«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti



Yüklə 252,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/27
tarix05.05.2023
ölçüsü252,65 Kb.
#108544
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili (1)

1. Ustav kapitali
;
Bu schyot xususiy (hissador) kapitalining qiymati, qimmatbaho
qog‘ozlarning emissiyasi va joriy yil foydasi va zarari hisobiga o‘zgarishi mumkin.
2. Qo‘shilgan kapital
.
Bu schyot quyidagi hollarda o‘zgarishi mumkin:
·
xususiy (hissador) kapitali qiymatining o‘zgarishi;
·
muomalaga qo‘shimcha aksiyalarning chiqarilishida;
·
asosiy vositalarni qayta baholanishida;
·
foyda va zararlarni hisobiga.
3. Rezerv kapitali
ham yuqorida keltirilgan o‘zgarish sabablari hisobiga
amalga oshadi. Faqatgina bu o‘zgarishlar tarkibiga foyda hisobidan
rezervlarga ajratilgan summalar.


51
4. Taqsimlanmagan foyda
. Bu ko‘rsatkich korxonaning hisobot yilida olgan
sof foydasi, hissador kapitalining ko‘payish yoki kamayishi, qimmatbaho
qog‘ozlar emissiyasi, rezerv uchun ajratmalar hisobiga o‘zgarishi mumkin.
5. Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
·
hisobot davrida olingan zarar;
·
qimmatbaho qog‘ozlar emissiyasi;
·
hissador kapitalining ko‘p yoki kam bo‘lishi kabi ko‘rsatkichlar
hisobiga o‘zgarishi mumkin.
Bu o‘zgarishlar “Xususiy kapital to‘g‘risidagi hisobot”da ham yaqqol ko‘zga
tashlanib turadi.


52
IV-Bob. Ekologik qism.
Ekologik monitoring va ekologik nazorat
Ekologik boshqaruv tabiat holati va unda turli jarayonlar rivojlanishi
to‘g‘risidagi ekologik axborotlarni to‘plash, qayta ishlash, saqlash va ulardan
foydalanishni o‘z ichiga oladi. Monitoring o‘rganilayotgan ob’ektning holatini
tartibga solingan kuzatish majmuasi va unda sodir bo‘layotgan o‘zgarishlar
dinamikasini tasvirlash, vaziyat rivojini prognozlashni bildiradi.
Ekologik monitoring atrof tabiiy muhitning kompleks monitoringini tashkil
etish hisoblanadi. U inson yashaydigan muhit sharoiti va biologik ob’ektlar
(o‘simlik, hayvonlar, mikroorganizmlar), ekotizimlarni doimiy baholashni
ta’minlaydi, shuningdek tabiiy muhit sharoitlariningnoqulay tomonga
o‘zgarishlariga yo‘l qo‘ymaydigan tadbirlarni amalga oshirishni tavsiya etadi.
Atrof tabiiy muhit monitoringi O‘zbekiston Respublikasi «Tabiatni
muhofaza qilish to‘g‘risida»gi (1992yil) qonuni 28-moddasiga muvofiq quyidagi
maqsadni amalga oshirishni ko‘zda tutadi:
«O‘zbekiston Respublikasi hududida atrof tabiiy muhitning holati va uning
resurslarini kuzatish, hisobga olish, ularga baho berish va ularning istiqbolini
belgilashni ta’minlash maqsadida atrof tabiiy muhitning davlat monitoringi tizimi
tashkil etiladi.
Atrof tabiiy muhitning holati, tabiiy resurslardan foydalanish ustidan
kuzatuv maxsus vakolat berilgan idoralar, shuningdek, faoliyati atrof tabiiy
muhitning holatini yomonlashtiradigan yoki yomonlashtirishi mumkin bo‘lgan
korxonalar, tashkilotlar, muassasalar tomonidan amalga oshiriladi».

Yüklə 252,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə