«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti


“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning aksiyalari taqsimoti



Yüklə 252,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/27
tarix05.05.2023
ölçüsü252,65 Kb.
#108544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili (1)

“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning aksiyalari taqsimoti
Ustav fondidagi ulushlar
Ustav fondidagi
ulush (%)
Aksiyalar
summasi
(ming so‘m)
Aksiyalar
soni (dona)
“Toshkentpaxtasanoat”
HAB ulushi
53.75
87976
87976
Boshka aksiyadorlar
ulushi
39,23
64230
64230
Erkin savdo va mexnat
jamoasi ulushi
7
11456
11456
Paxta tozalash zavodi bir necha marta kapital ta’mirlangan bo‘lib, har yili
mavsum oldidan joriy ta’mirdan chiqariladi. Korxona texnologik sikliga bog‘liq
ravishda korxona hududida paxta xom-ashyosini qabul qilish maskanlari, bunt
maydonchalari, quritish-tozalash sexi, jin-linter sexi, presslash sexi va tayyor
mahsulot ombori mavjud. Jamiyat joylashgan jami er hududi 36,5 ga tashkil qiladi.
Korxonaning 3 paxta qabul qilish maskani bor:
-
zavod hududidagi maskan
-
To’ytepa paxta xom-ashyosi qabul qilish maskani (zavoddan uzoqligi 11 km)
-
O‘rtasaroy paxta qabul qilish maskani (zavoddan uzoqligi 15 km)
Respublika hukumati va “O‘zpaxtasanoat” uyushmasi tomonidan tozalash
korxonalarini navbatma-navbat (bosqichma-bosqich) modernizatsiyalash, texnik va
texnologik jihozlash bo‘yicha dasturlar ishlab chiqilgan bo‘lib, yaqin kelajakda
ushbu loyihalar “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda ham amalga oshirilishi
kutilmoqda.
“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda 408 kishi ishlaydi. Bundan tashqari
paxta tayyorlov mavsumida vaqtinchalik shartnoma bo‘yicha paxta tayyorlov
maskanlariga bunt bosuvchilar (2013 yil paxta tayyorlov mavsumida har 250 tonna
paxta uchun 1 nafar ishchi qabul qilinib, bir kunga 25000- 30000 so‘mdan ish haqi


9
belgilangan) ishga qabul qilinib, tayyorlov mavsumi tugashi bilan mehnat
shartnomasi bekor qilinadi.
“Qorasu” paxta tozalash korxonasining biznes rejasida 2014-yilning1-
yarmida 2013-yil paxta hosilidan qoladigan 17302 tonna paxta xom ashyosihamda
2014-yilning sentyabr-dekabr oylarida 2014-yil hosilidan qabulqilinadigan paxta
xom ashyosining 8169 tonnasi, jami bo‘lib, 2014-yil davomida 25471 tonna paxta
xomashyosi qayta ishlanishi va 8398 tonna paxta tolasi olinishi rejalashtirilgan.
SHuningdek qayta ishlanadigan 25471 tonna paxta xom ashyosini qayta ishlashdan
13753 tonna chigit, 595 tonna momiq, 255 tonna o‘lik tolali chiqindi va 1172
tonna momiqli chiqindi olinadi va sotiladi. SHu jumladan paxta tolasidan 29686,9
mln. so‘m, chigitdan 1911,5 mln. so‘m, momiqdan 236,4 mln so‘m, o‘lik tolali
chiqindidan 46,5 mln. so‘m, momiqli chiqindidan 161,2 mln. so‘m tushum olinishi
hamda asosiy faoliyatdan 2014-yil davomida jami 32042,5 mln. so‘m tushum
olinishi rejalashtirilgan.
“Qorasu” paxta tozalash korxonasida 2014-yilda 25157 tonna paxta xom
ashyosi qayta ishlangan. 2014-yilda ishlab chiqarishdan 8501 tonna paxta tolasi
olingan. Shuningdek 25157 tonna paxta xom ashyosini qayta ishlashdan 12894
tonna chigit, 249 tonna momiq, 232 tonna o‘lik tolali chiqindi va 1538 tonna
momiqli chiqindi olingan va sotilgan. Paxta xom ashyosini qayta ishlash
jarayoniga 25047429,0 ming so‘mlik ishlab chiqarish xarajatlari bo‘lgan.
Jamiyatda mahsulot sotishdan tushum 39531236 ming so‘m bo‘lib, sotilgan
mahsulotlar ishlab chiqarish tannarxi 34291902 ming so‘mni, sotish xarajatlari
210071 ming so‘mni, ma’muriy xarajatlar 599657 ming so‘mni, asosiy
faoliyatidan xarajatlar 1343179 ming so‘mni, boshqa to‘langan foizlar 1188593
ming so‘mni tashkil etgan. Quyidagi 2-jadvalda “Qorasu paxta tozalash zavodi”
AJning texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlari tahlili keltirilgan.


10
2-jadval

Yüklə 252,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə