Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə34/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   153
fayl 1633 20210826

13-rasm 


89
 
 
holatidagi tananing gorizantal holatda harakatlanishi davomiyligiga yordam beradi. 
Asosiy bosqich harakati bevosita tayyorgarlik harakatini davom ettiradi va asosan 
ikki fazaga bo‘linadi. 
           Tezkor  itarilish  fazasi  –  gimnastikachining  bu  fazadagi  ishlarni  yengib 
o‘tuvchi  deyarli  barcha  mushak  apparatlarining  kuchli  va  portlovchi  ishi  bilan 
bog‘liqdir. Aynan shu fazada gimnastikachi tanasiga tayanchdan yuqoriga harakat 
hamda  oxiridagi  sakrash  balandligi  va  uning  tayanchsiz  holati  davomiyligiga 
bog‘liq bo‘lgan jadalligi to‘g‘risida xabar beriladi. 
          Extimol,  uchishning  boshlang‘ich  tezligi  qancha  yuqori  bo‘lsa,  sakrash 
yuqori bo‘lar va ko‘proq havoda ushlab turilar. Tezkor depsinish fazasida sakrash 
bu talabga javob bera olishi uchun   T.O.M. ga  imkoni boricha ko‘proq tezkorlik 
kerakligi  to‘g‘risida  xabar  berishi  kerak.  Bunga  gimnastikachi  tanasi  a’zolarining 
barcha bo‘g‘imlari birdaniga rostlansa, tananing og‘irligi tayanchdan uzoqlashadi. 
Bu nafaqat gimnastikachi oyoqlari ishiga, balki siltanish harakatini bajara oladigan 
barcha tana a’zolariga ham tegishlidir. 
          Depsinishda  oyoq  kaftidan  oyoq  uchiga  ko‘tarilishi  (oyoq  kaftining 
bukilishi)  va  oyoqlarni  tizza  hamda  tos-son  bo‘g‘imlari  to‘g‘rilanishi  yozilishi 
sodir  bo‘ladi.  Shu  bilan  bir  vaqtda  bo‘sh  a’zolar  sakrash  kuchini  ko‘paytiruvchi 
omil  sifatida  muhim  bo‘lgan  yuqoriga  siltashni  bajarish  mumkin.  Jumladan, 
sakrash  balandligi  siltash  hisobiga  deyarli  26%  ga  ko‘tarilishi  mumkin  deb 
ko‘rsatilgan.  Badiiy  gimnastikada  gimnastikachi  qo‘llar  va  bir  oyoqda  depsinib, 
ikkinchi  oyoqda  siltash  harakatlarini  bajarishi  mumkin.  Odatda  bu  siltash 
harakatlari  anatomik  tomondan  bukish  hisoblanadi:  yarim  cho‘qqayishdan  keyin 
qo‘llar kabi tayanmagan oyoq ham o‘z harakat trayektoriyasining pastki nuqtasidan 
o‘tadi (10-rasm, 5- kadrga qarang), depsinishni boshlaganda esa yuqoriga intiladi. 
Oyoq  bilan  depsinish  va  tayanchsiz  a’zolar  bilan  siltash  harakatlari  ko‘pincha 
tananing  umurtqa  pog‘onasi  bo‘limlari  to‘g‘rilanishi  uchun  to‘ldiriladi  (masalan, 
ochiq va yopiq holatlarda sakrash). 


90
 
 
           Ko‘rsatib  o‘tilgan  barcha  harakatlar  qancha  tez  va  bir  vaqtda  bajarilsa, 
depsinish shuncha  tez  va  yuqori samara  beradi.  Shunday  qilib,  gimnastikachining 
nafaqat  “sakrovchanligi”,  tezkor-kuch  sifati,  balki  depsinish  texnikasini 
egallaganligi ham muhim hisoblanadi. 
           Depsinishni  tayanish  fazasidagi  samarasining  integral  mezoni  dinamik 
ko‘rsatkichlar,  birinchi  o‘rinda  tayanchga  gimnastikachi  tomonidan  beriladigan 
faol  ta’sir  va  tayanch  reaksiyasi  kuchi  bo‘lishi  mumkin.  Depsinishdagi  barcha 
harakatlar  qancha  tez  va  muvofiq  bo‘lsa,  oyoq  va  tayanchning  o‘zaro  harakati 
shuncha  kuchli  va  depsinishning  kuchi  shuncha  yuqori  bo‘ladi.  13-15  rasmlarda 
joyidan,    depsinib  sakrash  va  yugurib  kelib  sakrashlarning  o‘ziga  xos 
dinamogrammasi    ko‘rsatilgan.    Sakrash  turi  va  texnikasiga  qarab  tayanchga 
bo‘lgan  maksimum  bosim  vaqti  har  xil  vaqtga  to‘g‘ri  keladi.  Joyidan  sakrashda  
(10-rasm)  u  yarimcho‘qqayishning  tugashiga  to‘g‘ri  keladi  (5-  kadr).    Depsinib 
sakrashda  (11-rasm)  siltashning  o‘rtasida  keladi  (4-  kadr).  Maksimal  kuchning 
absolyut  ahamiyati  turli  sakrashlarda  ma’lum  doirada  o‘zgarib  turadi.  Odatda 
kuchli  depsinishda  eng  ko‘p  ahamiyatga  egaligi  kuzatiladi,  joyidan  sakrashda 
depsinish kuchi 160-180kg ga, yugurib kelib sakraganda esa 235 kg dan ko‘proqqa 
teng  keladi.  Tayanch  bilan  o‘zaro  faol  bog‘liqlik  vaqti  ham  katta  farq  qiladi. 
Yugurib  kelib  kuch  bilan  baland  sakrashda  u    0,25  –  0,26  s.ga  teng.  Joyidan 
sakrashda u ancha ko‘proq, chuqur yarim cho‘qqayish bilan depsinib sakrashda esa 
0,5  -  0,7  s.gacha  bo‘lishi  mumkin.  Lekin,  shuni  hisobga  olish  kerakki,  tayanch 
bilan oyoqning o‘zaro ta’siri natijasida paydo bo‘lgan katta kuch yaxshi itarilishga 
yordam beradi deb bo‘lmaydi. Qarshilik bilan depsinib sakrashda katta tezlik bilan 
tayanchga  berilgan  zarba  balki  ahamiyatlidir,  lekin  keyingi  depsinish  sust  va 
samarasi past bo‘lishi mumkin.  
          Tezkor itarilish fazasi odatda oyoqlar to‘liq to‘g‘rilanganda yakunlanadi. 
          Tezlikni  qayta  taqsimlash  va  tayanchdan  uzilish  fazasi  bevosita  tezkor 
itarilish fazasidan keyin keladi. Gimnastikachi depsinish va siltashni tugallagandan 
so‘ng,  tana  a’zolari  tezligini  qayta  taqsimlaydi.  Bunga  tana  a’zolarini  tabiiy,  faol 


91
 
 
va sust harakatchanligi bilan erishiladi. Oyoq bilan ishlaganda tabiiy chegaralanish 
aniq  ko‘rinib  turadi.  Oyoqlarning  bo‘g‘imlari  oxirigacha  tekislangandan  keyin 
tezligi  to‘xtaydi.  Tana  a’zolari  harakatchanligining  sun’iy  chegaralanishi  o‘ziga 
xosdir.  U  qo‘llar  bilan  harakatlanishda  juda  aniq  ko‘rinadi:  qo‘llar  bilan  siltash 
odatda  mushaklar  ishi  o‘zgarishi  hisobiga  faol  “tormozlanadi”.  Agar  siltashda 
qo‘llar harakati yelkaning bukuvchi mushaklari kuchi bilan tezlashsa, unda tezlikni 
qayta  taqsimlashda  bu  harakat  yozuvchi  mushaklar  ishi  bilan  tormozlanadi. 
Yuqorida aytilganlar tayanchsiz oyoq bilan siltash harakatlariga o‘xshashdir. 
          Siltanuvchi  a’zolar  harakat  tezligi  pasayishi  bilan  tayanchga  bo‘lgan  bosim 
kuchi  ham  pasaya  boshlaydi.  Siltanuvchi  a’zolar  tormozlanganda  ularning 
energiyasi  a’zolarga  o‘tadi.  Tayanchga  bevosita  yaqinlashgan  a’zolar  umumiy 
harakatga  jalb  qilinishi  bilan  tayanchga  bo‘lgan  bosim  nolga  teng  bo‘ladi  va 
sakrashning tayanchsiz fazasi boshlanadi (10-rasm, 6-7- kadr)  
          Sakrashni  amalga  oshirish  bosqichi  harakatning  tayanchsiz  qismi  bilan 
bog‘liq.  Bu  bosqichda  gimnastikachi  harakati  butun  bir  harakatning  asosiy 
maqsadini  namoyon  etadi,  uning  texnik  tomondan  murakkabligi  va  tashqi 
samarasini  aniqlaydi.  Sakrash  turlarida  ko‘rinib  turibdiki,  gimnastikachining 
uchishdagi  harakati  turli-tuman  bo‘lishi  mumkin.  Shuning  uchun  amalga  oshirish 
bosqichining  fazaviy  tuzilishi  tayyorgarlik  va  asosiy  bosqich  kabi  unchalik  aniq 
emas, uchishda bajariladigan o‘ziga xos harakatlarga bog‘liqdir. Sakrashni amalga 
oshirish bosqichi shartli ravishda qo‘yidagi fazalarga bo‘linadi: 
Harakatda  holatni  hosil  qilish  fazasi.  Gimnastikachi  tayanchsiz  holatga  o‘ta turib, 
unga  maqsad  qilib  qo‘yilgan  holatni  qabul  qilishga  yordam  beruvchi  harakatni 
bajaradi.  Qadamlab  sakrab  halqa  hosil  qilib  sakrashda  (13-rasm)    gimnastikachi 
bukilgan oyoq bilan siltab va qo‘lni oldinga qilib (6-kadr) depsinganda, siltanuvchi 
oyoqlarni  oldinga  to‘g‘rilab,  undan  keyin  esa  shu  vaqtning  o‘zida  depsinuvchi 
oyoqni orqaga harakatlantirib shpagatga yaqin bo‘lgan holatga erishadi (8-9-kadr).  
So‘ngra gimnastikachi orqaga egilib “halqa” holatiga o‘tadi (9-kadr).  


92
 
 
          Holatni  hosil  qilishga  o‘xshash  harakatlar  badiiy  gimnastikada  ko‘pgina 
sakrashlarni ta’riflaydi va ularning asosiy xususiyatlarini tashkil qiladi. 
          Maqsad  qilib  qo‘yilgan  holatni  ushlab  turish  fiksatsiya  fazasi  faqat  shartli 
ravishda  ajratilishi  mumkin.    Uchishda  0,15-0,20  soniyali  qandaydir  holatni  aniq 
ushlab turish – kamdan-kam uchraydigan hodisadir. Ko‘pincha gimnastikachining 
maksimal  balandlikda  uchayotganda,  holatni  sekin  o‘zgartirish  fiksatsiya  rolini 
o‘ynaydi.  16-  rasmdagi  “halqa”  ushlab  turish  holati  to‘liq  hisoblanadi,  lekin 
gimnastikachi 
tanani 
orqaga 
egib 
oyoqni 
maksimal 
darajada 
orqaga 
harakatlantirishga  harakat  qiladi.  Uchishda  holatni  ushlab  turish  sakrash  kuchi  va 
balandligiga  bog‘liq.  Sakrash  qancha  baland  bo‘lsa,  uchish  qancha  uzoq  bo‘lsa, 
uchishda  chiroyli  holatni  samarali  ushlab  turish  imkoniyati  shuncha  ko‘p  bo‘ladi. 
Bu ma’noda sakrash sifati uning tayanchsiz fazasi davomiyligiga qarab baholanadi. 
Tadqiqotlarning  ko‘rsatishicha,  baland  sakrashda  uchishning  davomiyligi  odatda 
taxminan 0,5 s.ga tengdir. Bu ko‘rsatkich depsinib sakrashda ancha yuqori, joyida 
sakrashda  balandligi  bo‘yicha  o‘rtacha,  yugurib  kelib  sakrashda  kamroq  bo‘ladi. 
Badiiy  gimnastikada  yugurib  kelib  sakrash  odatda  “qarshilik  bilan”  (uchishga 
maksimal balandlik va vaqt beradigan) emas, balki oldinga harakatlanib bajariladi 
(13-rasm).  Bunday sharoitda uchish  balandligi nisbatan kam bo‘ladi. 
         O‘tish  fazasi  shartli  ravishda  ajratilishi  mumkin.  U  o‘zida  uchish  va 
(qo‘ngandan  keyin)  tayanchdagi  harakati  orasidagi  bog‘lovchi  qismni  namoyon 
etadi.  To‘g‘risini    aytganda,  u  sakrashning  yakunlovchi  bosqichi  birinchi  fazasi 
bilan  bir-biriga  bog‘lanib  ketadi,  chunki  u  holatni  hosil  qilish  harakatini  emas, 
balki qo‘nish bilan bog‘liq bo‘lgan harakatlarni o‘z ichiga oladi. 
         Sakrashning  yakunlovchi  bosqichi  sakragandan  keyin  aniq  qo‘nishni 
ta’minlaydigan harakatni tashkil qiladi, shu bilan birga mazkur birikmada holatni 
hosil qilish harakatda keyingi ifodali qismga chiroyli va mantiqiy o‘tishga yordam 
beruvchi,  bog‘lovchi  harakatdir.  Sakrashning  yakuniy  bosqichini  shartli  ravishda 
qo‘yidagi fazalarga bo‘lish mumkin. 


93
 
 
         Qo‘nishga  tayyorlash  fazasi  harakatning  tayanchsiz  davriga  to‘g‘ri  keladi. 
Gimnastikachi  o‘tish  fazasini  yakunlab  yoki  ularning  o‘rniga  tayanchga  oyog‘ini 
olib  keladi  (yoki  tayanch  oyoqni)  va  agar  zarur  bo‘lsa  tayanchga  kelish  qulay 
bo‘lishi  uchun  holatni  o‘zgartiradi.  Bunda  gimnastikachi  bajarishi  kerak  bo‘lgan 
konkret  harakat  amalga  oshirish  bosqichidagi  holatni  hosil  qilish  harakati  va 
keyingi  birikma  elementi  harakteri    bilan  aniqlashadi.  13-rasmda  gimnastikachi 
tayanchga  siltanuvchi  oyoqni  qo‘yib,  tayanch  oyoqni  orqada  qoldiradi.    Uchib  
“shpagat”  holatida  oyoqlarni  kerib  sakragandan  tayanchga  qo‘nganda  oyoqlarini 
siljib ketmaydigan qilib qo‘yishi kerak (10-rasm). 
         Har qanday sakrashning yakunlovchi bosqichida amortizasiya fazasi bo‘lishi 
muqarrardir.  Gimnastikachi tayanchga yumshoq qo‘nishi kerak. Buning  uchun  u 
oyoq  uchiga  qo‘nib,  darhol  kuch  bilan  butun  oyoq  kaftiga  tushadi,  bundan  keyin 
esa  tizza  va  tos-son  bo‘g‘imidan  oyoqlarni  bukadi.  Qoidaga  ko‘ra,  amortizasiya 
qo‘llarni  pastga  harakat  qilishi  bilan  uyg‘unlashadi  (13-rasm,  11-12-kadrlar).  Bu 
harakatlarning  jismoniy  mazmuni  tananing  tayanchda  ketma-ket,  yumshoq 
bukilishi tayanchga kelgan paytdagi kelib chiqadigan qarshi tezkorlikni pasaytiradi 
va  shu  bilan  birga  zarba  keskin  susayadi.  Shuni  inobatga  olish  kerakki, 
amortizasiya  fazasining  bo‘lmasligi  (masalan,  oyoqlarni  bukmasdan  qo‘nishda) 
jiddiy  tan  jarohatiga  olib  kelishi  mumkin,  chunki  tayanch  bilan  o‘zaro    harakat 
kuchi keskin (birqancha yuz kg.ga) ko‘tarilib kyetishi mumkin. 
         Harakatni  bog‘lovchi  va  to‘g‘rilovchi  faza  gimnastikachi  amortizasiyasidan 
so‘ng  keyingi  harakat  elementini  bajarishga  o‘tadi.  Bunda  sakrash  harakatining 
oxirgi  fazasi  ko‘pincha  keyingi  harakatning  tayyorgarlik  fazasi  bo‘ladi. 
Gimnastikachi  amortizasiyadan  keyingi holatdan  yana  siltash, sakrashni bajarishi, 
harakatni oldinga davom ettirishi mumkin (13-rasm, 12-kadr). 
         Ta’riflangan  faza  davomida  gimnastikachi  ko‘pincha  o‘z  harakatiga, 
sakrashning  noaniq  bajarilishini  oldini  olish  uchun  zarur  bo‘lgan  tuzatishlar 
kiritishi  kerak.  Bunday  hollarda  tuzatishlar  stilistika
 
talablariga  mos  keladigan 
bo‘lishi  kerak.  Ya’ni,  kerakli  tuzatish  harakatini  “niqoblash”  kerak  (masalan, 


94
 
 
oldinga  qadam  qo‘yish  turg‘unligi  yo‘qotilganda  o‘rniga  majburan  yonga  qadam 
qo‘yishni ifodali “ijro yetish” kerak). 
         Shunday  qilib  badiiy  gimnastikada  sakrashning  asosli  tuzilishi  quyidagi 
harakat  fazalari  mavjudligi  bilan  aniqlanadi  (yugurib  kelib  sakrash  uchun  eng 
to‘liq sxema beriladi): 
            Tayyorgarlik bosqichi: 
1-
 
Faza – “Tezlikni oshirish” (bu joyidan sakrash bo‘lmaydi); 
2-
 
Faza  –  “Depsinib  sakrash  bilan  qo‘llarni  orqaga  siltash”  (joyida  sakrashda  – 
“qo‘llarni orqaga siltash”); 
3-
 
Faza – “Amortizatsiya” (joyida sakrashda – “yarim cho‘qqayish”). 
             Asosiy bosqich: 
4-
 
Faza – “Itarilish”; 
5-
 
Faza – “Tayanchdan uzilish” . 
          Amalga oshirish bosqichi: 
6-
 
Faza – “Harakatda holatni hosil qilish”; 
7-
 
Faza – “Holatni ushlab turish” (shart emas). 
Yakunlovchi bosqich: 
8-
 
Faza – “Qo‘nishga tayyorlash”; 
9-
 
Faza – “Amortizatsiya”; 
10-
 
Faza – “Bog‘lovchi va to‘g‘rilovchi harakat”. 
 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə