Andijon davlat pedagogika instituti



Yüklə 2,7 Mb.
səhifə17/182
tarix12.12.2023
ölçüsü2,7 Mb.
#148923
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   182
Loyihalashtirish. majmua

Afzalliklari: yaxlit o‘quv-tarbiyaviy jarayonning tartibli ketishini ta’minlovchi aniq tashkiliy tizim; jarayonlarning oddiy boshqarilishi: muammoning jamoa bo‘lib muhokama qilinishi, masalaning yechimini birgalikda izlash jarayonida bolalar o‘rtasida o‘zaro munosabatlarning shakllanish imkoniyati; o‘qituvchining tarbiyalanuvchilar va ularning tarbiyasiga doimiy emotsional ta’sir ko‘rsatishi; ta’limning emotsionalligi (zero, o‘qituvchi bir vaqtning o‘zida tarbiyalanuvchilarning katta guruhi bilan ish olib boradi), o‘quv faoliyatiga musobaqalashish elementlarini kiritish uchun sharoitning yaratilishi, bilimsizlikdan bilimlarni o‘zlashtirish sari harakatlarning muntazamligi va ketma-ketligi.
Kamchiliklari: tizimning asosan bilimlarni o‘rtacha darajada o‘zlashtiruvchi tarbiyalanuvchilar uchun mo‘ljallanganligi, bo‘sh o‘zlashtiruvchi tarbiyalanuvchilar uchun qiyinchiliklarning yuzaga kelishi va ko‘chli o‘zlashtiruvchi tarbiyalanuvchilar qobiliyatlarining rivojlanish sur’atining ortga surilishi; o‘qituvchi uchun o‘qitish mazmuni va o‘qitish sur’atlari hamda metodlari bo‘yicha individual ishlarni tashkil etish, shuningdek, tarbiyalanuvchilarning individual xususiyatlarini hisobga olishdga qiyinchilikning yuzaga kelishi; katta va kichik yoshli tarbiyalanuvchilar o‘rtasidagi munosabatlarning qaror topmasligi.



Ta’limning an’anaviy shakllari

Afzalliklari

Kamchiliklari

  • ma’lum ko‘nikmalarga ega bo‘lgan va aniq ma’lum tushunchalarni, fanni urganishda foydali.

  • O‘qituvchi tomonidan o‘qitish jarayonini va o‘qitish muhitini yukori darajada nazorat kilinishi.

  • Vaqtdan unumli foydalanish.

  • Aniq, ilmiy bilimlarga tayanish.




  • Tarbiyalanuvchilar passiv ishtirokchi bo’lib qoladilar.

  • O‘qituvchining to‘la nazorati barcha tarbiyalanuvchilar uchun motivasiyani vujudga keltirmaydi.

  • Tarbiyalanuvchilar o‘qituvchi bilan bevosita muloqatga kirisha olmaydi.

  • Eslab qolish darajasi hamma tarbiyalanuvchilarda bir xil bo‘lmaganligi sababali, sinf bo‘yicha o‘zlashtirish darajasi pats bo‘lib qolishi mumkin.

  • Mustaqil o‘rganish va yechimlar qabul qilish uchun sharoitlar yaratilmaydi.




Yüklə 2,7 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   182




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə