«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti


AKTIV = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYATLAR



Yüklə 252,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/27
tarix05.05.2023
ölçüsü252,65 Kb.
#108544
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili (1)

AKTIV = XUSUSIY KAPITAL + MAJBURIYATLAR
Bu tenglikdan ko‘rinib turibdiki, xususiy kapital har bir xo‘jalik yurituvchi
sub’ektlar, shu jumladan paxta tozalash korxonalari faoliyatining mulkiy va
moliyaviy holatini ifodalaydi.
Paxta tozalash korxonalarda xususiy kapital bo‘yicha buxgalteriya
hisobining vazifalari quyidagilardan iborat:

Ustav kapitalini shakllanishi va undan foydalanishni nazorat qilish;

Korxona muassislari, kapitalning shakllanish bosqichlari va aksiyalar turlari
bo‘yicha axborot to‘plash;

Ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish bo‘yicha
ma’lumotlar olishni ta’minlash;

Qo‘shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan bog‘liq
muomalalarni o‘z vaqtida hisobda aks ettirish;

Korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o‘z vaqtida
hisobga olish hamda nazorat qilish.
Paxta tozalash korxonalarida xususiy kapital hisobi quyidagi me’yoriy-
huquqiy hujjatlar bilan tartibga solinadi:
1. "Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni. 1996
yil 30 avgustda qabul qilingan.
2. O‘zbekiston Respublikasi Soliq Kodeksi.


15
3.
"Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida"gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni 1996 yil 26 aprelda qabul
qilingan (o‘zgarishlar bilan).
4. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 2002 yil 27 dekabrdagi 140-
sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Moliyaviy hisobot shakllari va ularni
to‘ldirish qoidalari" (o‘zgarishlar bilan).
5. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat Soliq Qo‘mitasi
tomonidan 2002 yil 17 aprelda 51 va 002-40-sonli Qarori bilan qabul
qilingan "Amaldagi qonunchilik bilan belgilangan muddatlarda Ustav
kapitallarini (jamg‘armalarini) shakllantirmagan xorijiy investitsiyalarga ega
bo‘lgan korxonalardan soliqlarni undirib olish tartibi to‘g‘risidagi Ustav".
6. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat Mulk qo‘mitasi va Davlat
Soliq qo‘mitasi tomonidan 2002 yil 25 martda 47, 10-1-48, 2002-33-sonli
Qarori bilan qabul qilingan "Xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar tomonidan davlat
tasaruffidagi (davlat ulushi) aksiyalar bo‘yicha dividendlarni hisoblash,
to‘lash va maqsadli foydalanish tartibi to‘g‘risidagi Ustav".
7. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 2002 yil 9
sentyabrdagi 103-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan 21-sonli "Xo‘jalik
yurituvchi sub’ektlarning moliya-xo‘jalik faoliyati buxgalteriya hisobi
schetlar rejasi" BHMS.
8. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-
07/06-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Moliyaviy hisobotni tayyorlash va
taqdim etishning konseptual asosi".
9. 1-sonli "Hisob siyosati va moliyaviy hisobot" O‘zbekiston Respublikasi
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari (BHMS). O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1998 yil 26 iyulda 17-07/86-son
bilan tasdiqlangan.
10.14-sonli "Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot" O‘zbekiston Respublikasi
BHMS. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 19
oktyabrda EG/17-19-2075-son bilan tasdiqlangan.


16

Yüklə 252,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə