«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti


“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda rezerv kapitali va taqsimlanmagan



Yüklə 252,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/27
tarix05.05.2023
ölçüsü252,65 Kb.
#108544
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili (1)

2.2. “Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda rezerv kapitali va taqsimlanmagan
foydani hisobga olish tartibi
Amaldagi qonunchilikka binoan korxonada rezerv kapitali tashkil etiladi.
Uning mikdori jamiyat ustav kapitalining 15 foizidan kam bo‘lmasligi kerak.
Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o‘tkazish yo‘li bilan jamiyat
ustavida belgilangan mikdorga etguncha tashkil etiladi. Rezerv kapitali korxona
ko‘rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun dividend to‘lash, aksiyadorlar
talabiga ko‘ra aksiyalarni kayta sotib olish uchun ishlatiladi. Shu bilan birgalikda
rezerv kapitali hisobvaraqlari uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga
keladigan inflyasion rezervlarga muvofiq foyda hisobidan tashkil qilinadigan
rezerv hisobi uchun mo‘ljallangan.
Rezerv kapitali hisobi quyidagi hisobvaraqlarda yuritiladi:
8510-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar»;
8520-«Rezerv kapitali»;
8530-«Beg‘araz olingan mol- mulk».
8510-«Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» hisobvarag‘i qayta
baholash natijasida aktivlar qiymatining oshishini hisobga oladi.
Paxta tozalash korxonalarida rezerv kapitali schyotlarida ta’sis hujjatlarida,
odatdagidek‚ uzoq muddatli aktivlarni qayta baholashda yuzaga keladigan
inflyasion rezervlarga muvofiq foyda hisobiga tashkil qilinadigan rezerv hisobi
uchun mo‘ljallangan.
8510 –
«
Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» schyoti qayta
baholash natijasida aktivlar qiymatini oshishini hisobga oladi.
Asosiy vositalarni qayta baholash, odatda, hukumat qaroriga ko‘ra‚ nomoddiy
aktivlar‚ qimmatli qog‘ozlar va boshqa uzoq muddatli investitsiyalarni bozor
qiymatigacha qayta baholash aktivning bozor qiymatini aniq belgilashi mumkin
bo‘lgan sharoitda paxta tozalash korxonalarida hisob siyosatiga muvofiq amalga
oshiriladi. Bunda‚ qayta baholashni shunday amalga oshirish kerakki‚ har bir


35
hisobot sanasidagi aktivning balans qiymatini uning bozor qiymatidan keskin
farqlanmasligi kerak.
Paxta tozalash korxonasi o‘z investitsiyalarini qayta baholangan qiymati
bo‘yicha hisobga olsa‚ u holda qayta baholashdan olingan daromad rezerv sarmoya
schyotlarida aks ettirilishi lozim.
Debet 0610 – «Qimmatli qog‘ozlar» hisobvarag‘i
Kredit 8510 – «Aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar» hisobvarag‘i
Agar navbatdagi hisobot davriga kelib bu qimmatli qog‘ozlarning bozor
qiymati kamaysa‚ unda mazkur qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha avvalgi qayta
baholash doirasida rezerv sarmoyaning kamaytirish hisobiga uni qoplash mumkin.
Bu qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha tashkil etilgan rezervdan oshuvchi narxning
pasayish summasi xarajat sifatida tan olinadi.
Asosiy vositalarni (hukumat qaroriga binoan) qayta baholash summasi‚
shuningdek, o‘z kapitalining oshishi sifatida aks ettiriladi.
Balans qiymatidan yuqori bahoda boshqa xo‘jalik yurituvchi sub’ekt ustav
kapitaliga mol-mulkni kiritish chog‘ida ham «Rezerv sarmoya» schyotida
qo‘llaniladi.
TMZ kabi joriy aktivlarni qayta baholash buxgalteriya hisobining asosiy
tamoyillarini («ehtiyotkorlik» yoki «konservatizm» tamoyillari) zid keladi hamda
«Tovar moddiy rezervlar» 4 – son BHMSga muvofiq TMZ tannarxi va sof foyda
qiymatidan eng kam baho bo‘yicha baholanadi. Biroq‚ agar garchi TMZni qayta
baholash amalga oshirilgan bo‘lsa‚ qayta baholash summasi ularni sotish (yoki
ishlab chiqarishga jalb etish) tadbirlari bo‘yicha xo‘jalik yurituvchi sub’ektning
daromadiga qo‘shiladi. Faqat favqulodda holatlarda (rezervlar bahosini
pasayishida‚ rezervlarga zarar etishida‚ ularning eskirishida) TMZ bahosi pasayadi
hamda o‘z kapitali schyotlarga ta’sir ko‘rsatmaydi.
8520 – «Rezerv kapitali» hisobvarag‘idan turli rezervlarni hisobga olishda
foydalaniladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari rezerv kapitali ustavda belgilangan miqdorda unga
qadar har yili sof foydadan ajratmalar yo‘li bilan shakllantiriladi:


36
Debet 8710 – «Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan
zarar)»
Kredit 8510 – «Rezerv kapitali»
Rezerv kapitali uning zararlarini qoplash‚ imtiyozli aksiyalar bo‘yicha
dividendlar to‘lash‚ aksiyadorlarning talablariga ko‘ra aksiyalarni sotib olish‚
jamiyat obligatsiyalarini so‘ndirish‚ qarzni hisobdan chiqarish hamda so‘ndirish
imkoniyatlari mavjud bo‘lmagan-da boshqa maqsadlar uchun mo‘ljallangan.
Hisobot davrida foyda mavjud bo‘lmaganda imtiyozli aksiyalar bo‘yicha
dividendlar to‘lanadi va quyidagicha buxgalteriya yozuvida aks ettiriladi:
Debet 8510 - «Rezerv kapitali»
Kredit 6610 – «To‘lov uchun dividendlar»
Xo‘jalik yurituvchi sub’ekt tugatilayotganda turli debitorlarning qarzlari
hisobdan chiqariladi.
Debet 8510 - «Rezerv kapitali»
Kredit 4010 - «Buyurtmachi va xaridorlardan olinadigan hisobraqamlar»
Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarda ta’sis
hujjatlarida belgilangan miqdorlarda rezerv kapitalini tashkil etish ham qonun
hujjatlarida nazarda tutilgan. Adliya vazirligida 1997 yil 29 dekabrda ro‘yxatdan
o‘tkazilgan «Yuridik shaxslardan undiriladigan daromad (foyda) solig‘ini
hisoblash va to‘lash tartibi to‘g‘risida»gi 382 – sonli yo‘riqnomaga muvofiq xorijiy
investitsiya ishtirokidagi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar uchun soliqqa tortiladigan
daromad rezerv fondiga 20% gacha miqdorda ajratmalar summasiga mazkur fond
ustav kapitalining 25%i miqdoriga etgunga qadar kamaytiriladi.
Taqsimlanmagan foyda bu hisobot davri yakunida paxta tozalash korxonalari
ixtiyorida qoladigan sof foyda (foydaning bir qismi)dir. Taqsimlanmagan foyda
(qoplanmagan zarar)ni hisobga olishda quyidagi hisobvaraqlardan foydalaniladi:
8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»
hisobvarag‘ida korxona faoliyatining butun hisobot yilidagi taqsimlanmagan
foydasi (koplanmagan zarari) hisobga olib boriladi.


37
8720-«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)» hisobvarag‘ida
korxonaning butun faoliyati davomidagi zarar, dividendlar bo‘yicha to‘lovlar
hamda ustav kapitaliga qayta investitsiyalangan foydani chegirgan holda sof foyda
summasini ifodalovchi jamlangan foyda hisobga olib boriladi.
Hisobot yili yakuni bo‘yicha taqsimlanmagan foyda «Qorasu paxta tozalash
zavodi” AJning balans hisobotida yig‘ilib, har yilgi majburiy auditor xusosasi bilan
tasdiqlanadi.
Taqsimlanmagan foydaning hisobi 8710 «Hisobot davridagi taqsimlanmagan
foyda (qoplanmagan zararlar)» schyot va 8720 «Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan
zarar)» schyotlarida yuritiladi. Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (zarar)
summasi dividend va maqsadli fond hisoblangandan so‘ng qolgan summa 8720
«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan foyda)» schyotiga o‘tkaziladi.
Taqsimlanmagan foydani dividenq uchun to‘lov, maqsadli fondlarni tashkil
etish va to‘ldirish, «Qorasu paxta tozalash zavodi” AJ umidsiz qarzlar va boshqa
maqsadiga qarzlarni qoplash faqatgina O‘zbekiston Respublikasi «Aksionerlik
jamiyatlari va aksionerlarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida» gi Qonuni va
«Qorasu paxta tozalash zavodi” AJ ustaviga asosan «Qorasu paxta tozalash
zavodi” AJ aksionerlarining umumiy yig‘ilish va aksionerlik jamiyatining Kuzatuv
Kengashi qarori bilan tasdiqlangan holdagina amalga oshiriladi.
Hisobot davridagi sof foyda taqsimlanmagan foydani oshiradi va u
quyidagicha buxgalteriya yozuvi bilan rasmiylashtiriladi:
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)».
“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda korxonada joriy 2014 yilda barcha soliq
va majburiy to‘lovlar to‘langandan keyingi moliyaviy natijasi aniqlanib,
taqsimlanmagan foydaga o’tkazildi va quyidagicha buxgalteriya yozuvida aks
ettirildi:
D-t 9910-«Yakuniy moliyaviy natija» - 167386000 so‘m
K-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» -
163386000 so‘m.


38
Korxona sof foydasidan aksiyadorlarga dividend to‘lanadi. Korxonada
dividendlar hisobi va ta’sischilar oldidagi boshqa majburiyatlarni hisobga olish
uchun quyidagi hisobvaraqlardan foydalanish ko‘zda tutilgan:
6610-«To‘lov uchun dividendlar» hisobvarag‘i;
6620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ularning ulushlari bo‘yicha qarzlar»
hisobvarag‘i.
Bu hisobvaraqlar passiv hisoblanadi va ular bo‘yicha saldo faqat kredit
tomonda bo’ladi. Ushbu hisobvaraqlar krediti bo‘yicha oborotlar hisoblangan
dividendlarni yoki chiqib ketayotgan muassislarning ulushiga doir majburiyatlarni,
debeti bo‘yicha oborotlar esa dividendlar to‘lovi hamda muassislar oldidagi
qarzlarning so‘ndirilishini ifodalaydi.
Dividendlar hisoblanganida quyidagicha buxgalteriya yozuvi beriladi:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar».
“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda korxonada aksiyadorlarga dividendlar
hisoblanganda quyidagicha buxgalteriya yozuvida aks ettirilgan:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» -
167386000 so‘m
K-t - 6610-«To‘lov uchun dividendlar» - 163386000 so‘m.
Dividendlardan 10%lik stavka bilan undiriladigan soliq to‘lov manbaida
bo‘ladi:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar».
“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda korxonada hisoblangan dividendlar
uchun soliq hisolanishi quyidagicha buxgalteriya yozuvida aks ettirilgan:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar» - 16738600 so‘m
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar» - 16738600 so‘m.
Soliq summasi byudjetga o‘tkazilganida:
D-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar».
K-t 5110-«Hisob-kitob schyoti».


39
Kassadan dividendlar to‘langanida:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»
K-t 5010-«Milliy valyutadagi pul mablag‘lari».
Agarda muassis chiqib ketayotgan bo‘lsa, u holda jamiyatning muassislar
oldidagi qarzlari quyidagicha aks ettiriladi:
D-t 8310, 8320, 8330-Ustav kapitalini hisobga olish hisobvaraqlari
K-t 6620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ularning ulushlari bo‘yicha
qarzlar»
To‘lov paytida:
D-t 6620-«Chiqib ketayotgan muassislardan ularning ulushlari bo‘yicha
qarzlar»
K-t 5110, 5010-Pul mablag‘larini hisobga olish hisobvaraqlari.
Hisobot yilidagi taqsimlanmagan foyda (zarar) summasi dividendlar
hisoblanganidan so‘ng 8720-«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)»
hisobvarag‘iga hisoblab o‘tkaziladi.
Foyda olingan holatda:
D-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)»
K-t 8720-«Jamg‘arilgan foyda (qoplanmagan zarar)».
Zarar ko‘rilganda:
D-t 8720-«Jamg‘arilgan foyda (koplanmagan zarar)»
K-t 8710-«Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)».
Aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishi lozim bo‘lgan majburiy to‘lovlar va
barcha soliqlar to‘langandan keyin korxonada qoladigan foydaning bir qismi
dividend hisoblanadi.
Korxona rahbariyati tomonidan dividendlarni to‘lash e’lon qilinganidan
so‘ng, agar ular kelasi yil uchun to‘lanadigan bo‘lsa, joriy majburiyatlar sifatida
hisobda aks ettiriladi. AJ quyidagi hollarda dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror
qabul qilishga haqli emas:

jamiyatning ustav kapitali to‘liq to‘languniga qadar;


40

agar dividendlarni to‘lash paytida u bankrotlik belgilariga javob bersa yoki
jamiyatda dividendlarni to‘lash natijasida bankrotlik alomatlari paydo bo‘lsa;

agar jamiyat sof aktivlarining qiymati uning ustav va rezerv kapitali
summalaridan kam bo‘lsa.
Dividendlar, nafaqat, pul mablag‘lari, balki aksiyalar bilan ham to‘lanishi
mumkin.
Aksiyalar ko‘rinishidagi dividendlar «kapitallashtirish»da taqsimlanmagan
foyda sifatida ifodalanuvchi, aksiyadorlar uchun qo‘shimcha aksiyalar chiqarishdir.
Aksiyalar bilan dividendlar to‘langanida AJning majburiyatlari yoki
aktivlarida o‘zgarish yuz bermaydi, chunki dividendlar pul mablag‘lari
ko‘rinishida to‘lanadigan holatdagi kabi korxona mablag‘lari taqsimlanmaydi.
Ya’ni dividendlar aksiyalar bilan to‘langanida xususiy kapital hajmi o‘zgarmaydi,
faqat uning tuzilmasi o‘zgaradi. Bundan tashqari, aksiyalar ko‘rinishida olingan
dividendlar jismoniy shaxslarda soliqqa tortishdan ozod qilinadi.
Dividendlar, shuningdek, natura ko‘rinishida ham berilishi mumkin.
Aksiyadorlarga tayyor mahsulot dividend sifatida berilganida ham QQS
hisoblanadi. QQS to‘lovchisi bo‘lgan korxona esa mahsulot sotilishi bo‘yicha
oborotdan ham QQS hisoblashi kerak.
Dividendlar hisoblab tuzildi:
D-t 8710- «Hisobot davridagi taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan
zarar)»
K-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar».
QQS bilan maxsulot sotilishi aks ettirilgan:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»
K-t 9010-«Tayyor maxsulot sotilishidan olingan
daromadlar»
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»
Tayyor maxsulot tannarxi hisobdan chikarildi:
D-t 9110-«Sotilgan maxsulotning tannarxi»
K-t 2810-«Ombordagi tayyor mahsulot»


41
Mazkur holatda ham 10%lik stavka bo‘yicha dividenddan soliq hisoblanadi
va aksiyadorlar bu summani korxona kassasiga to‘laydilar.
Dividendlardan 10%lik stavka bilan undiriladigan soliq to‘lov manbaida
bo‘ladi:
D-t 6610-«To‘lov uchun dividendlar»
K-t 6410-«Byudjetga to‘lovlar bo‘yicha qarzlar»
Aksiyadorlarga natura holida dividend berish natijasida moliyaviy natija
aniqlandi:
D-t 9010-«Tayyor mahsulot sotilishidan olingan daromadlar»
K-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
D-t 9900-«Yakuniy moliyaviy natija»
K-t 9110-«Sotilgan maxsulotning tannarxi»
9900-hisobvaraqdagi saldo ushbu tadbirdagi foyda (zarar)ni ko‘rsatdi.
Ushbu holatda 9900-hisobvaraq bo‘yicha kredit saldosi korxona tomonidan bu
tadbirda olingan summadagi foydani aks ettiradi va korxona bu summadan soliq
to‘lashi lozim.


42

Yüklə 252,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə