«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti


II-bob. “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda xususiy kapitalni hisobini



Yüklə 252,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə13/27
tarix05.05.2023
ölçüsü252,65 Kb.
#108544
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili (1)

II-bob. “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda xususiy kapitalni hisobini
tashkil etish
2.1. “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda ustav kapitalini shakllantirish va
uning harakatini buxgalteriyada hisobga olish.
Paxta tozalash korxonalari xususiy kapitalining muhim turi bo‘lib ustav
kapitali hisoblanadi.
Ustav kapitali
deganda korxonaning ta’sischilari tomonidan unga
kiritiladigan mablag‘lar majmuasi, shuningdek chiqarilgan aksiyalarning nominal
qiymatidagi summalarining yig‘indisi tushuniladi. Ustav kapitalining
xususiyatlariga quyidagilar kiradi:
-
Ustav kapitalining miqdori korxona ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq
belgilanadi va nisbatan doimiy harakterga ega bo‘ladi. Uning birlamchi miqdorini
o‘zgarishi faqat korxona ustavini davlat qaydnomasidan qayta o‘tkazish yo‘li bilan
amalga oshiriladi;
-
Ustav kapitalini haqiqatda shakllantirish vaqt bo‘yicha chegaralanadi.
O‘zbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq korxonalar ustav kapitalini
shakllantirishning oxirgi muddati bo‘lib ta’sis etilgan sanadan boshlab bir tavqim
yil hisoblanadi. Ushbu muddatda o‘z ustav kapitalini shakllantirmagan korxonalar
yuridik statusini yo‘qotadi va tugatiladi.
-
Ustav kapitali korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllariga va mulk
shakllariga bog‘liqdir. Davlat korxonalarida ustav kapitali unga davlat tomonidan
birkitilgan mulklar majmuasidan tashkil topadi. Xususiy va kollektiv o‘rtoqchilik
mulklari asosida tashkil etilgan korxonalarda ustav kapitali ta’sischilarning pay va
badallaridan iborat bo‘ladi. Aksionerlik jamiyatlarida ustav kapitali chiqarilgan
oddiy va imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatidagi summalarining
yig‘indisidan tashkil topadi.
-
Ustav kapitaliga ta’sischilarning hissalari uzoq va qisqa muddatli aktivlar
bilan, ya’ni asosiy vositalar, nomoddiy aktivlar, kapital va moliyaviy
investitsiyalar, tovar-moddiy boyliklar va pul mablag‘lari bilan kiritilishi mumkin.


28
-
Ta’sischilarning ustav kapitalidagi hissalari korxonaning sof foydasini
hissali usulda taqsimlashga, aksiyalarning soni esa sof foydani ularning har
biriga mos ravishda taqsimlashga asos bo‘lib hisoblanadi. Davlat korxonalarida
sof foyda taqsimlanmaydi va ustav kapitalining miqdorini oshirishga yo‘naltiriladi.
Ustav kapitali bo‘yicha buxgalteriya hisobining asosiy vazifalari bo‘lib
quyidagilar hisoblanadi:
·
Ustav kapitalini korxonalarning ta’sis etilgan kuniga aks ettirish;
·
Ta’sischilar tomonidan o‘z ulushlarini belgilangan muddatlarda kiritilishi
ustidan nazorat o‘rnatish;
·
Ustav kapitalidagi o‘zgarishlarni o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisobga olish;
·
Chet el investorlari tomonidan chet el valyutasida kiritilgan mablag‘lar
bo‘yicha valyuta kurslari o‘rtasidagi farqlarni to‘g‘ri hisobga olish;
·
Ta’sischilar bilan olinadigan dividendlar va ularning hissalari bo‘yicha
hisob-kitoblarni to‘g‘ri olib borish;
·
Ustav kapitaliga doir ma’lumotlarni moliyaviy hisobotlarda to‘g‘ri aks
ettirish va boshqalar.
Paxta tozalash korxonalarida 21- son BHMS ga muvofiq ustav kapitalining
hisobi quyidagi schyotlarda olib boriladi:
·
8300 « Ustav kapitali» – davlat korxonalarida;
·
8310 «Oddiy aksiyalar», 8320 «Imtiyozli aksiyalar» –aksionerlik
jamiyatlarida
·
8330 «Pay va badallar» – xususiy va kollektiv o‘rtoqchilik korxonalarida
(xususiy savdo va ishlab chiqarish korxonalarida, ma’suliyati cheklangan
jamiyatlarda, qo‘shma korxonalarda, xorijiy korxonalarda, sho‘ba korxonalarida,
qaram xo‘jalik jamiyatlarida).
Ushbu schyotlarning barchasi passiv schyotlar bo‘lib, ularning kreditida ustav
kapitalini vujudga kelishi va ko‘payishi, debetida esa uning kamayishi aks
ettiriladi.


29
4-jadval

Yüklə 252,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə