«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti



Yüklə 252,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə24/27
tarix05.05.2023
ölçüsü252,65 Kb.
#108544
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili (1)

Xulosa va takliflar
Paxta tozalash korxonalari xususiy kapital hisobi va tahlili borasida olib
borilgan izlanishlar natijasida quyidagi xulosalar qilindi:
Xususiy kapital hisobi iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, u korxonaning o‘z qudrat darajasini qay darajada ekanligini
bildiradi.
Har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning salohiyatini ularning xususiy
kapitali ko‘rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga etarli darajada ega bo‘lmagan
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda
vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo‘ladi. Shuning uchun
ham xususiy kapitalga ega bo‘lish, uni doimiy tarzda ko‘paytirib borish
iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida har qanday xo‘jalik yurituvchi
sub’ektning, shu jumladan paxta tozalash korxonalariining rivojlanishiga kafillik
beruvchi muhim element bo‘lib hisoblanadi.
Bitiruv malakaviy ishida xususiy kapitalni buxgalteriya hisobi ob’ekti
sifatida mohiyatini o‘rganish uchun bir qancha adabiyotlardan mualliflarning
fikrlari o‘rganildi va yakunda xususiy kapitalga quyidagicha ta’rif berildi:
Xususiy kapital deganda, xo‘jalik yurituvchi sub’ektga tegishli bo‘lgan
mulkning qiymati tushuniladi. Bu kapital jami kapital bilan qarzga olingan
kapitalning o‘rtasidagi farq sifatida aniqlanishi mumkin. Xususiy kapital – ustav
kapitali, qo‘shilgan va rezerv kapitalidan hamda taqsimlanmagan foydadan tarkib
topadi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida korxonalarda xususiy kapital
hisobi va tahlili oldida qator muhim vazifalar turadi. Ular sirasiga quyidagilar
kiradi:
-
Ustav kapitalini shakllanishi va undan foydalanishni nazorat qilish;
-
Korxona muassislari, kapitalning shakllanish bosqichlari va aksiyalar turlari
bo‘yicha axborot to‘plash;


57
-
Ustav kapitalining holati va harakati xususida hisobot tuzish bo‘yicha
ma’lumotlar olishni ta’minlash;
-
Qo‘shilgan kapital hamda rezerv kapitalining shakllanishi bilan bog‘liq
muomalalarni o‘z vaqtida hisobda aks ettirish;
-
Korxona sof foydasining shakllanishi va uning taqsimlanishini o‘z vaqtida
hisobga olish hamda nazorat qilish;
-
xususiy kapitallardan samarali foydalanganlikka baho berish;
-
xususiy kapitalda mavjud bo‘lgan imkoniyatlarni aniqlash;
-
uning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni aniqlash va hakozolar.
Xususiy kapital qiymatini ko‘paytirishning eng asosiy omili bo‘lib
korxonaning hisobot yilida olgan sof foydasi hisoblanadi. Faoliyat ko‘rsatuvchi
tashkilotlar shu omil hisobiga o‘z jamg‘armalarini oshirishlari eng optimal variant
deb qaraladi. Sababi, bu omilning o‘zgarishi faqatgina korxonaning o‘ziga bog‘liq
bo‘lib, uning har tomonlama to‘liq imkoniyatlarini ishga solib faoliyatini
boshlashini taqozo etadi. Bundan tashqari boshqa ko‘rsatkichlarning o‘zgarishi
ham ushbu omil bilan bevosita bog‘liq bo‘ladi. Mazkur vazifalarni hal etishda
korxona va tashkilotlar «Mahsulot ishlab chiqarish va sotish xarajatlari hamda
moliyaviy natijalarni aniqlash tartibi to‘g‘risidagi Nizom»ni chuqur bilishlari
lozim. Undafoydanishakllantirishmuammolarinichuquro‘rganishlarilozim.
“Qorasu paxta tozalash zavodi” AJda xususiy kapitalni hisobga olishga oid
hujjatlar respublikamizdagi qonunchilikka asosan tuzilgan. Shuningdek, korxonada
xususiy kapitalni buxgalteriya hisobi schetlarida aks ettirilishi ham 21 son BHMS
talablari asosida aks ettirilmoqda.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqib quyidagilar taklif qilinadi:
-
yuqori iste’molchilik xususiyatiga ega bo’lgan sifatli va raqobatbardosh
yangi istiqbolli paxta navlarini yaratishga qaratilgan muhandislik-texnik
tadbirlarni ishlab chiqish;
-
korxonaning sof foydasi o‘sishini ta’minlash;


58
-
xususiy kapital hisobini tashkil qilishni yanada yaxshilash uchun
buxgalteriya hisobining avtomatlashgan shakli bo’lgan buxgalteriya hisobi
dasturi “1C:Buxgalteriya-8”dan keng foydalanish lozim.


59

Yüklə 252,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə