Asqarova dilorom qurbonovna


Har bir naqshning (mashq uchun berilganlaridan tashqari) bajarilish darajasi



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə30/72
tarix04.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#100147
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72
Bolalarna mak.ta\'l. tayyor. oquv qo\'llanma

Har bir naqshning (mashq uchun berilganlaridan tashqari) bajarilish darajasi. Naqshning aytib turilgandagisi hamda bola tomonidan mustaqil davom ettirilib bajarilgani alohida-alohida baholanadi. Eng yuqori daraja, bu –naqshning xatosiz chizilishi. Uni 4 ball bilan baholash kerak. Agar 2-3 ta xatosi bo‘lsa 3 ball qo‘yiladi. Ko‘p xatolari bo‘lsa 2 ball. Agar to‘g‘ri chizilgan qismlardan, xato chizilgan qismlar ko‘p bo‘lsa, bu holda 1 ball beriladi. Va nihoyat agar birorta chizilgan qism bo‘lmasa 0 ball qo‘yiladi. Bola naqshni aytib turilganda bajarib 0 dan (agar butunlay noto‘gri bo‘lsa), 12 ballgacha (agar uch asosiy naqsh xatosiz bajarilgan bo‘lsa) umumiy ball yig‘ishi mumkin. Tashxisning aynan ushbu usulini tanlashimizning boisi – unda bolaning aqliy rivojlanishining barcha shakllari qamrab olinadi: Bilish jarayoni (solishtirish ko‘nikmasi, umumlashtirish, tahlil qilish, mustaqil xulosalar chiqarish va boshq..), obrazli fikrlash, bolaning mantiqiy imkoniyatlari uning qanchalik aqliy rivojlanganligiga holis baho beradi. «Grafik diktant» bolaning o‘quv topshiriqni qanday qabul qilishini, o‘quv harakatlarini qanday bajara olishini aniqlashtiradi.
Ta’lim olish faoliyatining ko‘nikma va ilk zaminini aniqlash tashxisi:
Bolaning o‘quv faoliyatiga ilk zamin va ko‘nikmalarni egallaganligi va darajasini
aniqlash uchun J.Saidnazarova tomonidan tayyorlangan savollar jamlanmasi tavsiya etiladi.
I. Bolaning maktab haqidagi tasavvurlarini aniqlash uchun savolnoma
(motivatsion tayyorgarlik).
Maqsad: Ushbu savolnoma shaxsining belgisi sifatida unda mas’uliyat hissi qanchalik shakllanganligi darajasini, bolaning maktab vazifasini qanchalik tushunib etganligini va uning maktabga munosabatini aniqlaydi.
1. Sen maktab-maktab o‘ynashni yaxshi ko‘rasanmi? (bolaning maktabga munosabati va unda o‘qishga xohishi).
2. Bu o‘yinda sen kim bo‘lishni xohlaysan: o‘qituvchimi, o‘quvchi? (savol bilim manbai sifatida o‘qituvchi bo‘lish istagi sababini va bilim olishga intilish sifatida o‘quvchi
bo‘lish istagi sababini aniqlaydi).
3. O‘qish –bu qiyinmi yoki oson? Nima uchun? (savol bolalardagi ta’lim olish jarayonibu ko‘p mehnat qilishi lozim bo‘lgan jarayon degan tushunchaga oydinlik kiritadi).
4. Katta bo‘lganingda, sen o‘qituvchi bo‘lishni xohlaysanmi? (o‘qituvchi bo‘lish yoki bo‘lmaslik xohishining asosli tushunib etilishi, o‘qituvchi kasbiga uning munosabati).
5. Sen maktabga bora boshlansang, popkangga nimalarni joylab borasan? (sanab o‘tgan narsalardan uning bilimi va maktabda nimalar bilan shug‘ullanishi haqidagi tasavvurlarini aniqlash mumkin).
6. Maktabingga sen sevimli o‘yinchog‘ingni olib borasanmi? Uni qachon o‘ynaysan? (savol bolalarning maktab tartib tizimi maktabda tanaffuslar bo‘lishi haqidagi tasavvurlarini aniqlaydi).
7. Nega ayrim bolalar maktabda yomon o‘qishadi? (bolalarda mas’uliyat hissining shakllanganlishi, irodaviy tayyorgarligi darajasini oydinlashtiradi).
8. Maktabda o‘qish bolalar uchun nega kerak? (savol bolaning bilim olishga bo‘lgan intilishini aniqlaydi).
9. Agar senga o‘qituvching «2» qo‘ysa, sen xafa bo‘lasanmi? Nega? (salbiy bahoga bola munosabatining asosi).
10. Maktabda sen qanday baholar olishga harakat qilasan? Buning uchun nima qilish kerak? (bolaning ijobiy va salbiy baholar haqida bilishi).

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə