Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida matematik tasavvurlarni rivojlantirishning metodik asoslari


+1=2 2+1=3 3+1=? 4+1=? 5+1=? 6+1=?



Yüklə 0,69 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/55
tarix09.03.2023
ölçüsü0,69 Mb.
#102148
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55
Aslanova nozima hakimovna maktabga tayyorlov guruhi bolalarida m

1+1=2 2+1=3 3+1=? 4+1=? 5+1=? 6+1=?
7+1=? 8+1=? 9+1=? ...
Keyingi etapda topshiriqlar mazmuni murakkablashtiriladi
.
5+2=? 2+7=? 5+2=? 4+3=? 5-2=? 9-7=?
5+3=? 2+6=? ...
Ta’limiy o‘yinlar.
Bolani didaktik material bilan o‘tkaziladigan o‘yinlarda
yangi narsalarni o‘rganishga bo‘lgan ishtiyoqini tarbiyalash, narsalarning o‘lchami,
shakli, rangi haqidagi tushunchalarini boyitish vazifalari amalga oshiriladi.
“Mozaika”, “Domino”, “Pazl”, “Tangramma”
o‘yinlari (doira, uchburchak,
kvadrat) xos shakllarning o‘zaro munosabatlari ichida to‘g‘ri mo‘ljal olishga, bir
necha qismlardan (qirqma rasmlar, kubiklar) bir butunni hosil qilishga, bir xildagi
narsalarning bitta sensor belgisi (rang, shakl, o‘lcham) bo‘yicha mosligi va
farqlarini aniqlashga, qiyoslashga va guruhlashga o‘rgatishni ko‘zda tutadi. Bunday
o‘yinlar aqliy tarbiyalashning muhim vositasi hisoblanadi. Ta’limiy o‘yinlar
bolalarda bilish jarayonlarini, fikrlash qobiliyatlarini shakllantiradi. Didaktik
o‘yinlarning muhim jihati bolalarning fikrlash faolligini, mustaqilligini va nutqini
rivojlantirishidir. O‘yin vositalari sifatida turli o‘yinchoqlar, konstruktorlar (koptok,
piramida, kub...) yordamchi vositalar sifatida misol bo‘la oladi.
O‘yin vositalarisiz amalga oshiriladigan o‘yinlar
xontaxta ustida, xonada
va dalada o‘ynaladigan o‘yinlar, kompyuter va televizor o‘yinlari kabi texnik
vositalar mavjudki, bular o‘yin vositalari ham bolalarga matematik ko‘nikmalarni
rivojlantirishda katta yordam beradi. Maktabgacha ta’limda yoshi kattalarning
to‘plagan tajribasini kichik yoshdagilarga singdirish jarayonida o‘yinlar ta’lim
metodi sifatida namoyon bo‘ladi. O‘yin metodlariga qarab maktabgacha ta’lim
vazifalaridan kelib chiqib, predmetli, syujetli-ishchan, drammalashtirilgan
o‘yinlardan keng foydalaniladi. Maktabgacha ta’limda rivojlantiruvchi pedagogik
o‘yinlarni o‘quv tarbiya jarayonida qo‘llash quyidagi o‘ziga xos xarakterga ega
bo‘ladi.

Yüklə 0,69 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   55




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə