«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti


Paxta tozalash korxonalarida kapitalning tarkibi va uni tashkil etish



Yüklə 252,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə10/27
tarix05.05.2023
ölçüsü252,65 Kb.
#108544
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili (1)

1.3. Paxta tozalash korxonalarida kapitalning tarkibi va uni tashkil etish
manbalari.
Xususiy kapital bir qancha ko‘rsatkichlar majmuidan tashkil topgan bo‘lib,
ular quyidagilardan iborat:
-
ustav kapitali;
-
rezerv kapitali;
-
qo‘shilgan kapital;
-
taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar) va boshqalar.
O‘zbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan
«Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonunning 14-moddasida «Xususiy kapital -
ustav kapitali, qo‘shilgan va rezerv kapitalidan hamda taqsimlanmagan foydadan
tarkib topadi» deb ko‘rsatilgan.
Paxta tozalash korxonalarida xususiy kapitalning shakllanishi–xo‘jalik
jarayonini yuritish maqsadida jalb qilingan xususiy mablag‘lar, uning faoliyati
davomida erishilgan sof foydasi hamda inflyasiya ta’sirida yuzaga kelgan tafovut
summalari natijasida jamlangan mablag‘lari asosida tartibga solinadi. Shuningdek,
bu mablag‘lar manbai aksariyat hollarda xo‘jalik faoliyatining dastlabki
bosqichlaridan yuzaga keladi.
Xususiy kapital deganda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo‘lgan
mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan
kapitalning o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin, ya’ni:
Kx = Kj - Kq
Bunda:
Kx - xususiy kapital.
Kj - jami kapital.
Kq-qarzga olingan kapital
Quyidagi 1-chizmada paxta tozalash korxonalarida xususiy kapitalning
tarkibini ko‘rishimiz mumkin.


17
1-chizma. Xususiy kapitalning tarkibi
Xususiy kapitalni buxgalteriya hisobida aks ettirish uchun ularni bir qancha
belgilar bo‘yicha tasniflashni taqozo qiladi. Aksariyat olimlar xususiy kapitalni
tasniflash belgilari sifatida ularning turlarini, xizmat muddatlarini, tashkil etish
manbalarini olish zarur deb hisoblaydilar. Ularni tasniflashda moddiylik belgisini,
turgan joyi, faoliyatda ishtirok etish darajasini ham e’tirof etish maqsadga
muvofiqdir. Bundan tashqari, tasniflash belgilarining tartibini to‘g‘ri asoslash ham
uni o‘rganishda muhim omildir. Chunki, bu tizimni aniq belgilash xususiy kapital
elementlarini bosqichma-bosqich birinchi, ikkinchi va uchinchi darajali
XUSUSIY KAPITAL TARKIBI
Ustav kapitali
Qo’shilgan
kapital
Rezerv kapitali
Taqsimlanmagan
foyda
(qoplanmagan
zarar)
Oddiy aksiy
alar
Pay va 
qo’yi
lmal
ar
Emiss
ion da
ro
m
ad
Us
tav 
ka
pi
ta
lini 
sh
akll
ant
ir
is

bo’
yi
cha 
ijo
biy 
ku
rs 
far
qi
Aktiv
la
rn
i qay
ta ba
hol
ash b
o’yi
cha t
uz
atishla
r
Rez
ev k
ap
ital
i
Beg’
araz o
li
ngan 
m
ol-
mulk
Taqs
iml
an
mag
an 
fo
yd
a
Q
op
lan
ma
gan 
zar
ar
Imt
iyo
zli 
aks
iya
lar


18
schyotlarda aks ettirish, ular to‘g‘risidagi ma’lumotlami umumiylikka qarab
yig‘ish, jamlash, to‘plashning yaxlit tizimini yaratishga imkon beradi. Bu esa
nazariy va metodologik jihatdan katta ahamiyat kasb etadi. Xususiy kapitalni
tasniflashning tarkibiy tizimi quyidagi ketma – ketlikdan tashkil topishi lozim.

Yüklə 252,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə