«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti


-bob. “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning xususiy kapitali tahlilini



Yüklə 252,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/27
tarix05.05.2023
ölçüsü252,65 Kb.
#108544
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili (1)

3-bob. “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJning xususiy kapitali tahlilini
takomillashtirish.
3.1. Paxta tozalash korxonalarida xususiy kapitalni tahlil qilishning
ahamiyati, tahlil vazifalari va axborot manbalari.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida xususiy kapital korxonaning
moliyaviy holatini tavsiflovchi muhim ko‘rsatkichlardan biri hisoblanadi. Chunki,
uning holatiga qarab jami mablag‘lar tarkibidan kelib chiqqan holda korxonaning
iqtisodiy qaramligi yoki mustaqilligiga baho beriladi. Bu biznesni boshqarish,
faoliyatni kengaytirish va sheriklik faoliyatini yo‘lga qo‘yishda o‘ta muhim masala
hisoblanadi.
Paxta tozalash korxonalarining xususiy kapitali o‘z mablag‘lari manbaining
asosini tashkil etuvchi ko‘rsatkich hisoblanib, uning tarkibiga korxona ustav
kapitali, zahira kapitali, qo‘shilgan kapital hamda taqsimlanmagan foyda
(qoplanmagan zarar) kiradi.
Paxta tozalash korxonalarini moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlash
manbai bo‘lib quyidagilar hisoblanadi:
-
O‘z mablag‘lar manbai;
-
Qarz mablag‘lari.
Paxta tozalash korxonalari ochilish davrida o‘z mablag‘larini belgilab
olishi lozim. Bu ish amalga oshirilgach esa mablag‘larni qaysi manbaa hisobiga
qoplash kerakligini ko‘rib o‘tiladi. Agarda korxonaning o‘z mablag‘lari etarli
bo‘lsa o‘z mablag‘lar manbai hisobiga, aks holda esa qarz mablag‘lari hisobiga
qoplaydi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har bir korxona o‘z moliyaviy
ehtiyojlarini o‘zi mustaqil qondirishi mumkin. Resurslarni ta’minlash manbai
bo‘lib, uning foydasi, qimmatbaho qog‘ozlarini sotishdan kelgan tushum,
aksionerlarning pay va boshqa to‘lovlari, yuridik va jismoniy shaxslarning pay va
boshqa to‘lovlari hamda qonundan tashqari bo‘lmagan holda kirim qilingan


43
mablag‘lar kiradi. Bunday asosda kiritilgan mablag‘lar korxona tashkilotlar uchun
xususiy kapital deb qaraladi.
Paxta tozalash korxonalarining xususiy kapitali tahlilining vazifalari
bo‘lib, quyidagilar hisoblanadi:
- xususiy kapitallardan samarali foydalanganlikka baho berish;
- xususiy kapitalda mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni aniqlash;
- uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va hakozolar kiradi.
Xususiy kapital tahlilini olib borishda axborot manbai bo‘lib,
«Buxgalteriya balansi»ning passiv 1- bo‘limi va «Xususiy kapital to‘g‘risida»gi
hisobot shakllari kiradi. Bu hujjat shakllaridan foydalangan holda tahlil ishlari olib
boriladi. Paxta tozalash korxonalarining xususiy kapital hisobi 12- «Jurnal orderi»
da yuritilib, ushbu hujjat shakli ham axborot manbai hisoblanadi.


44

Yüklə 252,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə