Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар


Сейсморазведка усули ва асбоб ускуналари



Yüklə 178,09 Kb.
səhifə9/21
tarix23.12.2023
ölçüsü178,09 Kb.
#156591
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21
Амалий машғулотлар бўйича кўрсатма ва тавсиялар Геофизик усуллар билан ҳал қилинадиган геологик масалалар

7.Сейсморазведка усули ва асбоб ускуналари.
Seysmorazvedkani amalga oshirishda murakkab tuzilishga ega bo‘lgan quyidagi asboblar majmuasidan foydalaniladi:
1) elastik to‘lqin hosil qiluvchi manbaalar (qo‘zg‘atish va boshqalar);
2) elastik tebranishni qabul qiluvchi va elektr signallariga aylantiruvchi qurilmalar (er yuzidagi ishlarda seysmik tutqichlar yoki geofonlar; havzalarda ishlash uchun pezopriyomnik va gidrofonlar);
3) ko‘p kanalli kuchaytirgichlar va qayd qiluvchi asboblar, seysmostansiyalar (analogli va raqamli);
4) ma’lumotlarni qayta ishlaydigan kompyuterlar;
5) yordamchi jihozlar (burg‘ilash stanogi, asbobni olib yuruvchi avtomobillar, simlar va boshqalar).
Seysmorazvedka asboblari bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarning texnik jihatdan murakkab ekanligidan quyidagi omillar dalolat beradi;
a) bir necha metrdan yuzlab kilometr chuqurlikni o‘rganishda, elastik to‘lqinni hosil qiladigan oddiy bolg‘adan to kuchli qo‘zg‘atishgacha zarur bo‘lgan manbaalar;
b) tuproq siljish amplitudasini millimetrning 10-6 bo‘lagigacha qayd qilish signallarining kuchlanishini bir necha million marta kuchaytiradigan asboblar va dinamik diapazonini 106-107 gacha ko‘taradigan elektron kuchaytirgichlarning qo‘llanishi zarurligi;
v) manba atrofidagi ko‘pgina to‘lqinlarni bir vaqtda barobariga qayd qilish yoki bir nechta punktlar orqali qayd qilish uchun ko‘p kanalli kuchaytirgichga o‘xshash qurilmalarning zarurligi;
g) juda katta miqdordagi ma’lumotlarni qayta ishlaydigan kompyuterlarga ega zamonaviy stansiyalar va ma’lumotni yirik EVMlarda qayta tahlil qilishning zarurligi.
Elastik to‘lqinlar manbalari. Er yuzida va uncha chuqur bo‘lmagan (50 m gacha) parma quduqlari yoki suv havzalarida elastik to‘lqin hosil qilish uchun turli manbaalardan foydalaniladi. Eng oddiysi bolg‘a, bosqon bilan urush va birorta yukning er yuzasiga tushishi hisoblanadi. Uzoq vaqtlargacha elastik to‘lqin hosil qilishda trotil, ammonit, og‘irligi bir necha kilogramdan 100 tonnagacha bo‘lgan qo‘zg‘atish moddalar turidan quduqlarda va suv havzalarida qo‘zg‘atish yo‘li bilan foydalanilgan. Qo‘zg‘atish moddalari, mahsus mashinalarga o‘rnatilgan kuchli elektr impulsiga ega bo‘lgan portlatuvchi asboblar orqali elektrdetonatorlar yordamida portlatiladi.
Qo‘zg‘atish jarayonining murakkabligi va hozirgi vaqtda ularning ekologik salbiy holatlarni yuzaga keltirishini inobatga olib, portlatmasdan turib, impulsli (10-3-10-4 s) yoki davomiy kvazigarmonikli (2-20 s) asboblardan(vibratorlar) foydalanilmoqda.
Impulslilardan biri gazodinamik gaz portlatuvchi (propan va kislorod ishlatiladi) hisoblanadi. Gazning yonishi natijasida porshen erga uriladi, yuqoriga yo‘nalgan zarba esa(porshenni orqaga qaytishi) mashina og‘irligi yordamida to‘xtatiladi. Kvazi uzluksiz elastik to‘lqinlarni vujudga keltirish uchun vibratorlarda gidravlik domkratlarnikiga o‘xshash silindrga yog‘ yuboriladi. YOg‘ning hajmi keskin o‘zgarganda porshenning plitasi va mashina yuki er yuziga o‘z massasi bilan uriladi. Elektr uchqunli manbaalar suvda elektr qutblarni ulash natijasida chiqqan energiyasidan elastik to‘lqin hosil bo‘ladi. Bunda elektr manbai mahsus kondensatorlarda bo‘ladi. Elektr qo‘zg‘atish natijasida uning atrofidagi suyuq muhitda qizigan bug‘ yoki bug‘-gazli idishdagi bosim elastik to‘lqinni hosil qiladi.
Pnevmatik pushka yordamida suvga kuchli bosim bilan mahsus kameralarda to‘plangan havo yuboriladi. Bundan tashqari boshqa manbaalar ham mavjud.
YOzuv va tasvirlash vositalari.
Seysmorazvedka asboblarining vazifalari. Seysmorazvedka asboblarining asosiy vazifalari ma’lum turdagi elastik to‘lqinlarni o‘lchashdan iboratdir. Bunda, albatta tebranish paydo bo‘lgan vaqtni bilish, elastik to‘lqin ta’sirida tuproq siljishini, foydali to‘lqinlarni ajratish, ularni avtomatik qabul qilish va amplitudalarini aniqlash zarur.
Elastik to‘lqin ta’sirida er yuzining kuchsiz siljishini mahsus seysmik tutqichlar(seysmopriyomniklar) qabul qiladi. Ular tebranma harakatlarni elektr signallariga aylantirib beradilar. Bu juda kuchsiz signallar sim va elektr kanallari orqali elektr kuchaytirgichga, undan esa qayd qiluvchi qurilmalarga etkaziladi. Seysmik priyomnik (pezopriyomnik), kuchaytirgich va qayd qiluvchi qurilmalar bilan birgalikda seysmik kanal yoki yozuv kanallari deb ataladi. Turli seysmik stansiyalarda 1 tadan 1000 tagacha kanallar bo‘ladi.
YOzuv vositalari majmuasiga magnitli qayd qiluvchidan tashqari to‘lqinlarni ko‘rinish holatiga keltirib beruvchi tasvirlash vositalari ham kiradi. Tasvirni kuchaytirish va qayd qilish qurilmalari tasvirlash vositasi hisoblanadi.
Seysmopriyomnik va pezopriyomniklar. Elastik to‘lqinlarni qabul qilish va elektr signallarni qayd qilishda elektrodinamikli seysmopriyomniklardan (geofonlar) foydalaniladi. Ular magnitlardan tarkib topib oralig‘ida sim o‘ralgan alyumin g‘altak korpusiga prujina bilan osilgan bo‘lad. Magnit elastik to‘lqin natijasida siljiganda g‘altak inersiya ta’sirida joyida turgandek bo‘ladi, ammo magnitga nisbatan u ham siljigan bo‘ladi. Natijada tuproq siljish tezligiga proporsional bo‘lgan elektr induksiya signali paydo bo‘ladi.
Dengizdagi ishlar uchun esa, pezopriyomniklardan (gidrofonlar) foydalaniladi. Ularning ishlashi pezoelektr effektiga asoslangan, ya’ni harakatga keluvchi elektr kuchi ayrim kristallarning qirralarida, ularga ta’sir etgan bosimdan paydo bo‘ladi (masalan, bariy titanati). Suvda tarqalayotgan elastik to‘lqin natijasida bosim o‘zgarishida kristallarda elektr potensiali paydo bo‘ladi. Hosil bo‘lgan elektr tok simlar orqali kuchaytirgichga yuboriladi.
Seysmik priyomniklar dala (er yuzasidagi kuzatuvlarda ishlatiladigan) va quduqli (quduq tadqiqotlarida ishlatiladigan) seysmopriyomniklarga ajratiladi.
Kuchaytirgich. Seysmik priyomniklar va tasvirlash qurilmalaridagi elektr signallarini 106-107 marta zo‘raytirish uchun elektr kuchaytirgichlar qo‘llaniladi. Ular signallarni kuchaytirishdan tashqari, chastotali saralash (ayrim chastotlarni kuchaytirish, ayrimlarini yo‘q qilish) muhim funksiyalarni bajaradi. Buning uchun bir qancha saralash to‘plamalari mavjud. Saralash xususiyati qurilmani tez-tez takrorlanishi bilan bog‘liq. Navbatdagi, uchinchi funksiya – bu kuchaytirishni dasturli va avtomatik me’yorlashdir. Bunday me’yorlash bir xil amplitudali seysmogrammalarga xos bo‘lib, kichik signallarni juda kuchaytiradi va katta signallarni esa, kamraq kuchaytirishga moslangan.
Seysmostansiyalarda vositalar soniga ko‘ra bir turdagi kuchaytirgichlar bilan mos holda o‘rnatiladi.
Qayd qiluvchi qurilmalar. Foydali seysmik to‘lqinlarni ajratish uchun qabul qilingan seysmik signallar shakllarini ko‘rish zarur. SHuning uchun ma’lum vaqt mobaynida signallar o‘lchamidagi o‘zgarishni yozish – seysmik stansiyani asosiy maqsadi hisoblanadi va vaqt mobaynida o‘zgarayotgan signallarni uzluksiz yoyilgan holatda qayd qilish orqali amalga oshiriladi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri qayd qilishda, odatdagi elektrotermik yoki fotografik qog‘ozdan foydalaniladi. Ko‘pincha magnit tasmasiga tasvirni qayd qilish qulayroqdir. Qayd qilish tezligi 30-50 sm/s. 0,01 s oraliqni qayd qiluvchi maxsus qurilmalari yordamida vaqt markalari uzatiladi. Natijada qayd qilish yoki tasvirlash vositalarida seysmogrammalar olinadi. Ularda elastik to‘lqin hosil qilingan vaqt (qo‘zg‘atish momenti) va ularni seysmik priyomniklarga qabul qilinish vaqti, kuchaytirgichlardan o‘tgandan so‘ng qayd etiladi (74-rasm).
Magnit tasmasida qayd qilingan tasvir ko‘p kanalli magnitofon orqali amalga oshiriladi. Bunda qayd qilish qurilmasi magnit bashchalari bloki deyiladi. Ana shunday magnit bashchalari tasvirlash qurilmalarida hisoblash uchun o‘rnatilgan.
Magnitli qabul qilish asbobida, magnit bashchalari blokidan tashqari, tasma tortuvchi mexanizm va qurilma mavjud.
Qayd qilish natijasida magnitogramma hosil bo‘ladi. Magnitli qaydlovning asosiy afzalligi shundaki, uni bir necha bor qo‘shimcha saralangan yoki signallarni umumlashtirgan holda qayta olish mumkin. Bu dala materiallaridan ko‘proq foydali ma’lumotlar olishga imkon beradi.
To‘g‘ridan-to‘g‘ri va qayta qayd qilish, yozilgan signallarni vaqt mobaynida ko‘rinadigan shakldaligini ta’minlash yo‘llaridan biridir. Zamonaviy seysmostansiyalarda raqamli qayd qilishdan foydalaniladi. Bunda signallar ma’lum oraliqda o‘lchanada va raqamlar ko‘rinishida ifodalanib magnit tasmaga yoziladi. Ushbu yo‘lning asosiy afzalligi, qayd qilingan tasvirda o‘zgarishlar deyarli bo‘lmaydi va ularni EHM yordamida qayta ishlash mumkin. Bu, seysmik ma’lumotlarni tahlil qilish va qayta ishlash jarayonini avtomatlashtirishga imkon beradi.
Registratorlardan (grafoqurilmalar, plotterlar) foydalanib, raqamli signallarni ko‘rinish shakliga keltirib, (kuchlanishning vaqt kattaligiga bog‘liqligi rasmsi) yoki o‘zgaruvchan zichlik yo‘li bilan (tasmadagi qora dog‘lar, ma’lum oraliqdagi zichlik o‘zgarishini boshqaradi) qayd qilish mumkin.


Yüklə 178,09 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə