Amaliyot joyi "Golden tours and travels" mas`uliyati cheklangan jamiyati


Amaliyot obyektining boshqa hamkor tashkilotlar bilan bo’ladigan munosabatlari tahlil qilish



Yüklə 41,35 Kb.
səhifə9/16
tarix20.06.2023
ölçüsü41,35 Kb.
#118124
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16
Amaliyot joyi Golden tours and travels mas`uliyati cheklangan

Amaliyot obyektining boshqa hamkor tashkilotlar bilan bo’ladigan munosabatlari tahlil qilish

Zamonaviy turizm bozorida tur operator juda ko’plab sohalar bilan hamkorlik o’rnatishadi shu qatori "Golden tours and travels" MChJ ham bir qator chet el turfirma, sug’urta, transport korxonalari, turizm obektlari, aviakompaniyalar va boshqa tashkilotlar bilan hamkorlik aloqalarini o’rnatgan. Aviakompaniyalarning o’zaro aloqalari juda muhim omil hisoblanib, bugungi kunda aviakompaniyalarning asosiy iste’molchisi sifatida eng ko’p ulushni tur operatorlar egallamoqda. Ular o’z navbatida buyurtma beruvchilar orasida yetakchilik qilishmoqda va bu o’z navbatidan geografik jihatdan xalqaro turizmning keng ko’lamda tarqalishiga imkoniyat tug’diryapti. Yer sharining turli nuqtalarida joylashgan turistik ob’yektlar, kurortlar va boshqa maskanlar turistlarning asosiy oqimi yo’nalishlariga aylanmoqda. Bu kabi uzoq o’lkalarda okean-u, daryolar, sahro-yu tog’liklarni tez muddat ichida bosib o’tadigan asosiy transport vositasi bu samalyot hisoblanadi. Yuqoridagi boblarda ularning qulayliklari bilan tanishib o’tgandik. Undan tashqari, iste’molchilarning sayohat qilishlari uchun uncha ko’p vaqtlari bo’lmaganligi bu sayohatning qisqa vaqt mobaynida juda ko’plab joylarni sayohat qila olishi bu asosiy talablardan biri bo’lib hisoblanadi. Shu tariqa, aviakompaniyalar bir haftalik kabi, sayohat uchun juda ko’plab destinatsiyaga borish mumkin bo’lgan imkoniyatni yaratib beradi.
Turoperatorlar va turagentlar hamkorligi har ikkala tomonga manfaat keltiradi. Turoperatorda mavjud tarmoqlangan kontragentlik tarmog‘i unga turistik safarlami sotish hajmini o ‘stirishga imkon beradi, yangi bozorga chiqadi, jumladan, chiqish turizmining hududiy bozoriga kirib boradi. Bu bilan o ‘z xodimlarini ta'minlash xarajatlarini, ijara binolarini, ularni uskunalarini tejaydi. 0‘z navbatida, turagent safarlami oxirgi iste’molchisiga sotib bergani
uchun vositachiligiga komission mukofot oladi. Uning hajmi, odatda, sotilgan turistik mahsulot bahosiga nisbatan foiz hisobida aniqlanadi va 10 % ni tashkil qiladi. U ko‘paytirilishi ham mumkin (masalan, kelishilgan hajmdan ko‘proq turistik xizmat sotilganda). Komission mukofot turagentlikning asosiy daromad manbai bo‘lib xizmat qiladi.
Xalqaro turistik sayohatlarni tashkil qilish to‘g‘risida qaror qabul qila turib, turfirmalar avval boshdan manfaatdor xorijiy turfirmalar bilan ishbilarmonlik aloqalarini o‘rnatishi lozim. Alohida olingan mamlakatda xorijiy sheriklar soni tarkibi masalasi turistik bozor yoki xorijiy potensialni baholash yoki turfirmaning moddiy – texnik imkoniyati asosida hal etiladi. Bunda optimal variantga erishishga intilish kerak. Aks holda xorijdagi ko‘p sonli sheriklar bozorni maydalanib ketishiga va potensial xaridorlarni «olib borish»ga olib keladi, ularning sonini yagona bosh vakilgacha qisqartirish esa milliy turfirmalarni raqobat omillaridan foydalanish imkoniyatdan mahrum qiladi va uni xorijlik sherikka qaysidir jihatdan tobe qilib qo‘yadi.
Iqtisodiyot, savdo, ilmiy-texnikaviy va madaniy aloqalar, turizm sohasidagi davlatlararo va hukumatlararo kelishuvlarda ham jiddiy omil bo‘lmoqda. Iqtisodiy kuchlar. Iqtisodiy omillarning "Golden tours and travels" MChJ faoliyatiga ta'siri, asosan, turizm va iqtisodiyotni rivojlantirish tendentsiyalari o'rtasida yaqin bog'liqlik mavjudligi bilan bog'liq. Mamlakatning iqtisodiy rivojlanishi, milliy daromad hajmi va fuqarolarning moddiy farovonligi o'rtasida bevosita bog'liqlik mavjud. Davlatning iqtisodiy ahvoliga nafaqat aholi daromadlari, balki moddiy-texnika bazasi va turizm infratuzilmasining rivojlanish darajasi ham bog‘liq.
SHeriklik munosabatlari mo‘ljallangan mamlakatdan istiqbolli va salmoqli turfirmalarni qidirishni yo‘lga qo‘yish orqali boshlanadi. Shu maqsadda Internetdagi axborotlardan turfirmalarning xorijiy spravochniklari, ularni reklama materiallari, turistik ko‘rgazma, birjalar, taqsimotlarda xorijiy turfirma vakillari bilan uchrashuvlardan foydalaniladi. Turistik agentliklar assotsiatsiyasi va boshqa turistik tashkilotlar tavsiyasiga amal qilinadi. Bunda qidiruvning faol usullari tavsiya etiladi. Masalan, milliy turfirma rahbarlarining xorijga ishga doir safarlari, xorijiy turistik ishbilarmonlar doirasida maqsadli reklama yo‘li bilan milliy turfirma nufuzini oshirish lozim.




  1. Yüklə 41,35 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə