Andijon davlat pedagogika instituti


Tashkil etish, boshqarish, shaxs xususiyatlarini rivojlantirish bo‘yicha klassifikatsiya



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə12/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Tashkil etish, boshqarish, shaxs xususiyatlarini rivojlantirish bo‘yicha klassifikatsiya
Tashkil etish va boshqarish jihatidan pedagogik texnologiyalarni qo‘yidagi turlarini ajratish mumkin:

  1. Sust boshqariluvchi (talabalar faoliyati boshqarilmaydi, stixiyalilik ustun turadi).

  2. Siklli tekshirish – o‘z-o‘zini va o‘zaro tekshirish ustun turadi.

  3. Frontal (yalpi).

  4. Yo‘naltirilgan (individual).

  5. Verbal –o‘qituvchi ishtirokida.

  6. Avtomatlashgan – texnik vositalardan foydalangan holda.

Ushbu boshqarish turlarining kombinatsiyalashuvi natijasida qo‘yidagi didaktik tizim texnologiyalari vujudga keladi:

  • an’anaviy leksion ta’lim tizimi (boshqarish sust, frontal, verbal);

  • audivizual texnik vositalar yordamida ta’limni tashkil etish (boshqarish sust, frontal, avtomatlashtirilgan);

  • konsultatsiya texnologiyasi (sust, yo‘naltirilgan, verbal);

  • kichik guruhlar texnologiyasi (siklli, frontal, verbal, differensial);

  • kompyuter ta’limi (siklli, yo‘naltirilgan, verbal)-individual ta’lim;

  • repetitor tizimi (siklli, yo‘naltirilgan, verbal) – individual ta’lim;

  • dasturlashtirilgan ta’lim (siklli, yo‘naltirilgan, avtomatlashtirilgan-programmalar asosida);

  • differensial ta’lim (siklli aktiv boshqariluvchi, yo‘naltirilgan, vebral);

  • muammoli ta’lim (siklli, yo‘naltirilgan, tarbiyalanuvchi shaxsi aktiv).

Amaliyotda bu ta’lim texnologiyalari kombinatsiyalashgan holda qo‘llaniladi. Ta’lim texnologiyalari darsning maqsadi va mazmunidan kelib chiqqan holda tanlanadi.
Shaxs xususiyatlarini rivojlantirishiga qarab qo‘yidagi texnologiyalar ajratiladi:
1.Operatsion texnologiyalar – fikrlash malakasini fikrlash refleksini rivojlantiruvchi texnologiyalar hisoblanadi. Ular har xil fikrlash turlarini shakllantirishga moslashgan bo‘ladi.
2.Estetik – axloqiy xislatlarni shakllantirishga qaratilgan texnologiyalar
3.Boshqaruvchilik xususiyatini rivojlantiruvchi texnologiyalar.
4.Evristik – ijodiy yondashuvni rivojlantiruvchi texnologiyalar, talabalardan ijodiy yondashib masalaning yechimini topishni talab etadi.
5.Amaliy texnologiyalar – amaliy xatti-harakatlarni shakllantiruvchi texnologiyalar.



Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə