Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti maktabgacha ta



Yüklə 0,77 Mb.
səhifə85/86
tarix29.11.2023
ölçüsü0,77 Mb.
#142763
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86
O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi a-fayllar.org

4. Fransiyada ta’lim tizimi 
Fransiya ta’lim tizimi ham qadimiy va boy tarixga yega. Bu mamlakatda
«Ta’lim haqida»gi Qonun dastlab 1955 -yili qabul qilinib, 1975 -yili unga qator
o’zgartirishlar kiritilgan.
Fransiya davlatining hozirgi davrda amal qilinayotgan «Ta’lim haqida»gi
Qonuni 1989-yil 10 iyulda qabul qilingan bo’lib, uning o’zgartirilishiga ta’lim
strategiyasida ro’y bergan o’zgarishlar, mamlakatning ichki, tashqi siyosatdagi
islohatlar, yuzaga kelgan iqtisodiy sharoitlar, chet yel pedagogikasidagi ilg’or
tajribalarning mamlakat ta’lim tizimlariga kirib kelishi, o’quv predmetlarining
integrasiyalari va boshqalar sabab bo’ldi.
Fransiyada ta’limning asosiy maqsadi shaxsning har tomonlama kamol
topishini ta’minlash, uni mustaqil faoliyatga tayyorlash, bozor munosabatlari
shareitida o’quvchilarni tadbirkorlikka, ishbilarmonlik va omilkorlikka o’rgatish,
shunga yarasha kasb-korga yega qilishdan iboratdir. Bu yerda:
1. Davlat maktablari,
2. Xususiy maktablar,
3. Oraliq maktablari mayjud.
O’qitiladigan predmetlar ichida fransuz til va adabiyoti, o’qish va yozuv
alohida ahamiyatga molik. Ular uchun dars vaqtining 30% ajratiladi. o’rtacha
haftalik soatlar 26 soatdan iborat, darsning davomiyligi 60 minut. o’quvyili 5
chorakka bolinadi. Fransuz maktablari boshlang’ich sinflarida o’qish yertalab va
tushdan keyingi qismlarga bo’linadi. Yertalab o’quvchilar ona tilidan, tushdan keyin
yesa matematika va boshqa predmetlardan saboq oladilar. Matematika, ona tili va
adabiyoti baza predmeti, tarix, geografiya, mehnat, jismoniy tarbiya predmetlari
yesa rivojlantiruvchi predmetlar hisoblanadi.
Fransiya ta’limida bolalarni go’daklik chog’idanoq maktabda o’qitish uchun
tayyor holda olib kelish g’oyat muhim masala hisoblanadi. Bu bosqichda
tarbiyalanuvchilar quyidagicha tabaqalashtirilgan: kichik guruh (2-4 yosh), o’rta
guruh (4-5 yosh), katta guruh (5-6 yosh). Maktabga tayyorlov guruhi (5-6 yosh) bo’lib,
ularga Fransiyada 100% shu yoshdagi bolalar qamrab olingan. Bolalarni maktabga
tayyorlash uchun alohida dastur va darsliklar mavjud.
Fransiyada boshlang’ich ta’Iim maktablariga 6 yoshdan 11 yoshgacha bo’lgan
bolalar jalb qilinadilar. Boshlang’ich maktab bepul va majburiy. Uning vazifasi




178
o’qish, yozish, hisoblash malakasini berishdir. o’quv mashg’ulotlari yertalab soat 9


dan 12 gacha, hamda soat 14 dan 16 gacha 5 soat davom yetadi. Maktabda
ovqatlanish pullik, lekin juda arzonlashtirilgan narxlarda. Boshlang’ich sinflarda
o’qish uch bosqichda amalga osbiriladi:
1. Tayyorlov bosqichi;
2. Yelementar kurs (bu bosqich ikki yil davom yetadi);
3. Chuqurlashtirilgan bosqich.
Dasturlarda o’quv predmetlarning barchasiga uch bosqich bo’yicha aniq, alohida-
alohida talablar qo’yiladi.
1990 -yildagi hukumat qarorida bolalarni bilimiga, qobiliyatiga qarab dars jadvalini
tabaqalashtirgan holda tuzish huquqi berildi.
o’quvchilar 11 yoshda boshlang’ich maktabni tugallab o’rta maktabga o’tadilar.
o’rta ta’lim yesa kollejlar va liseylarda amalga oshiriladi. o’rta ta’lim ikki bosqichda
beriladi. Birinchi bosqich (11 yoshdan 15 yoshgacha) 4 yil bo’lib, yeng kichik sinf 6-
sinf, 5-4-o’rta sinf, 3-sinf yesa katta sinf hisoblanadi. Demak sinflarni raqamlash
yuqoridan pastga qarab amalga oshiriladi. 6-5 sinflar umumiy o’rta ta’lim, 4-3 sinflar
yesao’quvchilarning moyilligiga qarab beriladi. Bu birinchi bosqichni tugatgach,
o’quvchilar kasbiy yo’nalishlari bo’yicha guvohnoma oladilar. So’ngra ikkinchi bosqich
boshlanadi. Bu bosqichda 15-18 yoshgacha bo’lgan bolalar ta’lim oladilar. Ular uch yil
o’qib bakalavr unvoni va diplomi uchun imtihon topshiradi-lar. Ana shunda diplom
olgan o’quvchilargina oliy o’quv yurtlarga qabul qilinish huquqiga yega bo’ladilar.
Fransiyada talabalar pedagogika,
politexnika instituti, oliy ma’muriy
maktablarga kirish uchungina imtihon topshiradilar. Bundan tashqari shu kasbga
moyilligi ham alohida sinab ko’riladi. Boshqa oliygohlarga va universitetlarga yesa
bakalavr diplomi bo’lgan yoshlar imtihonsiz qabul qilinaveradi.
Oliy ta’lim universitetlarda uch turkumda amalga oshiriladi.
Birincbi turkum: umumiy bo’lib, o’qish muddati ikki yil davom yetadi.
Ikkinchi turkum: o’qish bir yil davom yetadi. Talabalar uni magistr darajasi
bilan yakunlaydi.
Uchinchi turkum: o’qish 1—2 yil davom yetadi. Bu siklda:
- biron bir predmetni chuqurlashtirib o’rganilganligi haqida diplom 1 yil;
- ixtisoslashtirilgan oliy malumot to’g’risida diplom 1 yil;
- uchinchi turkum doktorlik dissertasiyasi 1-2 yil;
- davlat doktorlik dissertasiyasi biron-bir sohani mukammal o’rganib dissertasiya
yozish kabi hujjatlar olish mumkin.
Fransiyada oliy malumot va ixtisos beruvchi oliy texnologik institutlar mingdan
ortiq.
Ular odatda sanoat,
maishiy xizmat ko’rsatish, informatika
mutaxassisliklariga ixtisoslashgan. o’qish muddati 2 yil bo’lib, sakkiz xaftalik
ishlab chiqarish amaliyotini ham ko’zda tutadi.
Sirtqi talim shoxobchalari juda keng bo’lib, u 500 turdagi o’rta, oliy professional
ma’lumot berishni tavsiya yeta oladi.
Fransiyada maktab rahbarligi lavozimiga yerishmoq uchun talimga rahbarlik
qilishdan saboq beruvchi maxsus markazlarda o’qiydilar. Bunday markazlarda
ular rahbarlik qilish, maktab iqtisodiyotini boshqarish, talimdagi yuridik
masalalar, qonunchilik, ota-onalar bilan ishlash, madaniy oqartuv ishlarini tashkil




179
yetish, jamoada yaxshi psixologik muhitni barpo yetish kabi jihatlarni


o’rganadi. o’qishni yakunlagach, suhbatdan, test imtihonlaridan o’tadilar.
Direktor dars bermaydi. Uning ish faoliyatini ikki yil davomida diqqat bilan kuzatib
boriladi. Shu ikki yil davomida maktab direktori talantli tashkilotchi, yetuk rahbar
sifatida faoliyat ko’rsata olmasa, u bu lavozimidan olib tashlanadi. Maktabt
o’qituvchilariga qo’yilgan talab Fransiyada o’ta yuqori. Ayniqsa, boshlang’ich
maktablarda o’qituvchi o’z kasbini ustasi, ajoyib notiq, san’atkor, musiqachi,
sportchi, tashkilotchi, namunali xulq-atvor yegasi bo’lmog’i lozirm.

Yüklə 0,77 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   78   79   80   81   82   83   84   85   86




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə