|
Andijon davlat universiteti kurbanova durdona salaxitdinovna gimnastika va uni ofayl 1633 20210826
Qadamlab sakrash
– yuqoriga uzoqqa
sakrashga xos turdir. Ular oldinga, yonga va
orqaga bajarilishi mumkin. Oldinga qadamlab
sakraganda gimnastikachi qisqa “portlovchi”
yugurib
kelishdan
bir
oyoqda
itarilib,
to‘siqlardan oshib sakrash kabi tayanchsiz
oyoqni oldinga – yuqoriga yo‘naltiradi.
20-rasm
Qo‘llar bilan siltash harakatlari nisbatan erkin harakterga ega va sakrashning
tashqi bezatilishiga bog‘liq. Gimnastikachi uchish paytida oyoqlarini keng ochadi
va imkoni boricha uchish holatini ushlab turishga harakat qiladi. Qo‘nish
siltanuvchi oyoqqa, ifodali amortizatsiya va oldinga harakatlanishni saqlagan holda
bo‘ladi. Oddiy sakragandan oyoqlarni maksimal darajada ochish bilan
bajariladigan shpagat sakrash eng samaralichidir.
Qadamlab sakrash juda ko‘p modellariga ega: attitude
sakrash, oyoqqa tepib,
bukib va yozib sakrash. Shpagat bilan xalqa sakrash harakterlidir. (20-rasm).
Bunday harakat nafaqat sakrash tayyorgarligini a’lo darajada bo‘lishini, balki
yaxshi rivojlangan faol egiluvchanlikni talab qiladi.
Murakkab sakrashlar yuqorida ko‘rilgan sakrash turlarining ba’zi bir
belgilarini o‘z ichiga oladi. To‘g‘risini aytganda murakkab sakrashga yugurib
kelish, oyoq bilan siltash, oyoqlarni almashtirish, uchishda burilish va boshqa
belgilarni o‘z ichiga olgan xatlab sakrashni misol qilish mumkin. Murakkab
sakrash
darajasiga
oyoq
holatini
almashtirish,
burilish
yoki
boshqa
murakkablashgan harakatlarni o‘z ichiga oladigan qadamlab sakrashni kiritish
mumkin.
|
|
|