Alisher navoiy nomidagi samarqand davlat universiteti


Tayanch tushuncha va iboralar



Yüklə 1,89 Mb.
səhifə20/147
tarix01.04.2023
ölçüsü1,89 Mb.
#103973
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   147
3.08 Она тили укит.мет2-курс

Tayanch tushuncha va iboralar: ona tili o’qitishnig predmeti va vazifalari, xususiyatlari, asosiy bo’linmalari, fanlararo aloqa.
1-ilova

1.1 Ona tili o’qitish metodikasining predmeti va vazifalari



Ona tili o’qitish metodikasi – pedagogik va amaliy fan. сhunki u nazariyaga asoslanib o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash, o’stirishning amaliy vazifalarini bajaradi.


Metod aslida yunoncha “metodos” so’zidan olingan bo’lib, “bilish va tadqiqot yo’li”, “nazariya”, “ta’limot” kabi ma’nolarni bildiradi1. Metodika (yun. “methodike”) biror ishni bajarish, amalga oshirish, ado etish metodlarining, usullarining yig’indisi yoki o’qitish usullari haqidagi ta’limot2  ta’lim berish metodlari, yo’llari va vositalari haqidagi fandir.


Ona tili o’qitish metodikasi – pedagogik va amaliy fan. shunki u nazariyaga asoslanib o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash, o’stirishning amaliy vazifalarini bajaradi.
Ona tili o’qitish metodikasi fani ta’lim berish sharoitida ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o’qish va yozishni, fonetika, grammatika bilib olish jarayoni hisoblanadi.
Ona tilidan ko’nikma va malakalarni shakllantirish, til xaqidagi fanning ilmiy tushunchalar sistemasini o’zlashtirish qonuniyatlarini o’rganadi, til o’rganishning eng qulay metod va usullarini izlaydi.
Ona tili o’qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi:

Ona tili o’qitish metodikasi ning vazifalari



a) Nimani o’qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang’ich sinf uchun dasturlar ishlab chiqadi, darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratib beradi.Ularning samaradorligi va muvofiqligini doimiy tekshirib boradi.

b) Qanday o’qitish kerak? savoliga ta’lim berishning metodlari, metodik usullar, mashqlar sistemasi, qo’llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, yozma ish, amaliy ishlar sistemasini, dars, uning turlarini ishlab javob beradi.

v) Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak? Bunda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali metodlarni o’rganish, tanlash, asoslash, tavsiyalarni eksperimental tekshirish vazifalarini bajaradi.

Ona tili o’qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o’quvchilarning


bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlaydi, o’qitishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini


belgilaydi, sababini izlaydi, uni bartaraf etish usullarini topadi.
Nutqiy va orfografik tipik xatolarni tekshiradi, uni oldini olish chora tadbirlarini belgilaydi.
Ona tili ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’rgatiladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida, asosan bolalarning nutqini o’stirish nazarda tutiladi. Boshlang’ich sinfda o’quvchilar nutqini o’stirishdan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o’zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.
Ona tili o’qitish metodikasi fani to’rt bo’limni o’z ichiga oladi:
1. Savod o’rgatish metodikasi, ya’ni elementar o’qish va yozishga o’rgatish. Bolalarga savod o’rgatish pedagogikadagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy qo’yilgan masalalardandir. CHunki xalqning savodxonligi ozodlik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil respublikamizda har bir kishining savodxon bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda. 1-sinfga qadam qo’ygan bolalarga barcha o’quv qurollarining sovg’a qilinishi prezident I. Karimovning kelajak avlodning savodxon, yuksak madaniyat egasi bo’lib etishishlari uchun g’amxo’rlikning bir namunasidir.
2.O’qish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda o’qish fanining vazifasi birinchi navbatda bolalarni tez (me’yorida), to’g’ri, ongli va ifodali o’qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
3.Grammatika va imlo metodikasi. Bu bo’lim elementar to’g’ri yozuvga va husnixatga o’rgatishni, grammatik tushunchalarni, boshlang’ich imlo malakasini shakllantirishni o’z ichiga oladi
4.O’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi. Bu bo’lim boshlang’ich sinflarda alohida o’rin tutadi. Bolalar birinchi marta tilni, nutqni o’quv fani sifatida anglaydilar. ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o’ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o’zining grafik formasi bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik formasi bilan ham og’zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni egallaydilar.
Metodika bolalarning nutqini boyitishni, sintaktik va bog’lanishli nutqini o’stirishni ham ta’minlashi kerak.
Shuni aytib o’tish kerakki, bog’lanishli nutq maktablarda alohida bo’lim sifatida o’rganilmaydi. U til fanining boshqa bo’limlari bilan bog’langan holda o’rganiladi.
2.1 Ona tili o’qitish metodikasining boshqa fanlar bilan aloqasi
Metodikaning amaliy ahamiyati o’quvchilarning til boyligini har tomonlama to’liq bo’lib olishlarini ta'minlashdir. Buning uchun biz quyidagilarni yodda tutishimiz lozim: Til kishilar o’rtasidagi aloqaning zaruriy vositasidir; tilsiz jamiyatning yashashi mumkin emas; tilning aloqa vosita sifatidagi roli o’zluksiz ortib boradi; maktabning vazifasi tilni aloqa – kishilar o’rtasidagi munosabatni rivojlangan, nozik quroliga aylantirish hisoblanadi. Til oqilona, mantiqiy bilish vositasidir; til birliklari va shakllari yordamidagina bilish jarayonida umumlashtirish, tushunchani muhokama va xulosa bilan bog’lash amalga oshiriladi; til va nutq tafakkur bilan uzviy bog’lanadi, biz fikrni nutqda shakllantiramiz; tilni egallash va nutqni o’stirish bilan o’quvchining fikrlash qobiliyati ham o’sadi.
Metodik fan sifatida ona tili o’qitish Metodikasi maktabda o’qitishning o’quvchilar nutqining yaxshi rivojlanishiga kafolat byeradigan, tilni har tomonlama bilishning ijtimoiy rolini tushuntiradigan yo’llari bilan ta'minlash kyerak. Demak, nutq o’stirish maktabning muhim vazifasidir. Ayniqsa, og’zaki va yozma nutq analitik – sintetik ishlar yordamida til ustida kuzatishda umumiy xulosa chiharishga, nazariy ta'rif va qoidaga, ya'ni og’zaki va yozma tarzdagi jonli nutqiy aloqaga, to’g’ri yozuv va to’g’ri talaffuzga o’tiladi. O’quvchining jonli jonli nutqiy aloqaga, to’g’ri yozuv va to’g’ri talaffuzga amaliy va nazariy jixatdan boyib kirishadilar. Ular kuzatish jarayonida uchragan til namunalarini, o’zlari bilib olgan va nazariy o’zlashtirgan qoidalarni amalga ongli tadbiq etadilar. Maktabda ona tili o’qitish Metodikasining bunday yo’nalishi haqiqatni bilish qonuniyatlariga ham, hozirgi zamon didaktikasi va vazifalariga ham mos kyeladi, javob byeradi. Pyedagogik, psixologiya bo’limlarning o’quvchilar tomonidan o’zlashtirilishi hamda ko’nikma va malakalarning shakllanish jarayonini tyekshiradi; bu jarayonda bolalar duch kyeladigan qiyinchiliklarni o’rganadi, ta'lim jarayonida bolalarning umumiy taraqqiyoti qonuniyatlarini byelgilaydi, shuningdyek, umuman va ayniqsa, ona tilidan byeriladigan bilim, ko’nikma va malakalarning o’sishini byelgilaydi. Bu bilan pyedagogik psixologiya Metodikaga o’quv matyerialini tanlashda, boshlang’ich sinflarda ona tiligi o’rgatishning mazmuni va hajmini, matyerialni sinflar bo’yicha va har bir sinfning o’z ichida ma'lum izchillikda joylashtirishni byelgilashda yordam byeradi, o’qitishning o’quvchilar analitik – sintyetik faoliyatining to’g’ri o’sishiga ko’maklashadilar eng samarali usul va shakllarni byelgilaydi. Metodika psixologiya fani ma'lumotlaridan foydalanib, bolalarning yosh hususiyatlarini hisobga olish va o’quvchilarga individual yondashish imkoniyatiga ega bo’ladi.
Ona tili o’qitish Metodikasi psixolingvistika fani bilan ham uzviy bog’liqdir. Psixolingvistika Metodikaga nutq haqida nutqni talab qiluvchi, kyeltirib chiqaruvchi sabablar haqida, fikr bayon qilish turlarini byelgilovchi omillar haqida va ommaviy aloqaga nutqiy ta'sirning foydasi haqida ma'lumot byeradi. Bu ma'lumotlar myetodik masalalarni hal qilish uchun, ayniqsa, bog’lanishli nutqni o’stirish Metodikasi uchun juda muhimdir.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish Metodikasi didaktika bilan ya'ni ta'limning umumiy nazariyasi bilan ham bog’lanadi. Metodika didaktika byelgilab byergan qonuniyatlar, qoida va prinsiplarga asoslanadi. Bolalarning qiziqishlari bilan bog’lab olib borishga rioya qilish maktabda o’qitiladigan barcha pryedmyetlardan, shu jumladan, ona tilidan ham o’quv jarayonini tashkil qilishda juda zarurdir.
Ona tili Metodikasi umumiy pedagogika bilan ham o’zaro bog’lanadi. Maktab ta'limidagi har bir o’quv pryedmyeti, shu jumladan, ona tili ham, faqat bilim byerish ko’nikma malaka hosil qilish bilangina chyegaralanmay, o’quvchilarning ongini o’stirishi va tarbiyalashi ham lozim. Haqiqatdan ham, ona tili o’qitish jarayonida bolalarning dunyoqarashi shakllanadi, bilish qobiliyatlari o’sadi, ular aqliy, ahloqiy, estyetik tomondan rivojlanadi, haraktyerida ma'lum ijobiy xususiyatlari yo’zaga keladi, mehnat qilishga o’rganadi va hokazo.
Pedagogika fani bolalarni har tomonlama rivojlantirish va ularni tarbiyalash masalalarini ilmiy tomondan ishlab byeradi. Ona tili o’qitish Metodikasi pedagogika fani yangiliklariga, uning yuqorida qayd etilgan masalarni ilmiy tomondan ishlab byergan ma'lumotlarga asoslanadi.
Ona tili Metodikasini umumiy pedagogika bilan bog’lash, ayniqsa, boshlang’ich sinflarda muhimdir. Kichik yoshdagi o’quvchilarning jamoa va shaxsiy o’quv faoliyatida zarur bo’lgan ko’p odat va ko’nikmalar hali tarbiyalanmagan bo’ladi. Tashkilotchilik, jamoa ishiga tyez kiritish, e'tibor bilan eshitish, o’qish va yozish, faol va mustaqil ishlash, barcha ishlarni puxta va saranjom, iloji boricha chiroyli bajarish kabi ko’nikma va odatlar o’qituvchi va maktab tomonidan amalga oshirilgan umumpyedagogik tadbirlar tizimini tashkil etadi. Tarbiyaning shunga o’xshash nazariy va amaliy masalalarini pedagogika ishlab beradi. O’qituvchi pyedagogik talablarni amalga oshirsagina, ona tiliga o’rgatishning ta'lim-tarbiya jihatdan foyda kyeltirishini uyushtira oladi.
Ona tili o’qitish Metodikasi o’zbyek tilini amaliy va ma'lum qismini nazariy egallashni nazarda tutadi, shuning uchun ham lingvistik sikldagi fanlar (fonyetika va fonologiya, lyeksikologiya frazyeologiya, so’z yasalishi va etimologiya, grammatika – morfologiya va sintaksis, stilistika, shuningdyek, orfoepiya, grafika, orfografiya) Metodikasining muhim asosiy hisoblanadi.
Fonetika va fonologiya grafika bilan bog’liq holda savod o’rgatish Metodikasini ishlashda, e'lyemyentlar o’qish ko’nikmasini shakllantirishda asos bo’lib xizmat qiladi. Fonyetika va grafikaning fonyetik printsip asosiyda yoziladigan imlo qoidalarini o’zlashtirishda ham ahamiyati katta. xusnihat Metodikasi garfikam nazariyasiga taya’nadi.
Lyeksikologiyani bilish maktabda lug’at ishi (sinonim va antonimlar, so’zlarning guruhlarga oid xilma-xil mashqlar o’tkazish, ko’p ma'noli so’zlar, ularning ma'no ottyenkalari ustida ishlash)ni to’g’ri tashkil etish uchun juda muhimdir.
So’zning tarkibi va so’z yasalishini o’rganishda lingvistika siklidagi fanlar – so’z yasalishi, etimologiya, grammatika asos vazifasini bajaradi.
Morfologiya va sintaksis muhim til hodisalarini shakllantirishni, til qurilishi haqida tushuncha hosil qilishni to’g’ri tashkil etishga, grammatik tushunchalardan to’g’ri yozuv masalalarini hal qilish uchun foydalanishga imkon byeradi. Grammatikadan bilimi bo’lmagan o’quvchilarda orfografiya va punktuattsiyadan ko’nikma va malakalarni shakllantirish mumkin emas. Grammatika o’quvchilar nutqini o’stirishda ham muhim rol o’ynaydi, chunki grammatika so’z shakllarini to’g’ri tuzish, so’z birikmasi tarkibidagi so’zlarni o’zaro to’g’ri tuzish, so’z birikmasi tarkibidagi so’zlarni o’zaro to’g’ri bog’lash va gapni to’g’ri tuzishga o’rgatadi.
To’g’ri yozuvga o’rgatish Metodikasining rivojlanishida o’zbyek tili orfografiyasi nazariyasini hisobga olish talab etiladi.
O’qish Metodikasi adabiyot nazariyasiga asoslanadi, chunki o’quvchilar badiiy asarni amaliy tarzda tahlil qiladilar, ularda adabiyotshunoslikdan nazariy ma'lumot byeradi, ammo Metodika adabiy asarning yaratilish qonuniyatlarini va uning o’quvchilarga ta'sirini, ayniqsa, adabiyotshunoslikka oid mavzulardan asarning g’oyaviy mazmuni, uning mavzusi va syujyeti, kompozittsiyasi, janri, tasviriy vositalarini hisobga olish zarur.



Yüklə 1,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   147




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə