«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti


Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot ob’ekti va predmeti



Yüklə 252,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/27
tarix05.05.2023
ölçüsü252,65 Kb.
#108544
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili (1)

Bitiruv malakaviy ishining tadqiqot ob’ekti va predmeti.
Tadqiqot ob’ekti
bo‘lib, “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning moliyaviy hisob va hisobot
ma’lumotlari hisoblanadi.
Tadqiqot predmeti bo‘lib, “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda xususiy
kapital hisobi va tahlilini tashkil qilish tizimi faoliyati hisoblanadi.
Tadqiqotning nazariy va uslubiy asoslarini
O‘zbekiston Respublikasining
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlari faoliyatini tartibga soluvchi qonunlari,


6
Prezidentimiz Islom Karimovning iqtisodiyotimizni rivojlantirish, isloh qilish va
erkinlashtirishga oid Farmonlari, Qarorlari, asarlari va ko‘rsatmalari, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Moliya vazirligi va Davlat soliq
qo‘mitasining hisob tizimi uslubiyatiga doir me’yoriy hujjatlari va yo‘riqnomalari
tashkil etadi.
Ilmiy izlanish jarayonida mavzuga oid xorijiy, shuningdek mamlakatimiz
iqtisodchi olimlarining ilmiy ishlari, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot
vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumotlaridan va
Internet resurslari manbalaridan hamda “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJ
faoliyatini aks ettiruvchi buxgalteriya hisobining xususiy kapitalini hisobga olib
boruvchi schyot ma’lumotlari, statistik ma’lumotlari hamda boshqa turdagi
qo‘shimcha malumotlardan foydalanildi.
BMI tarkibiy tuzilishi.
Bitiruv malakaviy ishi kirish, to‘rtta bob, 6-jadval,
xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati va ilovalardan tashkil
topgan. Ishning tarkibi uning maqsadi va yo‘nalishlarini ifodalaydi.


7
I-bob. Paxta tozalash korxonalarida xususiy kapitalni tashkil etishning
nazariy asoslari
1.1.“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning iqtisodiy ko‘rsatkichlari.
“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJ 1972 yili foydalanishga topshirilgan.
Korxona O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulki qo‘mitasining 256 k-PO sonli
30.08.2001 yildagi buyrug‘iga asosan xususiylashtirilgan. Korxona Toshkent
viloyati O‘rtachirchiq tumani Hokimining 2001 yil 22 noyabrdagi 487- son qarori
bilan ochiq aksiyadorlik jamiyatiga aylantirilgan.
Korxonaning asosiy maqsadi:
- tuzilgan kontraktatsiya shartnomalariga muvofiq paxta yetishtiruvchi qishloq
xo‘jaligi korxonalaridan paxta xom-ashyosini sotib olish;
- sotib olingan paxta xom-ashyosini o‘z tarkibidagi paxta qabul qilish
maskanlariga qabul qilish va ularni qayta ishlab paxta tolasi, momiq, chigit
va boshqa paxta mahsulotlarini ishlab chiqarish,
- tayyor mahsulotlarni ichki va tashqi bozorlarda sotishni tashkil qilish.
Shuningdek jamiyat Ustavida ko‘rsatilgan boshqa faoliyat turlari bilan
shug‘ullanib, ishlab chiqarishda eng yangi va unumdor ishlab chiqarish
texnologiyalaridan foydalanish, jamiyat a’zolarining ijtimoiy barqarorligini
ta’minlab borish asnosida daromad olish.
“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning qimmatli qog‘ozlar emissiyasi
haqida ma’lumotlar:
Ustav fondi 163662 ming so‘m
Aksiyalar soni 163662 dona
Bir dona aksiyaning nominal qiymati 1000 so‘m
“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning aksiyalarining taqsimotini quyidagi
jadvalda ko‘rishimiz mumkin:


8
1-jadval

Yüklə 252,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə