Andijon mashinasozlik instituti iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 490,68 Kb.
səhifə6/13
tarix26.05.2023
ölçüsü490,68 Kb.
#113008
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Зиёдулло битирув малака иши!

4 362 nafarining iste’dodini qo‘llab-quvvatlash uchun, 3 535 nafariga tibbiy xizmat ko‘rsatish uchun subsidiyalar ajratildi. Bugungi kunga qadar “Yoshlar daftari” jamg‘armalari hisobidan 387,6 mlrd so‘m miqdorda yoshlarga jumladan, yosh xotin-qizlarga amaliy yordam ko‘rsatildi. Xozirda, 25 443 nafar ishsiz, turli muammolari mavjud bo‘lgan xotin-qizlarning ijtimoiyiqtisodiy qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha Agentlik tomonidan tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirilishi rejalashtirib olindi. Shuningdek, mahallalarda faoliyat yurituvchi yoshlar yetakchisi tomonidan Respublikaning barcha hududlaridagi, ayniqsa chekka qishloqlardagi iqtidorli qizlarni izlab topish bo‘yicha tizimli ishlar olib borilmoqda. Mazkur yo‘nalishda Respublikaning barcha hududlaridagi, ayniqsa chekka qishloqlardagi iqtidorli qizlarni izlab topish, ularni ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash hamda rivojlantirish, ular tomonidan yaratilgan intellektual loyihalarni targ‘ib etish ishlariga ko‘maklashish maqsadida “Qizlar ovozi” klubi faoliyatini kengaytirilib, hududlarda mahallalar kesimida 10 000 ga yaqin “Qizlar ovozi” klubi koordinatorlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi. 2022 – 2026-yillarga moʻljallangan Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasini birinchi “Inson qadrini yuksaltirish va erkin fuqarolik jamiyatini yanada rivojlantirish orqali xalqparvar davlat barpo etish” ustuvor yoʻnalishining 1-maqsadi ham aynan mahalla instituti faoliyatini qoʻllab-quvvatlash va rivojlantirish bilan bevosita bogʻliq. Unga koʻra, mahalla instituti faoliyatining samaradorligini oshirish, uni jamoatchilik boshqaruvi va nazoratining tayanch boʻgʻiniga aylantirish, hududlardagi ijtimoiy-iqtisodiy muammolarni joyida hal etish maqsadida mahallalar vakolatlarini kengaytirish, ularning moliyaviy mustaqilligini kuchaytirish, fuqarolarning oʻz mahallasi hayotidagi ishtirokini hamda davlat organlari va mahallalar oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri aloqani taʼminlash, mahallalarda aholi bilan ishlashga qaratilgan jarayonlarni raqamlashtirish kabi ustuvor vazifalar belgilangan.
Mahalladan turib barcha davlat idoralariga murojaat qilish tizimini yaratish, davlat va ijtimoiy xizmatlarni bevosita mahallada koʻrsatish, mahallalarning “oʻsish nuqtalari” va ularda yashovchi aholining tadbirkorlik faoliyatidagi ixtisoslashuvidan kelib chiqib, davlat tomonidan qoʻllabquvvatlash tizimini kuchaytirish kabilar ham shular jumlasidandir. Yangi Oʻzbekiston taraqqiyot strategiyasida belgilangan maqsadlarning hayot tatbiq etilishi oʻtgan besh yillik Harakatlar strategiyasining manzilli davomi sifatida yanada koʻplab islohotlar hamda yangilanishlarni oʻzida mujassam etadi. Mazkur belgilangan istiqbolli faoliyatning yo‘lga qo‘yilishida yoshlar yetakchilarining faoliyati alohida o‘rin kab etishini ta’kidlab o’tish maqsadga muvofiq.


Yüklə 490,68 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə