Andijon davlat pedagogika instituti


Ta’limga texnologik yondashuv va“ta’lim texnologiyasi” tushunchasi ma’nosining uzluksiz o‘zgarishi



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə16/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Ta’limga texnologik yondashuv va“ta’lim texnologiyasi” tushunchasi ma’nosining uzluksiz o‘zgarishi

Davr

Texnologik yondashuvning namoyon bo‘lishi

TT” tushunchasi ma’nosi

XVII asr

XVII asrda YAn Amos Komenskiy, shunday ta’lim mexanizmi, ya’ni uni“didaktik mashina” deb nomlab, uning ustida izlanish olib borgan.

“Didaktik mashina”

30-yillar
50-yillarning
o’rtasi

30-yilning o‘rtasida AQSHning Indiana universitetida talabalarga eshitish va ko‘rish (audiovizual) ta’limi bo‘yicha ma’ruzalar o‘qilgan, 1946y. shu erning o‘zida eshitish va ko‘rish ta’limi bo‘yicha mutaxassislarni tayyorlash kursi: ishlab chiqarishni rejalashtirish, eshitish va ko‘rish vositalarni ishlatish va ular sifatini baholash, shu vositalarni qo‘llab o‘quv jarayonini boshqarish dasturlari kiritildi.
1954y. - professor B.F. Skiner tomonidan ishlar taqsimoti(mavzu-qadam-xodimlar) bo‘yicha o‘rgatishning muntazamli texnologiyasini o‘zida namoyon etuvchi, dasturlashgan ta’lim modeli(DT) asoslandi. Qaytar aloqani nazarda tutuvchi: har bir bajarilgan ishning to‘g‘riligini tezkor baholash va agar keyingi qadamga xatolik bo‘lsa qaytarish deb ta’kidlagan.

“Ta’limda texnologiyalar” - “... ma’lumotga ega bo‘lish sohasida zamonamizning bo‘lagi bo‘lgan kashfiyotlar, sanoat mahsulotlari va jarayonlarini qo‘llash” (M. Klark).
pedagogik maqsadlarda axborotni taqdim etishda eshitish va ko‘rish(audiovizual) vositalarini qo‘llash

50-60- yillar
o‘rtasi

1958y. – N.Krauder bir qator berilgan javoblarni to‘g‘riligiga bog‘liq ravishda qaytar aloqaga muvofiq javoblarni ko‘p tanlash DTning kengaytirilgan chizmasini taqlif etdi.

“O‘rgatuvchi texnologiya”
(D.Finn,1959)– pedagogik maqsadda maxsus yaratilgan
eshitish vositalaridan
foydalanish va ulardan foydalanish uslubiyoti

70-80-yillar

Ta’lim texnologiyasini ilmiy asosi
axborot, telealoqa nazariyasi, pedagogik
kvalimetriyasi, tizimli tahlil, bilish
jarayonini boshqarish nazariyasi, ta’lim
jarayonini qulaylashtirish, pedagogik
mehnatni ilmiy tashkillashtirish va
boshqalar.
Eshitish vositalarining yangi turlari:
videomagnitofon, aylanmali kadroproektor,
elektron va bloknotli yozuv taxtasi va
boshqalar chiqara boshlandi.
Ta’lim texnologiyasi muammolari bo‘yicha Xalqaro anjumanlarda ta’lim
texnologiyasiga umumiy mohiyat taqlif etildi.
TT qo‘llanish sohasi- (1) o‘qitishning
texnik vositalari, (2) ma’lumot olish
muammolariga tizimli yondashishi. “Birinchi
soha o‘qitish vositalarida texnika
yutuqlarini amalga oshirish bilan, ikkinchi
soha esa, pedagogik nazariyani rivojlanishi
bilan, ularni tashkillashtirishning umumiy
nazariyasi birlashtirilishi lozim bo‘lgan
ilovaga bog‘liq, ya’ni ta’lim muammolariga
tizimli yondashishdir”.
P.D. Mitchel(1970 y.) TT bo‘yicha 102 manbalarni tahlil etishi natijasida TT ma’nosi va pedagog-texnologlar vazifasi asosini shakllantiradi: “Kutilayotgan pedagogik natijalarni olish uchun inson,
moddiy va moliyaviy manbalarni maqbul taqsimlash”.
“TT muammolarining nazariy tadqiqotla-rini ishlab chiquvchi oqim, mohir texnologlarning yangi avlodi paydo bo‘ldi”
(M. Eraut).

“Faqat sodda odamlargina, texnologiyani-faqat moslamalar va o‘quv materiallar majmui deb hisoblaydilar”. Bu bundan ko‘prog‘ini angalatadi. Bu tashkillashtirish yo‘li, bu materiallar, insonlar, tashkilot, modellar va tizim turidagi“inson-mashina” to‘g‘risidagi tasavvur. Bu muammoning iqtisodiy imkoniyatlarini tekshirish. Bundan tashqari, texnologiya fan, san’at va inson qadri o‘zaro harakatiga muhim aloqaga ega.


“Ta’lim vositasining sinonimi hisoblanmasdan, u fanlararo xilma-xil tasodiflar yig‘indisi, ta’limning barcha jihatlari bilan bog‘liq bo‘lgan, qisqa ta’limiy lavhadan to uning barcha harakatlaridagi milliy tizimlari hisoblanadi” – D. Finn, London, 1978.
80-yillarda TT to‘g‘risida Rossiya olimlarining birinchi nashrlari paydo bo‘ldi:
“... xorijiy tajribalar hozir bizda yaxshi
ma’lum bo‘lmay turibdi. Lekin TT eshigimizni taqillatayapti” (Klarin, 1989)

“Ta’limiy texnologiya”
TT- “ta’lim texnik vositalari yoki kompyuter sohasidagi”
izlanishlar emas; bu ta’lim jarayonining samaradorligini
oshiruvchi omillarni tahlil qilish yo‘li bilan, tuzilmaga
keltirish hamda yo‘l va
materiallarni qo‘llash yo‘li bilan, shuningdek
qo‘llanilayotgan usullarni baholash orqali ta’lim jarayonini eng maqbullashtirish
tamoyillarini aniqlash va yo‘llarini ishlab chiqish maqsadidagi izlanishdir”.
(Mejdunarodnыy ejegodnik po
texnologii obrazovaniya i obucheniya– London– Nyu- York, 1978 g.

“TTning dastlabki mohiyati pedagogik maqsadlarda muloqot


qilishning eshitish va ko‘rish vositalari, ko‘rsatuv, kompyuter va boshqa turdagi “yumshoq” va“qattiq” vositalardan foydalanishni anglatgan. YAngi va kengroq ma’noda esa, ta’lim olish shakllarini maqbullashtirishni
o‘z vazifalari deb qo‘yuuvchi, butun ta’lim berish jarayonini
hamda bilimlarni texnikaviy va insoniy manbalarni hisobga
olgan holda o‘zlashtirsh va ularning o‘zaro harakatini yaratish, qo‘llash va aniqlashning
tizimli usulidir”.
(YUNESKO, 1986 y.)
“Pedagogik texnologiya”–
atamasi pedagogika fanida vujudga keldi

90-yillar

TT muammolarini: V.P.Bespalko,
V.Guzeev, V. Klarin, V Monaxov, G. Selevko, S. Saidahmedov, J. Yo‘ldoshev, S. Usmonov, M. Ochilov va boshqalar ishlab chiqdilar

XXI
asrning1-o‘n yillari

“Pedagogikaning predmeti inson tabiati(bog‘liq bo‘lgan) va o‘quv-tarbiyaviy harakatlarining samarasi o‘rtasidagi qonuniyatli munosabatlar hisoblanadi”.
Bir qancha uslubiyotlardan“tanlash huquqi” o‘rniga, ilmiy, tabiatga oid pedagogika berilgan yoki inson to‘g‘risidagi aniq bilimlari asosida mavjud sharoitlar uchun harakatlanishning maqbul yo‘llarini ongli loyihalashni taqlif etadi. Ma’lumki, muammoning bunday berilishida pedagogika “tajribani umumlashtirish” va“omma ijodkorligi” botqog‘idan ilmiy izlanish maydoniga va yuqori asosli psixologiya– pedagogika muhandisligiga o‘zgaradi.
Ushbu matn parchasida TT- berilgan sharoitda pedagogik vazifalarga maqbul erishish yo‘llaridir. Berilgan sharoitda maqbullik– texnologiyani hammabop tizimli belgisi.
“Pedagogika uchun texnologiya ma’nosiga alohida, hech nimagao‘xshamaydiganlar, shuningdek unga texnik takrorlanish ma’nosini o‘ylab topishga hech qanday sabab yo‘q. Mohiyati bo‘yicha mavjudlik va ishlab chiqarishlik, ijtimoiylik, insonshunoslik va texnologiya vazifalarini berilishidek qabul qilish kerak” (A.M. Kushnir, 2004 y.).

Darsni tashkil etish ilmiy asoslarini ishlab chiqishga A.Disterveg ham katta hissa qo‘shdi. U o‘qituvchi va tarbiyalanuvchining faoliyatiga taalluqli o‘qitish tamoyillari va qoidalari tizimini ishlab chiqdi, tarbiyalanuvchilarning yoshi imkoniyatlarini hisobga olishni zarurligini asoslab berdi. Ta’limning sinf-dars tizimi alohida o‘quv fanlarini o‘qitish metodikasi va didaktikasiga oid asarlarida uning afzallik va kamchiliklarini ko‘rsatib berdi.

Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə