang’ich maktabda dars 40 minut o’rta maktabda yesa 45 minut. Oliy
maktabda darsning davomiyligi 50 minutga teng. Bu yerda ikki muhim jihatga
to’xtalib o’tish zarur. Oliy maktabga, albatta, kirish imtihonlari topshiriladi va
o’qishlar pullik.
Boshlang’ich maktabda 9 ta fan o’qitiladi. Koreys tilini o’rganishga alohida
ye’tibor berilib arifmetika hamda ijtimoiy fanlar o’qitiladi.
O’rta maktabda fanlar yana 4 taga ko’paytirilgan. 7-sinfdan boshlab chet tillar
o’rgatiladi. Mamlakatda ingliz tiliga ye’tibor kuchli. Ko’pchilik bu tilda bemalol
gaplasha oladi. Chet tillarni o’qitishga haftasiga 4—5 soat ajratilgan. Koreyslar yana
bir tilni — klassik xitoy tilini majburiy ravishda o’rganadilar. 8-sinfdan boshlab
Xitoy tarixi o’rganiladi.
Hunar maktablari Koreyada 600 tani tashkil yetadi. Bu maktablarning 45 foizi
bo’lajak mulkdorlarni tayyorlaydi, 23 foizida texnik kasb yegalari yetishib chiqadi.
Qolgan maktablarda dengizchilik, qishloq xo’jalik ixtisoslari o’zlashtiriladi. Shunisi
diqqatga sazovorki, bu maktablarga korxonalar otaliq qiladilar. Taiim haqidagi qonun
talablaridan biri shudir.
Koreyada ham alohida iqtidorli bolalarga ye’tibor kuchli. So’nggi yillarda 5 ta sport, 6
ta ilmiy maktab ochilgan. Jismoniy tarbiyaning rivojlanishiga Seul olimpiadasi katta
ta’sir ko’rsatgan.
Koreyada nogironlarga ko’rsatilayotgan g’amxo’rlikni har qadamda kuzatish
mumkin. Aytaylik, bu yerda aravachalar yordamida harakatlanuvchilar uchun yer
osti liftlari mavjud, maxsus jihozlangan past qilib qurilgan telefon-avtomatlardan
nogironlar bemalol foydalanadilar, rivojlanishdan orqada qolgan bolalar uchun
maxsus maktablar mavjud. Bu maktablarning aksariyati xususiy yoki diniy
tashkilotlarning xayriya mablaglari hisobiga qurilgan. Davlat maktablarida din




177
o’qitilmaydi. Lekin 3-sinfdan boshlab «Odobnoma» kabi maxsus fan joriy yetiladi. Bu


fan 12-sinfgacha haftasiga 2 soatdan o’qitiladi.
Maktablar uchun o’qituvchi kadrlar tayyorlashga ham ye’tibor katta. Koreyadagi
barcha talabalarning 6,5 foizi bo’lajak pedagoglardir. Mamlakatda 11 ta
o’qituvchilar kolleji mavjud. Har bir provinsiya o’z kollejiga yega. Boshlang’ich sinf
o’qituchisi bo’lish uchun 2 yil o’qish talab qilinadi. Fan o’qituvchisi birmuncha ko’proq
o’qiydi.
Janubiy Koreyada ta’limning obro’si naqadar kattaligini quyidagi misoldan ham
ko’rsak bo’ladi:
Soliqlar tizimida ta’limiy soliq joriy qilingan: ishlab chiqaruvchilar foydaning
ma’lum foizini maorifga yuboradilar. Davlat byudjetining-24 foizi talimga
sarflanadi.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə