«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti



Yüklə 252,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/27
tarix05.05.2023
ölçüsü252,65 Kb.
#108544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili (1)

hisobini tashkil etish.................................................................................
27
2.1. “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda ustav kapitalini shakllantirish
va uning harakatini buxgalteriyada hisobga olish
.............................
27
2.2. “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda rezerv kapitali va
taqsimlanmagan foydani hisobga olish tartibi
.................................._34_III-bob._“Qorasu_paxta_tozalash_zavodi”_AJning_xususiy_kapitali'>..................................
34
III-bob. “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning xususiy kapitali
tahlilini takomillashtirish.........................................................................
42
3.1. Paxta tozalash korxonalarida xususiy kapitalni tahlil qilishning
ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari
.............................
42
3.2. “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning xususiy kapitali tarkibi,
o‘zgarishi va dinamikasi tahlili
........................................................
44
IV-bob. Ekologik qism.............................................................................
52
Ekologik monitoring va ekologik nazorat
.......................................................
52
Xulosa va takliflar...................................................................................
56
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati........................................................
59
Ilovalar.....................................................................................................
63


3
KIRISH
Mavzuning dolzarbligi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida mavjud
moddiy, moliyaviy va boshqa resurslardan oqilona va samarali foydalanish lozim.
Raqobatga bardosh berish – bu rivojlanishning muhim omillaridan sanaladi.
Ayniqsa, mulkchilik shakli turlicha bo‘lgan korxonalarda xususiy kapital miqdorini
ko‘paytirish hamda undan samarali foydalanish muhim amaliy ahamiyat kasb
etadi.
O‘zbekiston Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni 2014 yilda
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015 yilga mo‘ljallangan iqtisodiy
dasturning eng muhim ustuvor yo‘nalishlariga bag‘ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida ta’kidlaganlaridek: “...Mamlakatimiz
yalpi ichki mahsuloti 8,1 foiz, sanoat ishlab chiqarish hajmi 8,3 foizga, qishloq
xo‘jaligi ishlab chiqarishi 6,9 foiz, kapital qurilish 10,9 foiz, chakana savdo
aylanmasi hajmi 14,3 foizga oshdi. Ishlab chiqarilgan mahsulotlarning qariyb 70
foizini yuqori qo‘shimcha qiymatga ega bo‘lgan tayyor tovarlar tashkil etdi.
Iste’mol tovarlari ishlab chiqarish hajmi 2014 yilda 9,4 foiz, shu jumladan,
oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish 8,7 foiz, nooziq-ovqat mahsulotlari ishlab
chiqarish 10 foizga o‘sdi. Inflyasiya darajasi yil yakunlari bo‘yicha 6,1 foizni
tashkil etdi. Bu prognoz ko‘rsatkichlariga nisbatan sezilarli darajada pastdir.
O‘tgan yili soliq yuki 20,5 foizdan 20 foizga, daromad solig‘i stavkasi esa 9
foizdan 8 foizga kamaytirilgan bo‘lsa-da, davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotga
nisbatan 0,2 foiz profitsit bilan bajarildi.
Kichik biznes sub’ektlari tomonidan statistik va soliq hisobotlarini taqdim
etish mexanizmlari sezilarli darajada soddalashtirildi. Bugungi kunda tadbirkorlik
sub’ektlarining 98 foizi soliq va statistika hisobotlari topshirishni, bojxona
deklaratsiyalarini rasmiylashtirishni eski usuldagi qog‘oz to‘ldirish yo‘li bilan
emas, balki bevosita – elektron shaklda amalga oshirmoqda.
 Sanoatning yengil, oziq-ovqat va qurilish materiallari ishlab chiqarish kabi
ko‘p mehnat talab qiladigan tarmoqlarida ishchilarning eng ko‘p soni ilgarigi 100


4
kishidan 200 kishigacha oshirilgani kichik biznesni rag‘batlantirish borasidagi
chora-tadbirlar tizimidagi muhim qaror bo‘ldi”
1
.
Iqtisodiyotning yuqori o‘sish sur’atlari:
- mamlakatni isloh qilish va modernizatsiyalash bo‘yicha ishlab chiqilgan tadrijiy
taraqqiyot dasturi va ichki talabni rag‘batlantirishga doir chora - tadbirlarni izchil
amalga oshirayotganligi;
-iqtisodiyotda soliq yukini pasaytirishga qaratilgan siyosatni olib borilayotganligi;
-mamlakat iqtisodiyotining rivojlanishida kichik biznes va xususiy
tadbirkorlikning rolini sezilarli darajada oshayotganligi
- moliya-bank tizimining barqaror va samarali faoliyat ko‘rsatayotganligi evaziga
erishildi.
Bugungi kunda ayniqsa, bunday natijaga bevosita yurtboshimizning kichik
biznesni rivojlantirishga qaratilgan dastur va chora - tadbirlari bevosita bog‘liqdir.
Zero, xususiylashtirish, davlat tasarrufidan chiqarish va aksiyadorlashtirish
jarayonlari bozor iqtisodiyoti sharoitida vujudga kelgan va turli mulkchilikka
asoslangan xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning salohiyatini ularning xususiy kapitali
ko‘rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga yetarli darajada ega bo‘lmagan
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda
vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo‘ladi. Shuning uchun
ham xususiy kapitalga ega bo‘lish, uni doimiy tarzda ko‘paytirib borish
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har qanday xo‘jalik yurituvchi
sub’ektning, shu jumladan paxta tozalash korxonalariining rivojlanishiga kafillik
beruvchi muhim element bo‘lib hisoblanadi.

Yüklə 252,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə