Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

Miqdor va sanoq”.
«Son-sanoq» bo‘limi
«Elementar matematik tasavvurlarni shakllantirish»
bo‘limining asosiy o‘zagidir. Maktabgacha yoshdagi bolalarning mazkur bo‘lim
dasturiy masalalarini o‘zlashtirishlari maktabning boshlang‘ich sinflarida ularning
matematikani ongli o‘zlashtirishlariga xizmat qiladi.
Maktabgacha yoshidagi bolalarni o‘qitishda matematik bilimlar tarkibini
tekshirish tenglik-tengsizlik, qism-butun munosabatlari, bilvosita tenglashtirish sanoq
va arifmetik amallarni to‘liq va ongli o‘zlashtirish uchun asos bo‘ladigan sodda
masalalar va munosabatlarning o‘zidan iborat eqanini ko‘rsatadi. Bu munosabat
va masalalarni (ularning eng sodda shakllarini) bolalar 3 yoshdan boshlab tushuna
boshlaydilar. Ular bunday mashg‘ulotlarga katta qiziqish bilan yondashadilar, xuddi
shu yerning o‘zida o‘zlashtirganlari (tenglik, qism-butun va h.k. munosabatlari)ni
o‘yinlarga ko‘chiradilar, turmushda amaliy ishlar qilishda foydalanadilar, bir-
birlariga (katta va tayyorlov guruhi bolalari) shunga o‘xshash masalalarni taklif
qiladilar.
“Kattalik”.
Mashg‘ulotlar bolalarning masofalarning har xil turlari haqidagi
tasavvurlarini aniqlashdan boshlanadi. («uzunlik», «kenglik», «balandlik»
«qalinlik» «yo‘g‘onlik») buyumlarning kattaliklarida mustaqil mo‘ljal olish
tushunchalarini egallab olish, ularni taqqoslash va kattaliklar bo‘yicha
munosabatlarini tushunib olish imkonini beradi. Buyumlar orasida kattalik bo‘yicha
konkret munosabatlarni o‘rnatish tajribasi qanchalik boy va turli-tuman bo‘lsa,
keyinchalik bolalarni bu munosabatlarni umumlashtirishga, konkret tavsiflarni
abstrakt ta’riflarga, ya’ni «teng», «ortiq», «kam» («katta», «kichik») tushunchalariga
o‘rgatish shunchalik oson bo‘ladi. Kattalik tushunchasi mashg‘ulotlardan tashqari
doimiy tarzda kun tartibi davomida ham rivojlantiriladi. Bolalar buyumlarning
o‘lchamlarini taqqoslashga o‘rganadilar.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə