Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti


Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi



Yüklə 490,68 Kb.
səhifə2/13
tarix26.05.2023
ölçüsü490,68 Kb.
#113008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Зиёдулло битирув малака иши!

Bitiruv malakaviy ishi mavzusining dolzarbligi;
O’zbekistonda mahalla shaklidagi o’zini o’zi boshqaruvchi noyob ijtimoiy tashkilot azaldan mavjud. Halqimiz asrlar davomida mahalla orqali jamoatchilik fikrini aniqlashning hamda birdamlik ko’rsatishning o’ziga xos usullarini shakllantirib, milliy o’zligini, ulkan ma‘naviy boyliklari, qadriyatlarini asrab-avaylab, boyitib kelmoqda. Istiqlol yillarida mahalla institutini rivojlantirishga, roli va vakolatlarini kengaytirishga jiddiy e‘tibor qaratilib, uning tom ma‘nodagi fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organiga aylanishi uchun zarur bo’lgan sharoitlar va imkoniyatlar yaratildi. O’zbekistonda mahalla institutini yanada rivojlantirishga yo’naltirilgan siyosat oqilona olib borilishi natijasida yildan yilga uning huquqiy asoslari mustahkamlanib, vakolatlari kengayib jamiyatdagi o’rni va nufuzi ortib bormoqda. Shu bilan birga, mamlakatimizda mahalla tizimida aynan aholining, jamoatchilikni faolligini oshirish bo’yicha ilmiy asoslangan takliflarni ishlab chiqish va amalga oshirish tobora muhim ahamiyatga ega ekanligi kuzatilmoqda. Tadqiqot mavzusi ham ushbu dolzarb muammoga bag’ishlangan bo’lib, unda mahallada ijtimoiy ishni tashkil etishning o’zi xos jihatlari va uning samarali tashkil etish mexanizmalarini o’rganish hamda ilmiy tahlilni amalga oshirish masalalari asosiy maqsad qilib olingan.
Bitiruv malakaviy ishining maqsad va vazifalari;
Mahalla tizimida ijtimoiy faoliyatning asosiy yo’nalishlarini o’rganib chiqish, aholining turmush darajasini yanada oshirish, ushbu jarayonda ijtimoiy ish xodimlarining o’rni va ahamiyatini ko’rsatib berishga alohida e‘tibor qaratildi. Mahalla instituti faoliyatining asoslari o’rganilgan, Andijon viloyati Buloqboshi tumanida faoliyat olib borayotgan fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari tahlil qilingan. Malaka ishi yetarli ilmiy nazariy va amaliy darajada bajarilgan. Uning ilmiy yangilik elementlari, erishilgan natijalari, ishlab chiqilgan taklif va tavsiyalari chuqur tahlil yo’li bilan asoslangan. Bitiruv malakaviy ishining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:
- mahalla tizimi tarixi, uning jamiyat taraqqiyotidagi o’rni, tizimda ijtimoiy faoliyatni tashkil etish mehanizmlarini o’rganish;
- Andijon viloyati Buloqboshi tumanidagi Fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari faoliyati o’rganish, tahlil etish;
- mahalla tizimidagi ― jamoatchilik komissiyalari‖ faoliyatini o’rganish;
- mahalla tizimidagi kadrlar masalalari, ularning malakasini oshirish jarayonlari va istiqbollarini tahlil etishdan iborat.

Yüklə 490,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə