Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə35/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

Individual mashqlar uchun
«Juftini top», «Kartochkaga mos shakl
tanla», “Figurali mozayka” va boshqa o‘yinlardan foydalanish maqsadga
muvofiq. Bolalar shakllarning rangli va kontur tasvirlarini mos qo‘yishadi, shaklga
mos shakl tanlashadi.
Yil oxirida bolalar sodda geometrik shakllarni nafaqat farq qilishadi va
aytishadi, balki ularning ba’zi belgilari bo‘yicha orientir oladigan bo‘lishadi.
Bolalarni buyumlar shaklini geometrik shakllar bilan taqqoslashga o‘rgatish
mumkin. Shu maqsadda maxsus mashqlardan foydalaniladi. Masalan, tarbiyachi
stolga geometrik shaklni qo‘yadi, bolalar esa shu shakldagi buyumlarni tanlashlari
kerak. Geometrik shakl-namuna ayrim bolalarga berilishi ham mumkin, ular
shaklni va o‘zlari tanlagan buyumni ko‘rsatishadi. Mashqlarni «Xuddi shu
shakldagi buyumni top», «Men nimani aytsam, shuni top», «Topshiriq» va boshqa
o‘yinlar shaklida o‘tkazish maqsadga muvofiq. Tarbiyachi har qaysi shakldagi
buyumdan ikki-uchtadan tanlaydi. Asta-sekin ularning miqdorini to‘rt-beshtaga
yetkazish mumkin.
Asta sekinlik bilan bolalarni uzunligi, kengligi har xil bo‘lgan bir necha
predmetni (10 tagacha) bir-birining ustiga uzunligi, kengligiga, qalin-yupqaligiga
ko‘ra ortib va kamayib boradigan tartibda qo‘yib qiyoslashni o‘rgatish (eng keng,
torroq, yana torroq, eng tor lenta). Predmetlar qanday tartibda terib chiqilganini
tushuntirib berishga o‘rgatish, turli uzunlikka, kenglikka, balandlikka ega
predmetlarni ko‘payib borish yoki kamayib borish tartibida (10 tagacha bo‘lgan
predmetlardan foydalanib) terib chiqishga o‘rgatish, masalan: baland, past, yanada
past, yanada pastroq, eng past, butunni 2 ta, 4 ta teng qismga bo‘lishni, butun bilan
qismni taqqoslashni o‘rgatish, shartli o‘lchov bilan tanishtirish, taqqoslanayotgan
predmetlardan biriga teng bo‘lgan o‘lcham yordamida ikkita predmetni uzunligi
(kengligi, balandligi) ga qarab taqqoslashga o‘rgatish, narsalarni ko‘z bilan chamalab,
miqdori, kattaligi (o‘zun (qisqa), keng (tor), enli (ensiz), baland (past), qalin (yupqa)
kabi namuna va unga teng bo‘lgan bolalar uchun tanish narsalar yoki harakatlar
natijasida qiyoslanuvchi narsalarning o‘lchamini aniqlashga o‘rgatish ishlari
mazmunan murakkablashtirib boriladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə