Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o


  Badiiy gimnastikaga xos sakrashlar texnikasi



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   153
fayl 1633 20210826

4.4.3  Badiiy gimnastikaga xos sakrashlar texnikasi
  
 
          
Quyida asosiy badiiy gimnastikaga xos sakrash texnikasining qisqacha ta’rifi 
keltirilgan.
 
        Ikki  oyoqda  depsinib  baland  sakrash,  o‘zining  uchishda  holatni  hosil  qilish 
harakati  bo‘yicha  turlichadir.  Chunki  qo‘llarni  faol  siltab  ikki  oyoqda  kuchli 
depsinish,  maksimal  balandlik  va  uchish  vaqti  bilan  ta’minlashga  yordam  beradi. 
Ikki oyoqda depsinib sakrash texnikasini qisqacha ko‘rib chiqamiz. 


95
 
 
        Oyoqlarni  orqaga  bukib  sakrash  (14-rasm)  joyidan  hamda  harakatda 
bajarilishi  mumkin  (bunday  sakrashdagi  tayyorgarlik  bosqichidagi  farqni  23-
rasmda  ko‘rish  mumkin).  Sakrashning  asosiy  bosqichida  gimnastikachi  qo‘llarini 
oldinga-yuqoriga  kuchli  siltaydi.  Qo‘l  harakati  taxminan  bosh  balandligida 
tormozlanadi, lekin, qo‘lni ko‘tarish sekin davom etadi. Tayanchdan uzilish to‘g‘ri 
holatda  sodir  bo‘ladi,  undan  keyin  gimnastikachi  tananing  orqaga  butunlay 
bukishini  davom  ettirib  kerishadi  va  oyoqlarini  orqaga  bukadi.  Sakrashning  eng 
qiyin turlaridan biri – halqa sakrash. 
        Bukilib  sakrash  texnikasi  bo‘yicha  yuqoridagilarga  o‘xshashdir.  Bu 
oyoqlarning  juft  holati  va  orasini  ochgan  holatda  bajariladi.  Bunday  sakrash 
texnikasining  harakterli  xususiyatlaridan  biri  qo‘lni  orqaga    qaytarib 
harakatlantirish  hisoblanadi:  qo‘l  bilan  siltash  keng  harakat  bilan  bajariladi  va 
bundan keyin qo‘llar bosh balandligiga kelganda (ilgariroq emas) ularning harakati 
keskin  tormozlanadi.  Aynan  shu  paytda  gimnastikachining  gavdasi  qo‘l  va 
oyoqlariga yetgunicha egiladi.  Bu bilan bog‘liq oddiy xato – qo‘llar bilan siltashni 
yelka balandligida, oldindan to‘xtatib,  keyin  oyoqlarni  unga  olib  borish.     
Bunda    oyoqlar      pastda    qoladi,    gavda    esa 
ortiqcha egilib, gorizontal      joylashgan  oyoq 
va qo‘llar bilan bukilishi zarur.          
         Oyoqlar 
orasini 
ochib 
sakrash 
koordinatsiyasi  bo‘yicha  yuqorida  keltirilgan 
ikki  sakrashga  yaqindir.  Shuni  esda  tutish 
kerakki,  mazkur  holatda  siltash  holatni  hosil 
qilish  harakatiga  tegishli  bo‘ladi  va  siltanib 
sakrashdagi kabi energiya hosil qiluvchi     
                  14-rasm                     harakatlar tarkibiga kirmaydi   (pastga qarang). 
        

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə