Asoslari va muammolari ilmiy tadqiqot markazi iqtisodiy rivojlanish nazariyalari


GLOSSARY (DICTIONARY)………………………………………………



Yüklə 429,41 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/21
tarix08.02.2023
ölçüsü429,41 Kb.
#100459
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
1620-Текст статьи-3558-1-10-20200626

GLOSSARY (DICTIONARY)………………………………………………
449 
LIST OF USED LITERATURE……………………………………………. 
463 
 
 
 
 
 
 
 
 


13 
KIRISH 
Iqtisodiy rivojlanishning mazmuni, omillari, o‘lchamlari va muammolarini 
o‘rganish doimo iqtisodiy fanlar hamda davlat siyosatining asosiy vazifalaridan 
bo‘lib kelgan. Ana shu kabi muhim masalalarni samarali hal qilish ko‘p jihatdan 
kishilarning iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga hos hususiyatlari va sir-asrorlari, 
ularning talab va hususiyatlari, qonun-qoidalari, amalga oshirilayotgan iqtisodiy 
islohotlarning maqsad va mohiyatini chuqurroq bilishlariga bog‘liqdir. 
Mamlakatimizda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, iqtisodiyotni modernizatsiya 
qilish va diversifikatsiyalash bo‘yicha tanlangan strategiya va inqirozga qarshi 
choralar dasturni amalga oshirish natijasida yurtimiz dunyodagi sanoqli davlatlar 
qatorida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishning barqaror sur’atlarini ta’minlash, 
aholining moddiy farovonligini yuksaltirishga erishmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan qabul 
qilingan «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar 
strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni
1
da mamlakatning iqtisodiy rivojlanishini 
ta’minlash, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini jadal rivojlantirish 
hisobiga YaIM hajmi va o‘sish sur’atlarini oshirish, olib borilayotgan islohotlar 
samaradoligini ko‘tarish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishi 
uchun shart-sharoitlar yaratish, iqtisodiyotni modernizatsiyalash va ishlab 
chiqarishni 
diversifikatsiya 
qilish 
hamda 
hayotning 
barcha 
sohalarini 
liberallashtirish bo‘yicha ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish maqsadida “2017-
2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor 
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasi” tasdiqlandi. Ushbu Harakatlar 
strategiyasida mamlakatimizda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish sohalarini 
jadal rivojlantirish, YaIM hajmini ko‘paytirish, makroiqtisodiy barqarorlikni 
ta’minlash, ijtimoiy-iqtisodiy hayotni har tomonlama rivojlantirish va 
liberallashtirishning ustuvor yo‘nalishlari alohida muhim o‘rin egallaydi. 
1
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining “O'zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish
bo'yicha Harakatlar strategiyasi to'g'risida” gi PF-4947-son Farmoni. //”Xalq so'zi” 08.02.2017 y. 


14 
Mamlakatda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash, ishlab chiqarish va xizmat 
ko‘rsatish sohalarini rivojlantirish, halq farovonligini oshirish asosida, albatta, 
tarkibiy 
o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi 
tapmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobidan uning 
raqobatbardoshligini oshirish masalasi turadi. 
Butun jahonda «O‘zbek modeli» nomi bilan tan olingan o‘zimizga xos va mos 
rivojlanish modeli yo‘lida dadil qadamlar bilan borayotganimiz qo‘lga 
kiritilayotgan iqtisodiy va ijtimoiy muvaffaqiyatlarning bosh omili bo‘lmoqda. 
Pirovardida iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlar natijasida yurtimiz kun sayin 
ravnaq topib, mamlakatimizning nafaqat shaharlari, balki qishloqlarida ham sanoat 
jadal rivojlanib bormoqda, zamonaviy ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish 
korxonalari barpo etilmoqda. 
O‘zbekiston 
Respublikasi 
Prezidenti 
Shavkat 
Mirziyoyevning 
mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning asosiy yakunlari 
va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi 
ma’ruzasida «Barchamiz uchun aziz va qadrli bo‘lgan Islom Abdug‘anievich 
Karimov bugun oramizda yo‘q. Biroq, Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab 
chiqilgan taraqqiyotning «O‘zbek modeli»ni amalga oshirish va zamonaviy davlat 
barpo etish borasidagi strategik tamoyillarga biz o‘z ishimizda doimo suyanamiz», 
deb ta’kidlab o‘tildi
2

“Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari” fanini o‘qitishdan maqsad – talabalarni 
iqtisodiy rivojlanish jarayonlarida yuzaga keladigan asosiy muammolar va ularning 
echimlari bilan tanishtirish hamda ularga iqtisodiy rivojlanish nazariyalarini 
o‘rgatishdan iborat. 
Fanning vazifalari - iqtisodiy rivojlanishto‘g‘risidagi turli xil nazariya va
qarashlar; iqtisodiy rivojlanishning o‘ziga hos hususiyatlari; iqtisodiy rivojlanish 
2
Sh.M.Mirziyoev Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik - har bir rahbar faoliyatining kundalik 
qoidasi bo‘lishi kerak. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatimizni 2016 yilda ijtimoiy-iqtisodiy 
rivojlantirishning asosiy yakunlari va 2017 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor 
yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar Mahkamasining kengaytirilgan majlisidagi ma’ruzasi. Xalq so‘zi. 15.01.2017 
y. 


15 
mexanizmlarining amal qilish qonuniyatlari; iqtisodiy rivojlanishni ta’minlashda 
davlat siyosati va uning asosiy yo‘nalishlari; iqtisodiy rivojlanishning xorij 
tajribasi kabi bilimlar bilan talabalarni qurollantirishdan iborat.
“Iqtisodiy rivojlanish nazariyalari” fani fundamental fanlardan biri bo‘lib, 
boshqa iqtisodiy fanlarni chuqur o‘rganishda asos bo‘lib xizmat qiladi. 
Ushbu fanni o‘rganish jarayonida o‘qitishning ochiq, muammoli va vizual 
ma’ruzalar o‘tkazish, insert, klaster va aqliy hujum kabi ilg‘or pedagogik hamda 
axborot texnologiyalari qo‘llaniladi. Darslikda fanning mohiyatini, iqtisodiy 
rivojlanish omillarini ochib beruvchi eng asosiy mavzular va muammolar o‘z 
aksini topgan. 
Ushbu darslikni tayyorlashda K.K. Mambetjanovning doktorlik dissertatsiyasi 
(Doctor of Science) ishidagi ilmiy yangiliklar va taklif qilingan nazariy-uslubiy 
tavsiyalardan samarali foydalanildi.


475 

Yüklə 429,41 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə