Август 2020 17-қисм



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/54
tarix17.03.2023
ölçüsü2 Mb.
#102722
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54
17.Fizika matematika 2 qism

 Tel: 990313481
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada boshlang‘ich sinf o‘quvchilarining matematika darslarida 
qiziqishlarini oshirishda, mantiqiy fikrlashda, aqliy faoliyatini oshirishda, yuqori samaradorlikka 
erishishda didaktik o‘yinlardan foydalanish haqida fikr yuritiladi. 
Kalit so‘zlar: 
Didaktik o‘yin, ta’limiy maqsad, boshlang‘ich ta’lim.
Boshlang‘ich matematika kursi, bir tomondan bilimlarning boshqa sohalarida foydalaniladi va 
bolalarning rivojlanishiga yordam beradi. Shu bilan boshlang‘ich bilimlar yagona majmuasini 
yaratadi, ikkinchi tomondan, zaruriy metologik tasavvurlarini va fikrlashning mantiqiy tuzilishini 
shakllantirishga yo‘naltirilgan.
6-10 yoshli davr bolalarning fikrlash qobiliyati va tasavurlari shakllanishida eng ma’sul va 
muhim davr ekanligini psixologlar isbotlashgan. Bolalikning mana shu davridagi shakllantirilmagan 
bilimlari poydevorini keyinchalik to‘ldirish juda qiyin. Shu sababli, boshlang‘ich ta’lim 
metodikasining, xususan, matematikadan boshlang‘ich ta’lim metodikasining asosiy vazifalaridan 
biri o‘qitishning yetarlicha yuqori rivojlantiruvchi samaradorligini oshirishni ta’minlash, bolalarni 
aqliy rivojlantirishga ta’sirlarini jadallashtirishdan iborat. Bolalarga matematikani o‘rgatishda 
ishni nimadan boshlash yangicha yechimni taqozo etadi. Matematikani jiddiy o‘rganish uchun 
bolalar bilan matematik o‘yinlar o‘tkazish lozimdir.
Matematik tayyorgarlikda didaktik o‘yinlardan foydalaniladi, biroq bu o‘yinlar mantiqiy va 
matematik mazmun bilan boyitilgan bo‘lmog‘i lozimdir. Didaktik o‘yin-ta’lim berish usuli bo‘lib, 
bu usul muayyan ta’limiy maqsadlarga erishishga, ya’ni o‘tilgan o‘quv materiallarni aniqlashga, 
mustahkamlashga va uni chuqurlashtirishga qaratilgan bo‘ladi. Har bir didaktik o‘yinni 
o‘tkazishda muayyan maqsad, masalan, biror harakatni, biror hisoblash usulini, ya’ni ma’lum 
didaktik topshiriqni mustahkamlash vazifa qilib olinadi. Bolalarga har bir o‘yinni o‘rgatishda 
muayyan ta’limiy maqsad nazarda tutiladi. O’yinlar ta’lim berish jihatidan ham katta ahamiyatga 
egadir. Didaktik o‘yinlar o‘yin usullarini cheksiz takrorlash va o‘zgartirish o‘yinga turli narsalar 
kiritish imkonini beradi. Masalan: Nima o‘zgaradi? turidagi o‘yin 5 xil ko‘rgazmali material bilan 
o‘tkaziladi. Natijada o‘yin malakalarining bir xilda va mustahkam bo‘lishga hamda o‘yinning har 
bir qoidasini tinglay bilish va unga rioya qilishishga erishish imkonini beradi.
Didaktik o‘yinlar o‘qitish vazifasiga xizmat qiladi va qiziqarli, maroqli, tushunarli darajada 
olib boriladi. Bolalar g‘olib bo‘lish maqsadida jon-u dili bilan mashq qiladilar, berilgan har bir 
topshiriqni, albatta, bajarishga odatlanib qoladilar. Didaktik o‘yinlar har bir darsning maqsadini, har 
bir mashqning maqsad va vazifalarini yaxshiroq tushunib olishga yordam beradi.Didaktik o‘yinlar 
ta’limning ko‘rgazmaliligini, o‘qituvchining nutqini bolalar harakatini o‘z ichiga oladi, uning 
natijasida idrokda (ko‘rish eshitish sezgisi) birlik tug‘iladi. Bu esa o‘qituvchining aytganlarini 
bolalarning zehnan o‘ylab olishga va o‘sha aytilganlarni ifodalab berishlariga, ya’ni didaktik 
o‘yinlar qoidalarini o‘quvchilarning o‘zlari bajarishlariga imkon beradi. Didaktik o‘yinlarning 
bu tarzda tuzilish xususiyatlari o‘quvchilar faoliyatini tahlil qilish imkoniyatini beradi. Shuning 
uchun ham barcha bolalar o‘yin vaqtida qiziqish bilan harakat qiladilar. O’yin paytida bolalar 
psixologiyasining individual xususiyatlari, ularda, yanada yaqqolroq namoyon bo‘ladi. Bu esa 
o‘qituvchiga o‘quvchilar faoliyatiga individual munosabatda bo‘lish imkonini beradi. Didaktik 
o‘yinlar hamjihatlik va intizomlilikni tarbiyalashga yordam beradi, chunki har bir o‘yin g‘alaba 
qozonishga intilish bilan bog‘liq bo‘lib, o‘yin shartlari va qoidalariga qat’iy va izchil rioya qilishni 
talab etadi. Didaktik o‘yinlar bolalarda do‘stlik, birodarlik, mehnatkashlik hissini tarbiyalash va 
taraqqiy ettirishga yordam beradi.
Didaktik o‘yinlarda tirishqoqlik, matonatlilik, boshlagan ishni oxirigacha yetkaza bilish singari 
eng kerakli irodaviy xislatlar tarbiyalanadi. Masalan doiraviy misollar o‘yinida oltita misolning 
hammasini yechish kerak, aks holda, oxirgi sonning birinchisiga to‘g‘ri kelish –kelmasligini bilib 
bo‘lmaydi. Ana shuning o‘zi bolalarni faollashtirib yuboradi va ular misolni to‘liq yechishga 


57

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə