Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə10/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

An’anaviy ta’lim markazida o‘qituvchi turadi deb yuqorida qayd qildik, tarbiyalanuvchi esa o‘z tinglaganlarini, ta’kidlab aytamiz o‘qituvchi tomonidan bayon qilinganlarni esda saqlash va xotiralashga harakat qiladi. Ta’limga an’anaviy yondashuvning o‘z afzalliklari va kamchiliklari mavjud. Fan bo‘yicha aniq bo‘lgan ma’lumotlari ishonarli bayon etiladi, vaqtdan unumli foydalaniladi, aniq ilmiy axborotlarga tayaniladi, o‘qitish jarayoni, o‘zlashtirish o‘qituvchi rahbarligida tashkil etilib, nazorat qilinadi, bu juda yaxshi. Bu an’anaviy ta’limning afzalliklaridir. Ammo bunda tarbiyalanuvchilar passiv tinglovchi va ishtirokchiga aylanib koladilar, eslab kolish darajasi hamma tarbiyalanuvchilarda bir xilda bo‘lmaganligi sababli. Guruh (sinf) da o‘zlashtirishning har xillashuvi; tarbiyalanuvchilar mustaqil ishlash imkoniyatiga ega bo‘lmasliklari; tarbiyalanuvchilar o‘zlarini erkin his qila olmasliklari; nazorat faqat ta’lim beruvchi tomonidan amalga oshirilishi kuzatiladi. Bular an’anaviy yondashuvning kamchiliklaridir.
An’anaviy tizimni modernizatsiyalashda qo‘llaniladigan pedagogik texnologiyalar. Zamonaviy ta’lim texnologiyalari axborotlarni eng yangi usullari va vositalarini qo‘llashga asoslanganligi uchun, ulardan bizning ta’lim texnologiyalarimizda foydalanish, kadrlar tayyorlash milliy dasturining o‘qitish jarayoniga yangi axborot texnologiyalarini joriy qilish to‘g‘risidagi talablarini amalga oshirishni ta’minlaydi.
Qanday pedagogik texnologiyalar mavjudligini ko‘rib chiqamiz. Biz, ularni an’anaviy tizimni modernizatsiya qilish paytida ishlatishimiz mumkin.
Pedagogik munosabatlarni insonparvarlashtirish va demokratiyalashtirish asosidagi pedagogik texnologiyalar. Ular, jarayonli orientatsiyalangan, shaxsiy munosabatlar ustivorligi, individual yondoshilgan, qattiq bo‘lmagan demokratik boshqariladigan va mazmunan yorqin insonparvarlikka yo‘naltirilgan texnologiyalardir. Ularda, hamkorlik texnologiyasi, Sh.A.Amonashvilining insonparvar-shaxsli texnologiyasi, Ye.N.Ilinning insonni shakllantiruvchi fan sifatida adabiyotni o‘qitish texnologiyasi va boshqalar kiradi.
Ta’lim jarayonini samarali tashkil qilish va boshqarish asosidagi pedagogik texnologiya - dasturlashtirilgan o‘qitish texnologiyalari (V.V.Firsov, N.P.Guzik), ta’limni individuallashtirish (A.S.Granitskaya, Inge Unt, V.D.Shadrikov), sharhlovchi boshqarish payotida tayanch sxemalardan foydalangan holda istiqbolli-ilgarilovchi o‘qitish, (S.N.Lisenkova), guruhli va jamoaviy o‘qitish usullari (I.D.Pervin, K.Dyachenko), kompyuter (axborot) texnologiyalari va b.
O‘quv materialini metodik takomillashtirish va didaktik rekonstruksiya qilish asosidagi pedagogik texnologiyalar - P.M.Erdnievning didaktik birliklarni yiriklashtirishi, V.S.Bibler va S.Yu.Kurganovalarning “Madaniyatlar dialogi” texnologiyasi, L.V.Tarasovning “Ekologiya va dialektika” tizimi, M.B.Volovichning aqliy faoliyatini bosqichli amalga oshirish nazariyasi texnologiyasi va b.
Tabiatda o‘xshash, xalq pedagogikasi usullarini ishlatuvchi, bolaning tabiiy rivojlanishiga tayanadigan - L.N.Tolstoy bo‘yicha o‘qitish, A.Kushnir bo‘yicha savodxonlikni tarbiyalash, M.Montessori texnologiyasi va b.
Alternativ - R.Shteynerning valdorf pedagogikasi, S.Frenening erkin mehnat texnologiyasi, A.M.Lobkonning ehtimolli o‘qitish texnologiyasi.
Majmuaviy politexnologiyalar - mualliflik maktablar tizimi. Ularning ichida eng ko‘zga ko‘rinadigani – A.N.Tubelskiyning “O‘zlikni anglash maktabi”, Ye.A.Yamburgning “Maktab hamma uchun”, M.Balabanning “Maktab-park» va b. (28).
Ko‘rsatilganidek, barcha yuqorida nomlari aytilgan texnologiyalar, an’anaviy ta’lim tizimiga erkin kirib keladi, faqat, o‘qitish jarayoniga yondoshishimizni va ta’lim oluvchiga munosabatimizni o‘zgartirganimizda, quyidagilarni anglaganimizda:

  • ta’lim jarayonida markaziy figura biz emas, balki ta’lim oluvchi hisoblanishini:

  • asosiysi - o‘rgatish faoliyati, dars berish emas;

  • tayyor bilimlarni eslab qolish va qayta tiklash emas, balki bilimlarni mustaqil topish va, ayniqsa, ularni qo‘llash ustivor bo‘layotganini;

  • ta’lim oluvchining alohida sifatlarini emas, balki bir butun shaxs sifatida uni jismoniy, ma’naviy, ahloqiy rivojlanishi xususiyatlarini hisobga olish zarurligi.


Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə