Август 2020 17-қисм



Yüklə 2 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/54
tarix17.03.2023
ölçüsü2 Mb.
#102722
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54
17.Fizika matematika 2 qism

Август 2020 17-қисм
Тошкент
intiladi.
Matematika darslarida didaktik o‘yinlardan, matetikaga oid sherlardan foydalanish o‘quvchilar 
zehnini o‘stirish, tez hisoblash ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qiladi. Didaktik o‘yinlarni 
topishmoq shaklida ham aytib, jadvaldan javobni ko‘rsating deyish mumkin.
Sakkiz malla tulki-yu, beshta bo‘richa
Yetti ayiq bolasi, bir juft quyoncha
Aytinglar-chi bolalar, hammasi nechta?
8+5+7+2=22
O’ktam tutdi o‘n uch cho‘rtan,
Alisher ham to‘rtta sazan.
Ulug‘bek tutdi ikki laqqa,
Nechta baliq chiqdi qirgoqqa?
Jadval
1dan 30 gacha bo‘lgan sonlar
12 9 15 8 17 6
15 27 18 5 14 26
25 11 4 19 1 23
10 27 12 8 21 3
20 16 24 2 13 7
Bu o‘yin o‘quvchilarni ijodiy qobiliyatlarini o‘stirishga, mantiqiy fikrlashga, badiiy asarlar, 
xususan she’riyatni sevishga undaydi.
Boshlang‘ich sinflarda o‘tiladigan matematika darslarinig sifatini yanada takomillashtirishda, 
o‘quvchilarga chuqurroq o‘rgatishda fikrlash qobiliyatini o‘stirishda matematik o‘yinlarning 
ahamiyati katta.
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati:
1. Matematika o‘qitish metodikasidan praktikum Toshkent O’qituvchi 2004.
2. Boshlang‘ich sinflarda matematika o‘qitish metodikasi. Toshkent O’qituvchi 1996


58
Август 2020 17-қисм
Тошкент
MATEMATIKANI O’QITISHDA KOMPETENSIYAVIY YONDASHUV
Sattiyeva Sayyora Mamadaliyevna
Andijon viloyati Qo‘rg‘ontepa tumani 
30-maktabning matematika fani o‘qituvchisi
Telefon: +998993630471
Annotatsiya: 
Ushbu maqolada matematika fanini o‘qitishda kompetensiyaviy yondashuv va 
o‘quvchilarda fanga nisbatan qiziqish uyg‘otishning muhimligi haqida fikrlar berilgan.
Kalit so‘zlar: 
ta’lim, matematika, bilim, kompetensiyaviy yondashuv, malaka.
Ta’lim tarbiya sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning tub mohiyati aqlan yetuk, 
zamonaviy bilimlarni egallagan, jismonan sog‘lom, barkamol insonni tarbiyalashga qaratilgan. 
Aniq mantiqiy mushohadalarga asoslangan bilimlar haqidagi fan-matematika fanini o‘qitish, bu-
gungi kun o‘qituvchisi zimmasiga katta mas’uliyat yuklaydi. O’qituvchi o‘quvchilarda nafaqat 
bilim, ko‘nikma, malaka hosil qilishi balki o‘quvchiga o‘rganayotgan bilimlarini qaysi sohada 
qo‘llay olishini, nimalarga asos bo‘lishini ham tushuntirishi, o‘quvchilarda o‘rgangan bilimlarini 
amaliyotda yuqori darajada qo‘llay olish malakasini shakllantirishi lozim. Bu jarayon kompeten
-
siyalarni shakllantirishga yo‘naltirilgan faoliyatdir. Ushbu faoliyat o‘quvchida mustaqillik, faol 
fuqarolik pozitsiyasiga ega bo‘lishni, tashabbuskorlik, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari
-
dan o‘z faoliyatida oqilona foydalana olishni, ongli ravishda kasb-hunar tanlashni, umummadaniy 
ko‘nikmalarni, kompetentlilikni shakllantiradi.
Darslarni kompetensiyaviy yondashuv asosida tashkil etish o‘quvchilarni passiv tinglovchidan 
faol ishtirokchiga aylantiradi. Eng sust o‘zlashtiruvchi o‘quvchilarni ham qiziqishini orttirgan 
holatda harakatlanishga undaydi. Bugungi kun matematika o‘qituvchisi o‘z fanini chuqur bilishdan 
tashqari psixologik bilimlarni ham egallagan bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Axborotlar asrida 
o‘sib ulg‘ayayotgan o‘quvchida avvalo o‘z faniga qiziqish uyg‘ota olish muhim ahamiyat kasb 
etadi.
Bilamizki ko‘pchilik matematika fanini qiyin fan deya e’tirof etadi. Kompetentli o‘qituvchi 
o‘quvchida matematika qiyin fan degan tasavvurni, matematika qiziqarli, aqlni charxlovchi, boshqa 
fanlarni o‘rganishda asos bo‘luvchi fan degan tushunchaga o‘zgartira olmas ekan, u faoliyati 
jarayonida yaxshi natijalarga erishmasdan qolaveradi. O’qituvchi har bir o‘quvchining individual 
xususiyatlarini hisobga olgan holda dars mashg‘ulotlarini tashkil qilishi muhimdir. O’quvchiga 
berilgan topshiriq unga juda murakkablik qilsa bu holat o‘quvchida “matematika qiyin fan, men 
bu fanni o‘zlashtira olmayman” degan fikr paydo bo‘lishiga olib keladi. O’quvchiga berilgan 
topshiriq unga o‘ta osonlik qilsa bu holat o‘quvchida “matematika juda oson fan” degan fikrni 
paydo qiladi va bu o‘quvchini zerikishiga olib keladi.O’quvchida bunday fikrlar paydo bo‘lmasligi 
uchun o‘qituvchi, o‘quvchining mavzularni tushunishi bilan bir vaqtda amaliyotda qo‘llaniladigan 
sohalarini ham o‘rganib borishiga erishishi muhimdir.
Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va 
jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida 
muayyan nazariy bilimlarni o‘quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan 
ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o‘quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular 
tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak 
pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ta’lim beruvchining pedagogik jarayonlarni tashkil etish va 
boshqarish yo‘nalishidagi bilim, ko‘nikma va malakalari, qobiliyati va imkoniyatlaridan ta’lim va 
tarbiya jarayonlarini tashkil etishda, ta’lim oluvchilarning faoliyatini muvofiqlashtirishda qanday 
darajada foydalana olishi, qulay ta’limiy muhit darajasi va uning natijaviyligi, ta’lim oluvchilarda 
shakllangan o‘quv motivlari va qiziqish darajasi, refleksiv ta’limiy muhitning shakllanganligi 
ularning kasbiy kompetentliligiga bog‘liq bo‘ladi.
Foydalanilgan adabiyotlar:
1. Temurov S.Y. Bo‘lajak matematika o‘qituvchilarida kasbiy kompetentlikni shakllantirish
-
ning nazariy asoslari. 
2. Anapiyayev F. Kompetensiyaviy yondashuv: muammo va yechimlar. 


59

Yüklə 2 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   54




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə