«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti


Ekologik monitoringning axborot maqsadlari



Yüklə 252,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə23/27
tarix05.05.2023
ölçüsü252,65 Kb.
#108544
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili (1)

Ekologik monitoringning axborot maqsadlari
ga quyidagilar kiradi:
·
tabiiy muhit sifati ko‘rsatkichlarini olish;
·
biosferaning eng ko‘p zararlangan uchastkalarini aniqlash va ularni
miqdoriy baholash;
·
erta xabardor qilish ko‘rsatkichlarini olish.
Ekologik monitoring quyidagi vazifalarni bajaradi:


53
1. Tabiiy muhit, geotizimlar, tabiat ob’ektlari va ularga antropogen ta’sir
ko‘rsatuvchi manbalarni doimiy kuzatish va sifat jihatidan baholashni
amalga oshirish.
2. Tabiat ob’ektlariga sezilarli zarar etkazishdan oldin salbiy ta’sirning
sabablari va yo‘nalishini oldindan aniqlash.
3. Aholi yashash muhitining ekologik sharoitlari, biologik ob’ektlarning
holati, shuningdek, ekotizimlarning funksional yaxlitligini uzluksiz
baholash.
4. Salbiy omillarning kuchayib borishida ob’ekt va tizimlarga tuzatish
ta’sirini belgilash.
Ekologik boqaruv ekologik monitoring xizmatidan tabiat muhofazasi va
ekologik xavfsizlik maqsadalari uchun quyidagi ob’ektlar guruhi va ularning
o‘zaro aloqalari to‘g‘risida quyidagi ishonchli va to‘liq axborotlarni olishi
mumkin:
·
biotik muhit (o‘simlik va hayvonot dunyosi);
·
abiotik muhit (o‘zaro bog‘liq tabiat komponentlari, sanoat komplekslari
va aholi yashash manzillari);
·
antropogen ta’sir ob’ektlari;
·
ijtimoiy-iqtisodiy tizimlar.
Bu ob’ektlar to‘g‘risidagi axborotlar ularning o‘zaro aloqalari va o‘zaro
ta’sirini hisobga olib, asoslangan ekologik boshqaruv qarorlarini qabul qilish
imkonini beradi. Bu ob’ektlardan har birining holatini aniqlash uchun turli
asboblardan foydalanish asosida ekologik nazorat amalga oshiriladi.
Ekologik nazorat O‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni muhofaza qilish
to‘g‘risida»gi (1992yil) qonunning29-31-moddalariga muvofiq quyidagi uchta
asosiy darajada amalga oshiriladi:
·
davlat tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati va tabiatni muhofaza
qilish sohasidagi davlat nazorati;
·
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi idoraviy, ishlab chiqarish nazorati;


54
·
tabiatni muhofaza qilish sohasidagi jamoat nazorati.
Davlat atrof tabiiy muhit holatini kuzatib borish xizmati «tabiiy muhitda
sodir bo‘layotgan fizik, kimyoviy, biologik jarayonlarni, atmosferahavosi, tuproq,
er usti va er osti suvlarining ifloslanish darajasini, ifloslanishning o‘simlik va
hayvonot dunyosiga ta’siri oqibatlarini kuzatib borish, manfaatdor tashkilotlar va
aholini atrof-muhitda bo‘layotgan o‘zgarishlar haqida joriy va shoshilinch
axborotlar hamda bu muhit holatiga oid taxminlar bilan ta’minlash maqsadida
tashkil etiladi» (30-modda). Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi davlat nazorati
davlat hokimiyati va boshqaruv idoralari, maxsus davlat tabiatni muhofaza qilish
idoralari tomonidan amalga oshiriladi(31-modda).
«Vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning ekologiya xizmati shu
vazirlik, davlat qo‘mitasi yoki idora tasarrufidagi korxonalar va tashkilotlar
faoliyati ustidan tabiatni muhofaza qilish sohasidagi idoraviy nazoratni amalga
oshiradi. Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi ishlab chiqarish nazoratini
korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning ekologiya xizmatlari amalga oshiradi,
tabiatni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish va ularni tiklash,
atrof-tabiiy muhitni sog‘lomlashtirish, tabiatni muhofaza qilishga doir
qonunlarning talablari yuzasidan dasturlar hamda ayrim tadbirlar ijrosini tekshirish
maqsadini ko‘zlaydi» (32-modda).
«Tabiatni muhofaza qilish sohasidagi jamoat nazoratini jamoat
birlashmalari, mehnat jamoalari, fuqarolar amalga oshiradilar» (32-modda).
Ekologik monitoring tizimini yanada tkomillashtirish muntazam
kuzatuvlarning texnologik darajasini takomillashtirish (namunalar olish,
o‘lchovlarning aniqligi, tahlillarning sifati va shu kabilar) yo‘lidan ham,
monitoring tarmog‘ini kengaytirish va noaniq ifloslantirish manbalarini (kollektor-
zovur suvlari, maishiy oqava suvlarini markazlashtirilgan holda tashlab yuborish,
yo‘l transporti) to‘liqroq qamrab olish yo‘lidan ham bormog‘i kerak.
Shuningdek, monitoring uchun, tuproq eroziyasi va erlar buzilishi, sel
oqimlari va tog‘ ko‘chish hodisalari, erlarning cho‘lga aylanishi va atrof tabiiy
muhitga boshqa salbiy ta’sir ko‘rsatishga doir ma’lumotlarni to‘plash va tahlil


55
qilish uchun asta-sekin tuzilmalar barpo etish ham zarur bo‘lib, tarmoq va ekologik
siyosatini ishlab chiqish vaqtida ularni hisobga olish muhimdir.
Mamlakatning hamma tumanlarida suv va gazning amalda sarflanishini
schetchiklar yordamida o‘lchashga o‘tish suv va gazdan foydalanishni
ekologiyalash uchun axborot sharoitlarini yaratish sohasidagi eng dolzarb choradir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida tashkil etilgan Davlat
kadastrlari yagona xizmati (DKYAX)ni yanada rivojlantirish va
takomillashtirishga alohida e’tibor berish kerak.
«O‘zgeodezkadastr» respublika hududida hamma kadastrlarning (ularning
turi esa 30 dan ortiq) yuritilishini muvofiqlashtiribgina qolmay, er kadastri
negizida asosiy kadastr axborotining hammasini o‘zida jamlaydi. Undan
foydalanish tabiatdan to‘la foydalanish, soliq solish va hokazo tizimlarni
takomillashtirish imkonini beradi.


56

Yüklə 252,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə