Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni o



Yüklə 5,83 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə32/153
tarix03.02.2022
ölçüsü5,83 Mb.
#83420
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   153
fayl 1633 20210826

 
10 – rasm 
             Yarim  cho‘qqayish  fazasi. Bu faza itarilishdan keyingi harakatdir. Bunda 
qo‘llar tezkor siltash harakati bilan yoysimon bo‘lib pastga – oldinga, keyinchalik 
(asosiy  harakat  bosqichida)  to‘g‘ri  oldinga  –  yuqoriga  harakatlanishga  o‘tadi 
(pastga  qarang).  Lekin  bu  fazada  qo‘llar  bilan  siltash  harakati  gimnastikachi 
tanasining  og‘irligini  yuqoriga  emas,  pastga  o‘tishiga  yordam  beradi. 
Gimnastikachi  qo‘llarini  siltash  bilan  bir  vaqtda  yarim  cho‘qqayishni  ham  ijro 
etadi:  sportchi  qo‘llarni  siltash  paytida  oyoq  tizzalarini  va  tos-son  bo‘g‘imini 


86
 
 
sinxron  bukib,  oyoq  kaftiga  to‘liq  tushadi  (10-rasm,  2-5-  kadr).  Juda  baland 
sakrashga erishish uchun yarim cho‘qqayish optimal darajada bo‘lishi kerak. Bu va 
boshqa  holatlarda  depsinish  paytida  oyoq  mushaklarini  rivojlantiruvchi  kuch 
pasaydi.  Tizza  bo‘g‘imi  burchagi  135-145
0
  orasida  o‘zgarib  turishi  yaxshidir. 
Yarim  cho‘qqayishda  mushak  tonusining  balandligi  ham  muhimdir.  Ularning 
qo‘llarini  orqaga  siltashdan  keyin  bo‘shashishi  depsinish  kuchining  pasayishiga 
olib keladi.  
            Yarimcho‘qqayish  fazasi  tizza  va  tos-son  bo‘g‘imining  bukilishi 
maksimum  darajaga  yetib,  qo‘llar  esa  eng  pastki  holatda  bo‘lganda  tugashi  kerak 
(10-rasm, 5- kadr).  
            Sakrashning  tayyorgarlik  bosqichi  dinamikasi  o‘ziga  xosdir.  Qo‘llarni 
orqaga  siltash  va  ungacha  bo‘lgan  (agar,  gimnastikachi  statik  holatda  bo‘lsa) 
holatda oyoq bilan tayanchga beriladigan bosim sportchi tanasi og‘irligi bilan teng 
bo‘ladi  (10-rasm,  1-  kadr).  Yarimcho‘qqayish  boshlanishida  bosim  pasayadi: 
bukilib qo‘llarni pastga yo‘naltira turib, gimnastikachi tayanch a’zolarini yuqoriga 
harakatlantiradi  va  keskin  harakatda  bu  hatto  tayanchni  qisqa  muddatga 
yo‘qolishiga  olib  kelishi  mumkin.  Lekin  oyoqlarni  bukishning  boshlang‘ich 
impulsidan  so‘ng,  darhol  mushak  apparati  oyoqlar  hali  tizza  va  tos-son 
bo‘g‘imidan  bukiladi,  depsinishni  ta’minlovchi  yozuvchi  mushaklar  esa  tezlik 
bilan ishga kirishib ketadi. Shuning uchun yarimcho‘qqayishning ikkinchi qismida  
(3-5-  kadr)
 
tayanchga  bo‘lgan  bosim  yana  kuchayib  mazkur  sakrash  uchun  yoki 
yarim  cho‘qqayishning  oxirgi  fazasida  (joydan  sakrashda),  yoki  ancha  kechroq 
maksimum holatga yetadi. 
 
 

Yüklə 5,83 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   153




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə