Andijon davlat pedagogika instituti


-mavzu. Texnologiyalar va loyihalashtirishning tarixi



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə15/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

3-mavzu. Texnologiyalar va loyihalashtirishning tarixi
Reja:

  1. Pedagog olimlar tomonidan texnologiyalarga berilgan ta’riflar.

  2. Ta’limga texnologik yondashuv va“ta’lim texnologiyasi” tushunchasi ma’nosining uzluksiz o‘zgarishi.

  3. An’anaviy ta’lim mazmuni, ijobiy va salbiy xususiyatlari

  4. Ta’lim texnologiyasining mohiyatli belgi va xususiyatlari.



Tayanch iboralar: ta`lim texnologiyasi, texnologik yondashuv, an’anaviy ta’lim pedagogik texnologiya, sinf-dars tizimi, mohiyat, belgi, xususiyat.


Sinf-dars tizimi garchi 350 yil avval asoslangan bo‘lsada bugungi kunda ham keng ko‘lamda qo‘llanilib kelinmoqda. Sinf-dars tizimining mazmuni o‘quv ishlarini tashkil etish o‘ziga xos shakli sifatida quyidagilarda iborat:

  1. bir xil yoshdagi va tahminan bir xildagi tayyorgarlik darajasiga ega bo‘lgan tarbiyalanuvchilar sinfni tashkil etadi. bu sinf maktabda o‘qishning umumiy davriga asosan doimiy tartibini saqlab qoladi;

  2. sinf faoliyati yagona yillik reja va dastur asosida, doimiy dars jadvali bo‘yicha tashkil etiladi, buning natijasida bolalar maktabga yilning bir vaqti va oldindan belgilangan kun soatlarida kelishlari kerak bo‘ladi;

  3. mashg‘ulotlarning asosiy birligi dars hisoblanadi;

  4. dars odatda bir fan yoki mavzuga bag‘ishlangan bo‘ladi, shu bois tarbiyalanuvchilar sinfda bitta material ustida ishlaydilar;

  5. darsda tarbiyalanuvchilarning ishiga o‘qituvchi rahbarlik qiladi, u o‘z fani bo‘yicha o‘qish natijalari, har bir tarbiyalanuvchini alohida bilimini baholaydi va yil oxirida tarbiyalanuvchini keyingi sinfga o‘tishi haqida qaror qabul qiladi.

Sinf-dars tizimi K.D.Ushinskiy tomonidan yanada rivojlantiriladi. U bu shaklning hamma ustunliklarini ilmiy asoslab berdi. Dars, ayniqsa, uning tashkiliy qurilishi va tipologiyasining ixcham nazariyasini yaratdi. K.D.Ushinskiy har bir darsning bir-biri bilan ketma-ket bog‘langan quyidagi uchta qismini ajratib ko‘ratadi:

    • ilgari o‘rganilgan bilimlar asosida yangi bililarni anglashni amalga oshirish va tarbiyalanuvchilarda materialni jadal qabul qilishga maqsadli ko‘rsatmani yaratishga qaratiladi. Darsning bu qismi K.D.Ushinskiyning fikricha darsga go‘yoki “eshik” hisoblanadi.

    • asosiy masalani hal etishga yo‘naltiriladi va darsning muhim, markaziy qismi hisobalanadi.

    • amalga oshirilgan faoliyatga yakun yasash va bilim, ko‘nikma va malakalarni mustahkamlashga qaratiladi.




Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə