«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti


-chizma. Xususiy kapitalni tasniflashning tarkibiy tizimi



Yüklə 252,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/27
tarix05.05.2023
ölçüsü252,65 Kb.
#108544
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili (1)

2-chizma. Xususiy kapitalni tasniflashning tarkibiy tizimi
Ushbu chizmaga ko‘ra, xususiy kapitalni tasniflashning yuqori bo‘g‘inida
uning moddiylik belgisi turadi. Ushbu belgisiga ko‘ra, korxona va tashkilotlarning
barcha xususiy kapitalini ikki guruhga, ya’ni moddiy xususiy kapital va nomoddiy
xususiy kapitalga ajratish mumkin. Moddiy xususiy kapital deganda, korxona va
tashkilotlarining moddiy bo‘lgan barcha aktivlari tushuniladi. Korxonalarning
barcha moddiy xususiy kapitali barcha aktivlarning bir qismi sifatida buxgalteriya
balansining «AKTIV» qismida joylashadi. Nomoddiy xususiy kapital o‘z ifodasini
nomoddiy aktivlarda topadi. Bu ham buxgalteriya balansining aktiv qismida
joylashadi Xizmat muddati belgisi bo‘yicha xususiy kapital korxona va
Faoliyatda ishtirok etish darajasi bo’yicha
Turgan joyi bo’yicha
Turi yoki ko’rinish bo’yicha
Tashkil topish manbasi bo’yicha
Xizmat muddati bo'yicha
Moddiyligi bo’yicha


19
tashkilotlarda qancha muddatda iqtisodiy samara berishi, ya’ni foyda keltirish bilan
tasniflanadi. Ushbu belgi bo‘yicha barcha xususiy kapitalni uzoq muddatli va qisqa
muddatli xususiy kapitalga ajratish mumkin. Xizmat muddati belgisi sifatida
buxgalteriya hisobida, odatda, bir yillik muddat qabul qilingan. Ushbu muddatga
ko‘ra bir yildan ko‘p xizmat qiladigan xususiy kapital uzoq muddatli,1 yilgacha
amal qiladigan xususiy kapital esa qisqa muddatli xususiy kapital hisoblanadi.
Uzoq muddatli xususiy kapitalga asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar (patent,
litsenziya, turli huquqlar, yangi g‘oyalar va boshqalar) va bir yildan kam
bo‘lmagan muddatga qo‘yilgan qo‘yilmalar kiradi. Qisqa muddatli xususiy
kapitalni adabiyotlarda (shu jumladan, 2004 yil 1 yanvardan qo‘llanilib
kelinayotgan buxgalteriya balansida) «aylanma aktivlar» deb ham ataydilar. Ularga
ishlab chiqarish zaxiralari, tovar moddiy boyliklar, pul mablag‘lari va boshqalar
kiradi.
Faoliyatda ishtirok etish darajasiga ko‘ra barcha xususiy kapitallar faol va
faol bo‘lmagan xususiyatlarga ega bo‘lishi mumkin. Odatda, aylanma mablag‘lar,
asosiy vositalarning faol qismi (mashina va mexanizmlar) korxona faoliyatida faol
ishtirok etadi va ko‘proq foyda keltiradi. Hisob-kitoblar bo‘yicha boshqa
mijozlarda bo‘lgan xususiy kapital, ya’ni debitorlik qarzlar korxona faoliyatining
rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatadi.
Turgan joyiga ko‘ra xususiy kapital ekspluatatsiyadagi, ya’ni
foydalanishdagi va zaxiradagi (konservatsiya qilingan) xususiy kapitalga bo‘linadi.
Foydalanishdagi kapital - bu korxona va tashkilotlarning moliyaviy - xo‘jalik
faoliyatini yuritishda qatnashayotgan kapitaldir. Zaxiradagi kapital esa
vaqtinchalik qurilishi tugatilmagan binolar, sexlar, ishlab chiqarishga mo‘ljallanib
sotib olingan, lekin mablag‘ etishmasligi sababli vaqtincha omborda turib qolgan
uskuna va jihozlardan iboratdir.
Turi va ko‘rinish belgisiga ko‘ra xususiy kapital real moddiy-tovar
boyliklaridan iborat bo‘ladi, ya’ni u, bino, inshootlar, materiallar, tayyor
mahsulotlar, tovarlar, pul mablag‘lari va boshqalar hisobiga shakllanadi. Bular
ham buxgalteriya balansida o‘z aksini topgan. Korxona, tashkilot, turli


20
jamiyatlarning xususiy kapitali, asosan, quyidagi manbalar hisobidan
shakllanishini kuzatish mumkin, ya’ni: mulk egalarining mablag‘laridan,
ta’sischilar ulushidan, faoliyatdan olingan foydadan, qaytarib bermaslik sharti
bilan olingan mablag‘lardan va hokazolardan.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida yangi tashkil etilayotgan
korxonalar o‘z moliyaviy va moddiy resurslarini mustaqil shakllantiradi. Bunday
resurslar, odatda, korxona ta’sischilari tomonidan o‘z xususiy mulklarini ustav
kapitaliga ulushi sifatida qo‘shish bilan yaratiladi.
Ustav kapitali - huquqlar va imtiyozlar olish uchun korxona muassislari
tomonidan ta’sis hujjatlariga muvofiq qo‘shilgan (to‘langan) hamda korxonaning
xo‘jalik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan moddiy boyliklar, pul
mablag‘lari va xarajatlar majmuidir.
Ustav kapitalining xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
-
Ustav kapitalining miqdori korxona ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq
belgilanadi va nisbatan doimiy harakterga ega bo‘ladi. Uning birlamchi
miqdorini o‘zgarishi faqat korxona ustavini davlat qaydnomasidan qayta
o‘tkazish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
-
Ustav kapitalini haqiqatda shakllantirish vaqt bo‘yicha chegaralanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq korxonalar ustav kapitalini
shakllantirishning oxirgi muddati bo‘lib ta’sis etilgan sanadan boshlab bir
yil.
-
Ustav kapitaliga ta’sischilarning hissalari uzoq va qisqa muddatli aktivlar
bilan, ya’ni asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital va moliyaviy
investitsiyalar, tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘lari bilan , kiritilishi
mumkin.
Ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalari korxonaning sof foydasini
hissali usulda taqsimlashga, aksiyalarning soni esa sof foydani ularning har biriga
mos ravishda taqsimlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Davlat korxonalarida sof foyda
taqsimlanmaydi va ustav kapitalining miqdorini oshirishga yo‘naltiriladi.


21

Yüklə 252,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə