Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti


Mahalla fuqarolar yig`inlari va ularning yoshlar bandligini ta’minlashdagi o`rni va ahamiyati



Yüklə 490,68 Kb.
səhifə5/13
tarix26.05.2023
ölçüsü490,68 Kb.
#113008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Зиёдулло битирув малака иши!

1.3 Mahalla fuqarolar yig`inlari va ularning yoshlar bandligini ta’minlashdagi o`rni va ahamiyati.
Mamlakatimizda har yili aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha qator islohotlar amalga oshirib kelinmoqda, shuningdek bo‘sh va kvotalanadigan ish o‘rinlariga ishga joylashtirish mexanizmlari takomillashtirilmoqda, o‘zini o‘zi band qilishning samarali shakllarini rivojlantirish borasida ta’sirchan chora tadbirlar olib borilmoqda.
O‘z o‘rnida, aholining ishchanlik faolligini va tadbirkorlik tashabbuslarini rag’batlantirishga, aholining ijtimoiy zaif qatlamlari bandligini ta’minlashga, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha davlat xizmatlaridan foydalanish imkoniyati, sifati va tezkorligini oshirishga qaratilgan bir qator me’yoriy - huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda.
Hozirgi kunda hududlardagi mehnat bozorida hali-hamon yuqori darajada keskinlik saqlanib qolmoqda, doimiy ish o‘rinlarini tashkil etish, yoshlar, xotin-qizlar, kam ta’minlangan oilalar a’zolari bandligini, ayniqsa, qishloq joylarda ta’minlash, shuningdek, tashqi mehnat migratsiyasi jarayonlarini tartibga solish bo‘yicha ayrim muammolar mavjud.
Ishga joylashtirish sohasida aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun kredit ajratish, maslahat-axborot berish xizmatlari va boshqa zarur xizmatlar darajasi pastligicha qolmoqda. Kadrlar ko‘pincha iqtisodiyot tarmoqlarining joriy va istiqboldagi ehtiyojlarini, ularning imkoniyatlari va resurslarini hisobga olmagan holda kasbga tayyorlanishi va qayta tayyorlanishi natijasida mehnat bozorida ayrim mutaxassisliklar bo‘yicha malakali kadrlar taqchilligi kuzatilmoqda.
Ma’lumki, so‘nggi besh yil davomida mamlakatimiz jahon hamjamiyati e’tirofiga loyiq ulkan islohotlar markazi sifatida namoyon bo‘lib, inson, uning haq-huquqlari, qadr-qimmati va qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda himoya qilish tamoyili uning mohiyatini tashkil etmoqda. Darhaqiqat, mamlakatimizda amalga oshirilayotgan barcha ishlar, ijtimoiy-iqtisodiy loyihalar xalqni rozi qilishga qaratilgan. Davlatimiz rahbari har doim “islohotlar natijasini odamlar o‘z hayotida, mahallasida sezsin”, deb talab qo‘yadi. Bugungi kunda yurtimizda 9 370 ta mahalla bor. Prezidentimiz topshirig‘iga binoan, ularning har biriga borilib, aholini qiynayotgan muammolar ro‘yxati shakllantirilgan. Xususan, yo‘l, ichimlik suvi, sug‘orish tizimi, elektr ta’minoti, ta’lim va tibbiyot bilan bog‘liq 12 mingta masala ko‘tarilgan. 4 979 ta mahallada rejalashtirilgan 5 695 ta qurilish-ta’mirlash loyihalari uchun “Obod qishloq” va “Obod mahalla” jamg‘armalariga 1 trillion 700 milliard so‘m yo‘naltirilishi belgilangan va ehtiyojga qarab, joriy yil yakuniga qadar yana 1 trillion so‘m ajratiladi. Yuqorida keltirilgan raqamlar mahalla institutiga milliy davlatchiligimizning asosiy quyi bo‘g‘ini sifatida qaralishi, uning jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va rolini oshirish hamda jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, mahalla institutini yanada qo‘llab-quvvatlash hamda oila va xotin-qizlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish borasida amalga oshirilayotgan ishlarning ahamiyati va ko‘lamini yanada oshiradi desak, mubolag‘a bo‘lmaydi.
Prezidentimiz tashabbusi bilan 2020-yil 2-martida qabul qilingan “Mahalla tizimi xodimlari kunini belgilash to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni bu yo‘nalishdagi ishlar rivojini yangi bosqichga ko‘tardi. Mamlakatimizda har yili 22-mart – Mahalla tizimi xodimlari kuni sifatida nishonlanmoqda. Prezidentimizning 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori bilan mahallalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquqiy va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish borasida muhim vazifalar belgilandi. Mahalla raislarining huquq va vakolatlarini yanada oshirish, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash masalalariga ham e’tibor kuchaymoqda. Endilikda mahalla raislari hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, xotin-qizlar faoli va profilaktika inspektori faoliyatini hududda birinchi navbatda hal etilishi lozim bo‘lgan muammolarni bartaraf etishga yo‘naltiradi.
2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasida ko‘zlangan maqsadga erishish yo‘lida mahallalarda boshlangan xayrli ishlar izchil davom ettirilib, mahallaning “faol modeli” yaratilmoqda. Mahalladan turib barcha davlat organlariga murojaat qilish va ularning rahbarlari bilan muloqot qilish tizimi yaratilmoqda, mahallalarga mustaqil moliyaviy imkoniyatlar berilayotir. Shu bilan birga, mahallalarning “o‘sish nuqtalari” belgilanib, aholini tadbirkorlikka jalb etish, ish bilan ta’minlash asosiy ustuvor vazifa sifatida qaralmoqda. Kam ta’minlangan, ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamni qo‘llab-quvvatlash, ayollar, yoshlar va nogironligi bo‘lgan shaxslar bo‘yicha alohida ma’lumotlar bazasi yaratilib, “Temir daftar”, “Yoshlar daftari” va “Ayollar daftari” “Ijtimoiy himoya yagona reestri” bilan integratsiya qilinmoqda. Qolaversa, joriy yilning avgust oyida mahalla instituti imkoniyatlaridan keng foydalanish, aholi turmush sharoitini yanada yaxshilash hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni bilan tasdiqlangan 2022–2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasini “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash maqsadida Mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish jamg‘armasi tashkil etilishi belgilandi.
Ahamiyatlisi, ushbu jamg‘arma mablag‘lari mahalla hududidagi ichki yo‘llar, elektr energiyasi va tabiiy gaz tarmoqlari, ichimlik va oqova suv tizimini ta’mirlash va tiklash bo‘ladimi, mahalla binosi, mahalla hududida joylashgan sport maydoni, nuroniylar choyxonasi, yoshlar markazi, bolalar maydonchasi, kutubxona, madaniyat markazini qurish, mukammal va joriy ta’mirlash hamda ularni inventar, mebel, kompyuter texnikasi va boshqa uskunalar bilan jihozlash deysizmi yoki mahalla hududida infratuzilmani rivojlantirish, “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirishdan tortib, to ijtimoiy himoyaga muhtoj va kam ta’minlangan oilalarga moddiy ko‘maklashish hamda ularning turarjoylarini ta’mirlash va jihozlash yo‘nalishlarida sarflanadi. Shuningdek, jamiyatda “Obod va xavfsiz mahalla” tamoyiliga asoslangan tizimni to‘laqonli va samarali joriy etish, mahalla va oila institutlarini mustahkamlash sohasidagi ustuvor yo‘nalishlarni shakllantirish, ilmiy-amaliy tadqiqotlar va innovatsion loyihalarni amalga oshirish hamda mahalla va oila institutlarini mustahkamlash, xotin-qizlar va keksalarni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy faollikni oshirishga qaratilgan konsepsiyalarni kompleks, maqsadli, sohaviy va hududiy dasturlarni ishlab chiqishning ilmiy-metodologik asoslari yaratilmoqda. O‘zbekistondagi olimlari “mahalla insonni jamiyat bilan uyg‘un yashashga o‘rgatadigan, o‘zaro mehr-oqibat, bag‘rikenglik, do‘stlik, hamkorlik rishtalarini qaror toptirishga, inson kamoloti va jamiyat rivojini ta’minlashga xizmat qiladigan muhim vosita sifatida o‘z ahamiyatini yo‘qotgani yo‘q”, degan xulosada. Sababi, Yangi O‘zbekiston mahallalarining tashqi manzarasi ham, ichki shaklshamoyili, odamlar dunyoqarashi ham tubdan o‘zgargan – farovonlik, obodlik, ulug‘vorlik kasb etgan. Bu yo‘ldagi chora-tadbirlar besh yil oldin 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi asosida boshlangan edi. Strategiyaning davlat va jamiyat qurilishi tizimini takomillashtirishga bag‘ishlangan birinchi ustuvor yo‘nalishida tizimga doir beshta muhim vazifa qo‘yilgandi:
– xalq bilan samarali muloqot mexanizmlarini joriy qilish;
– jamoatchilik nazoratini amalga oshirishning zamonaviy shakllarini rivojlantirish, ijtimoiy sheriklikning samarasini oshirish;
– fuqarolik jamiyati institutlarini rivojlantirish, ularning ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish;
– mahalla institutining jamiyat boshqaruvidagi o‘rni va faoliyatining samaradorligini oshirish. Bu vazifalar bajarildi va bugun biz yuqorida lo‘nda ta’rif bergan Yangi O‘zbekiston mahallalari bo‘y ko‘rsatdi. Prezidentimizning 2022-yil 1-martdagi “Oila va xotin-qizlar bilan ishlash, mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida” gi qarori bilan mahallalar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ularning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, mahalla tizimini rivojlantirish borasida muhim vazifalar belgilandi. Ma’lumki, so‘nggi yillarda Prezidentimiz rahbarligida mahallalarda va oilalarda ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash, og‘ir turmush sharoitida yashayotgan xotin-qizlarning murojaatlarini hal qilish, yordamga muhtoj, kam ta’minlangan oilalarga moddiy yordam ko‘rsatish, yoshlar va xotinqizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, mahallalarda jinoyatchilikni kamaytirish, sodir etiladigan jinoyatlarning oldini olish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
Mahalla – tizimi yurtimizning eng muhim va tayanch boʻgʻini hisoblanadi. Soʻnggi yillarda ushbu noyob institutni rivojlantirish borasida qator amaliy ishlar amalga oshirildi. Xususan, mahalla institutiga oid qirqqa yaqin qonun va meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi, ellikdan ortigʻi takomillashtirildi. Bularning barchasi soha rivojiga xizmat qilmoqda. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tashabbusi va amaliy ko‘magi bilan yoshlar bilan ishlash, ayniqsa yosh xotin-qizlar bilan ishlash mutlaqo yangicha tizim asosda yo‘lga qo‘yildi. Mahallada yoshlar bilan ishlash bo‘yicha yangi vertikal tizim – Mahallalardagi yoshlar yetakchisi lavozimi joriy etildi. Respublika bo‘yicha 9375 ta mahallada yoshlar yetakchiligiga tashabbuskor, lider, yoshlarni o‘z ortidan ergashtira oladigan nomzodlarni tanlab olingan. So‘nggi 6 yilda yoshlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 102 ta normativ-huquqiy hujjat qabul qilindi. Ma’lumot uchun: O‘zbekiston Respublikasi Qonuni – 9 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni – 9 ta, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori – 25 ta, Vazirlar Mahkamasi qarori – 59 ta. Jumladan, ushbu hujjatlarning 46 tasi ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bo‘lsa, 11 tasi yoshlarning tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash va bandligiga ko‘maklashish bo‘yicha. Yetakchilar tomonidan 14–30 yoshdagi 9,1 mln nafarYoshlar balansi” shakllantirilib, ularning ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish, bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha tizimli ishlar amalga oshirildi. Bunda, balans asosida yoshlar bilan 3 ta yo‘nalishda ish tashkil etildi:
1. Ishsiz va ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarga ko‘maklashish;
2. Uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish.
3. Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash. Birinchidan, yoshlar bandligini ta’minlash va ijtimoiy-iqtisodiy muammolarini hal etish yo‘nalishida: “Yoshlar daftari” tizimi, shuningdek, tadbirkorlik uchun kredit va ekin maydonlari ajratish orqali 390 ming uyushmagan, ishsiz, jinoyatchilikka moyil, ijtimoiy himoyaga muhtoj va tadbirkorlik qilish istagidagi yoshlar bandligi ta’minlandi va ijtimoiy-iqtisodiy muammolari hal etildi. Buning uchun jami 2 trln 370 mlrd so‘m mablag‘ sarflandi. Jumladan:
80 ming 300 nafar yoshlarga tadbirkorlik uchun 2 trln so‘m kredit, 170 ming nafar yoshlarga dehqonchilik uchun 38 ming gektar ekin maydonlari;
30 ming 500 nafar ishsiz yoshlarga asbob-uskuna, mehnat qurollari, urug‘lik va ko‘chatlar xarid qilish uchun 70 mlrd so‘m subsidiya;
– ijtimoiy himoyaga muhtoj 12 ming 600 nafar yoshlarning muddatli harbiy xizmatni o‘tash badali uchun 65 mlrd so‘m subsidiya;
11 ming 500 nafar yoshlarga haydovchilikka o‘qitish xarajatlarini qoplash uchun 15 mlrd so‘m subsidiya;
– oliy ta’lim muassasalarida ta’lim olayotgan 35 ming ehtiyojmand talabalarga 90 mlrd so‘m kontrakt pullari;
– moddiy ahvoli og‘ir 12 ming yoshlarga 13 mlrd so‘m miqdorda moddiy yordam; – og‘ir kasallikka chalingan va psixologik maslahatga muhtoj 9700 nafar yoshlarga davolanish bilan bog‘liq xarajatlari uchun 8 mlrd so‘m miqdorda subsidiya ajratildi. Shuningdek, ishsiz yoshlarni zamonaviy kasblarga o‘qitish orqali bandligini ta’minlash bo‘yicha yangi yordam turlari yo‘lga qo‘yildi.
Jumladan:
– ijtimoiy himoyaga muhtoj 1 500 nafar yoshlarni kasb-hunar,
Ay-Ti”, xorijiy tillar, sport va madaniyat yo‘nalishlarida o‘qitish maqsadida 2 mlrd so‘m miqdorda subsidiya; – ijtimoiy himoyaga muhtoj 8 ming yoshlarning is’tedodini qo‘llab-quvvatlash, ularning respublika va xalqaro olimpiadalarda ishtirokini ta’minlash uchun 14 mlrd so‘m ajratildi. Ikkinchidan, uyushmagan yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish yo‘nalishida: Respublikadagi 9 370 ta mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan tadbir va loyihalar yo‘lga qo‘yilib, jami 10,6 mln yoshlar qamrab olindi (o‘tgan yilda 4,7 mln nafar bo‘lib, 2,2 barobar oshgan). Jumladan: – ommaviy sport, kitobxonlik, madaniyat va san’at, shaxmat-shashka, “zakovat”, kibersport bo‘yicha 5 bosqichli Besh tashabbus olimpiadasi yo‘lga qo‘yilib, mahalla bosqichida 1-mavsumda 6 mln, 2-mavsumda 7 mln nafar yoshlar qatnashdi. Ma’lumot uchun: olimpiadaning 1-mavsumida kashf etilgan 700 nafar g‘olib sportchilarga 1, 2, 3 toifadagi sport razrayadlari berildi, 1 ming nafar yoshlar professional murabbiylarga biriktirildi. Olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan yoshlar mahallalarida 518 ta sport majmuasi qurilmoqda. – yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iqtidorini namoyon etishga ko‘maklashish maqsadida to‘garaklarga 3,2 mln yoshlar qamrab olindi. Uchinchidan iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishida: – to‘lov-kontrakt asosida tahsil olayotgan 43 ming talaba-yoshlarga 475 mlrd so‘m imtiyozli ta’lim kreditlari ajratildi (o‘tgan yilda 24 ming talabaga 202 mlrd so‘m); – xalqaro imtihon tizimlarida (IELTS, TOEFL, GMAT, GRE, SAT va b.) yuqori natijaga erishgan 9 133 nafar yoshlarga 16 mlrd so‘m imtihon xarajatlari qoplab berildi; – “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida o‘quv kurslarini muvaffaqiyatli tugatgan 10 ming 500 nafar yoshlarga kompyuter xaridlari uchun 74 mlrd so‘m iste’mol kreditlari ajratildi va ularning foiz to‘lovlari uchun 3,5 mlrd so‘m yo‘naltirildi. Xabaringiz bor, yoshlar bilan ishlashning “mahalla-tuman-viloyat-respublika” tizimi yaratilib, “Yoshlar balansi”ni shakllantirish, aniqlangan ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni “Yoshlar daftari”ga kiritish, “Yoshlar dasturlari” ni ishlab chiqish to‘liq yakunlandi.
Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida hozirgi kunda har bir hudud va tuman (shahar) da moliyaviy manbalari aniq belgilangan alohida jamg‘armalar tashkil etildi hamda Hukumatning 312-son qarori bilan jamg‘arma mablag‘laridan foydalanish tartiblari belgilandi. Bugungi kunda ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy, psixologik qo‘llab-quvvatlashga, bilim va kasb o‘rganishga ehtiyoji va ishtiyoqi bo‘lgan 147 390 nafar xotin-qizlar yoshlardaftari.uz, 1093 qisqa raqami, @yoshlardaftari_bot telegram va elektron platforma orqali onlayn arizalar kelib tushgan. Mazkur arizalar muammolarning turlariga ajratilib, kunlik tahlil qilinib, ularga ijobiy yechim topish va muntazam qo‘llab-quvvatlash hamda amaliy ko‘mak berish maqsadida 90 796 nafar xotin-qizlarga «Yoshlar daftari» tizimi orqali ko‘mak ko‘rsatildi. Ma’lumot uchun: «Yoshlar daftari»ga kiritilgan 2 981 nafar xotin-qizlar bugungi vaqtda doimiy ish o‘rinlariga ega bo‘lishdi, 2 981 nafariga imtiyozli kreditlar, 32 298 nafariga ekin yer maydonlari, 1 350 nafari hunarmandlarga biriktirildi, 639 nafarining ijara xarajati uchun va 639 nafarining mehnat qurollari olishlari uchun subsidiyalar ajratildi. Bundan tashqari, 14 951 nafar xotin qizlarning to‘lov-kontrakt mag‘lag‘lari qoplab berildi, shuningdek, 261 nafarining turar-joy ijarasi uchun, 14 951 nafarining psixologik xizmati uchun,

Yüklə 490,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə