Asqarova dilorom qurbonovna


Bolalarning maktab ta’limiga psixologik tayyorlashning mazmini



Yüklə 0,89 Mb.
səhifə57/72
tarix04.02.2023
ölçüsü0,89 Mb.
#100147
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72
Bolalarna mak.ta\'l. tayyor. oquv qo\'llanma

Bolalarning maktab ta’limiga psixologik tayyorlashning mazmini.
Bolaning maktab ta’limiga tayyorlashda psixologik rivojlanish asosiy vazifalaridan biridir. Maktabga borish bola hayotida eng qiyin vaziyatlardan hisoblanadi. Bu hayotning yangi obraziga, faoliyatning sharoitlariga, jamiyatning yangi o‘rniga kattalar va tengdoshlari bilan muloqotga kirish davri hisoblanadi. O‘quvchining vazifasi shundan iboratki, uning uchun o‘qish majburiy, jamiyatda o‘rinli faoliyat hisoblanadi. U o‘qituvchi, maktab, oila oldida javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi. O‘zaro muloqot o‘qituvchi va o‘quvchi o‘rtasida shakllanib boradi. O‘qituvchi nafaqat o‘rnak ko‘rsatadigan inson balki, u bola oldiga qo‘yilgan talablarni etkazadigan jamiyat vakilidir. O‘quvchining darsda oladigan bahosi uning o‘ziga emas balki, o‘quvchi majburiyatlarini bajargan bilimiga qo‘yilgan obyektiv bahosidir. Maktab o‘quvchisining o‘qish faoliyati mazmuniga ko‘ra maktabgacha yoshdagi bolaning o‘ziga xos faoliyat turlaridan farqli ajralib turadi. Bolalarga berilayotgan maktabdagi bilim fanga taalluqli xarakterga ega.
Agar shu paytgacha boshlang‘ich ta’limga tayyorgarlikni ko‘rilgan bo‘lsa, endi u
xaqiqatdan shunga intilgan guruh bo‘lib, u 1-sinfdan boshlanadi. Uquvchi ishining
formalaridan biri dars hisoblanadi. Bu darsda har bir daqiqa hisobga olingan bo‘lib
hamma bolalar o‘qituvchining ko‘rsatmalariga rioya qilishlari kerak. Maktab o‘quvchisining asosiy hayotiy majburiyati va faoliyati uning shaxs bo‘lib shakllanishidagi ruhiy holati va bilimlari oldiga qo‘yilagan talablaridan biridir. Maktab o‘quvchisi o‘qishga javobgarlikni his qilgan holda yondashishi kerak. Maktab hayotidagi qonun – qoidalarga rioya qilishi kerak. Yaxshi o‘qishi uchun u keng bilim doirasiga ega bo‘lishi lozim. Maktab o‘quvchisi shunday sifatga ega bo‘lishi kerakki, u bilim olishni, o‘qishni bilishi o‘qituvchi topshiriqlarini ma’nosini tushunishi kerak. O‘z- o‘zini nazorat qilishi va o‘z-o‘ziga baho berish bilimiga ega bo‘lishi kerak. Boladagi erkinlik xususiyatlari katta ahamiyatga ega. Erkinlik nafaqat tashqi ko‘rinishida balki, bolaning aqliy faoliyatida, diqqatida, xotirasida, fikrlashida o‘z o‘rnini topishi kerak. Bola kuzatishni, eshitishni, eslab qolishni, o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan vazifalarni echishni bilishi kerak. Bola hayotdagi voqelik bilan ilm-fanning uzviy bog‘liqligini fan o‘rganyapti. Bu tushuncha, ketma-ketlik bilan aqliy fikrlash doirasida bo‘lishi kerak. Maktab ta’limga bolada psixologik tayyorgarlik uning maktabga borish davrida shakllanib boradi. Bu psixologik xususiyatlar o‘quvchini shakllantiradi va bu uning maktabdagi hayoti va faoliyati davomida shakllanib boradi. Maktabgacha bo‘lgan davrda bu xususiyatlar shakllanib, maktab sharoitiga bolalarda istak hosil qiladi. O‘qishga xohish, qiziqish uyg‘onadi. Ko‘pchilik bolalarda bunday xohish maktabgacha bo‘lgan davrning so‘ngida tug‘iladi.Maktab o‘quvchisi bulish uchun o‘ziga tortayotgan narsa – “Maktab- hayotining atributlari”, “Partada o‘tirish”, ”tanaffus”, “baholar”, “portfel”.... Bu narsalar o‘quvchilarda shunday namoyon bo‘ladi: - Maktabda menga yoqadigan narsa... “U erda menga baho qo‘yishadi”, “Maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachi, maktabda o‘qituvchi ” Bunday tashqi vaziyatlar o‘qishdan ham ko‘ra, jamiyatda o‘z o‘rnini o‘zlashtirish va boshqa insonlar o‘rtasidagi o‘rni bola uchun katta ahamiyatga egadek ko‘rinadi. Maktabga borish davri bolada psixologik tayyorgarlikni muhim o‘rni uning erkin rivojlanishidir. Turli bolalarda bu davr turli xil o‘tadi. Lekin 7 yoshga yaqinlashgada 1-sinfga kelishi bilan maktab va o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan hayotiy faoliyatiga tez kirishib ketadi. Boshlang‘ich sinfdagi ta’lim bolalarning o‘qish davrida ularning yoshini hisobga olgan holda talablar ham qo‘yiladi. Aqliy rivojlanish bolaning maktabga tayyorgarlik vaqtida 1-sinfga kelgan bola uchun bizni o‘rab turgan olam narsalar ularning xususiyatlari jonli jonsiz tabiatning hodisalari haqida, odamlar ularning mehnati, “Nima yaxshi-yu- nima yomon?”, ya’ni o‘zini qanday tutushi kerak, shu kabi zaxira bilimlari bo‘lishi kerak. Maktab uchun bolalar tasavurida yig‘ilgan bilimlar qanchaligi emas balki ularni to‘g‘ri va aniqligi muhim rol o‘ynaydi. Yaxshi bilim olganda bolalar hodisaning xaqiqiyligini ko‘ra bila oladilar. Bunday tasavvurlar bolada maktab ilm fanini o‘rganishda katta yordam beradi. Tizimli ravishda har bir fanni o‘rganish bu kelajakka intilish hisoblanadi. Agar o‘quvchi maktabga va o‘qishga qiziqishi etarli bo‘lmasa yangiliklar uni qiziqtirmasa o‘qituvchi o‘zoq muddatda o‘quvchi bilan ishlashi, qiziqishini uyg‘otishi lozim. Tekshirishlar shuni ko‘rsatadiki boshlang‘ich sinflarda ko‘proq qiyinchilik ko‘proq qiyinchlik tug‘diradigan bolalar: maktabgacha ta’lim yoshidan keyin to‘liq bilimga ega bo‘lmagan bolalar emas, balki ba’zi “intellektual passiv” ya’ni o‘ylashga firklashga misollar echishga xohishi bo‘lmagan bolalar ko‘proq qiynaydilar. Misol uchun 1-sinf bolasi bir misolni hech ham yecha olmadi xadeb og‘ziga kelgan raqamlari: 5,3,10 deb aytaverdi. Lekin hayotiy misol qilib “Otang senga 1 so‘m berdi Onang 1 so‘m berdi necha so‘m bo‘ldi?” deb so‘raganda hech o‘ylamasdan “Albatta 2” deb javob berdi.Ayrim bolalarda intelektual passivlik sezilganda ular bilan chuqurlashtirilgan tarzda tarbiyaviy ishlar olib borish kerak. Maktabgacha yoshdagi bolalar bilim saviyasi etarli bo‘lsa boshlang‘ich sinflarda yaxshi samara beradi. Maktabga borayotgan bola reja asosida predmetlarni o‘rganib ularning xususiyatlarini so‘zlab berishi kerak. Ular dunyo olam haqidagi tushunchalarni albatta o‘qituvchi yordamida to‘liq fikrlay ola bilishi kerak. Maktabda bola birinchi kundanoq tashqi muhitdan foydalangan holda o‘qituvchi tomonidan topshiriqlar oladi. Shunday topshiriqlardan biri “Chapga, yuqoriga, nuqtadan o‘ng pastki nuqtalarni birlashtiring” yoki yana boshqacha topshiriq turi va unga vaqt berish uning bajarilishini kuzatishi kerak. Ayniqsa, bolalarning fikrlashi qobiliyatiga talab kuchli. Bola tashqi muhit hodisalarni aniqlashi, taqqoslashi yoki boshqachaligini farqlay olishi kerak, ularni mulohaza qila olishi lozim. Darsda u o‘qituvchini kuzatishi va undan so‘ng xulosa chiqara olishi kerak. Bunday fikrlash xususiyatlari shuni ko‘rsatadiki maktabga kelgan bola 1-sinf dasturini to‘liq egallay oladi.Ruhiy rivojlanishning xususiyatlaridan biri bolaning maktabda o‘qishda uning og‘zaki, ma’noli, ketma-ket so‘zlashib ko‘rib turgan narsalarning ta’riflashini bilishi kerak. Bolaning maktabga psixologik tayyorgarligi shaxsiy xususiyalarida namoyon bo‘ladi, u sinfdagi jamoaga kirishib borishga, o‘z o‘rnini topishga intiladi.

Yüklə 0,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   72




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə