Atom tuzilishi, atomlardagi elektronlarning taqsimlanishi. Elektronlar harakatining zarracha va to‘lqinsimon tabiati. Atom tuzilishi. Davriy qonun va davriy sistema


Toʻlqin funksiyalar elektronning atomdagi holatini ifodalash uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak



Yüklə 283,73 Kb.
səhifə4/14
tarix16.04.2022
ölçüsü283,73 Kb.
#85547
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
3-dars

Toʻlqin funksiyalar elektronning atomdagi holatini ifodalash uchun quyidagi shartlar bajarilishi kerak:

• toʻlqin funksiya fazoning istalgan nuqtasida faqat bitta qiymatga ega boʻlishi;

• toʻlqin funksiya butun fazoda chekli boʻlishi (elektron yoʻq joyda 0 ga aylanishi);

• toʻlqin funksiya uzluksiz boʻlishi kerak. Agar φ toʻlqin tenglamaning toʻlqin funksiyasi (elektron toʻlqinining amplitudasi) boʻlsa, /φ/2 elektronning koordinatalari x, y, z ga teng nuqtada boʻlish ehtimolligini beradi.

Umuman olganda toʻlqin tenglama energiyaning faqat muayyan qiymatlaridagina yechimlarga ega, bunda toʻlqin funksiya yuqoridagi 3 ta shartni qanoatlantiradi. Shredinger tenglamasining yechimlarini oʻrganib quyidagi xulosalarga kelish mumkin:

• elektronning atomdagi holatini ifodalaydigan barcha kattaliklar (energiya, harakat miqdori momenti va boshqalar) kvantlangan ya’ni sakrab oʻzgaradi:

• toʻlqin funksiyaning koʻrsatishicha, atomda elektronning boʻlish ehtimolligi yadrodan uzoqlashgan sari kamayib boradi.

Shredinger tenglamasi yechilganda toʻlqin funksiya sohaning bir tomonida musbat, ikkinchi tomonida manfiy qiymatga ega boʻladi. Tadqiqotlarning koʻrsatishicha bir xil ishorali orbitallar bir-birini qoplashi mumkin (simmetrik muvofiqlik)-orbitallar simmetrik muvofiq boʻlsa, ular oʻzaro bir-birini kuchli qoplay oladi. Qoplanish qancha kuchli boʻlsa, bogʻ shuncha mustahkam boʻladi va uning hosil boʻlishida koʻp energiya ajraladi. Elektron bulutlarning qoplanish darajasini miqdoriy jihatdan xarakterlash uchun qoplanish integrali tushunchasi kiritilgan:

S= yoki S=

- birinchi elektron faqat A atomda;

- ikkinchi elektron faqat A atomda;

- birinchi elektron faqat B atomda;

- ikkinchi elektron faqat B atomda.


Yüklə 283,73 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə