«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti


– chizma. Xususiy kapitalning shakllanish manbalari



Yüklə 252,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/27
tarix05.05.2023
ölçüsü252,65 Kb.
#108544
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili (1)

3 – chizma. Xususiy kapitalning shakllanish manbalari
Ustav kapitali korxonalarning tashkiliy-huquqiy shakllariga va mulk
shakllariga bog‘liqdir. Davlat korxonalarida ustav kapitali unga davlat tomonidan
birkitilgan mulklar majmuasidan tashkil topadi. Xususiy va kollektiv o‘rtoqchilik
mulklari asosida tashkil etilgan korxonalarda ustav kapitali ta’sischilarning pay va
badallaridan iborat bo‘ladi. Aksionerlik jamiyatlarida ustav kapitali chiqarilgan
oddiy va imtiyozli aksiyalarning nominal qiymatidagi summalarining yig‘indisidan
tashkil topadi.
Korxona ustav kapitali uning ustavi va ta’sis shartnomasiga muvofiq
qoidaga ko‘ra, ta’sischilarning hissalari hisobiga barpo etiladi. U korxonaning
xo‘jalik faoliyatidan olinadigan foydasi hisobiga, zarur bo‘lganda ta’sischilarning
maqsadli badallari hisobiga ham to‘ldirilishi mumkin. Korxona ustav kapitaliga
hissa sifatida binolar, inshootlar, qurilmalar va boshqa moddiy qiymatliklar: yer,
Xususiy kapitalning shakllanish
manbalari
Ichki manbalar
Tashqi manbalar
Korxona ixtiyorida
qolgan foyda
Qo’shimcha aksionerlik
kapitalini jalb etish
Asosiy vosita va
nomoddiy aktivlarni
amotizatsiya ajratmalari
Qaytarib berilmaslik sharti
bilan olingan moliyaviy
yordamlar
Xususiy kapitalni
shakllantirishni boshqa
tashqi manbalari
Xususiy kapitalni
shakllantirishni boshqa
ichki manbalari


22
suv va boshqa tabiiy resurslardan foydalanish huquqlari, shuningdek, boshqa
mulkiy huquqlar (shu jumladan, kashfiyotlardan foydalanish uchun, «NOU XAU»
va boshqa nomoddiy aktivlar); qo‘shma korxona ishtirokchi davlatlarining
valyo‘talaridagi erkin ayirboshlanadigan valyutalarda pul mablag‘lari qo‘shilishi
mumkin. Korxona, tashkilotlar, birlashmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va
ma’suliyati cheklangan jamiyatlar ustav kapitaliga chet el valyo‘tasida
qo‘shiladigan ulushlar «Chet el valyutasida amalga oshiriladigan muomalalarni
buxgalteriya hisobi, statistik va boshqa hisobotlarda aks ettirish tartibi
to‘g‘risida»gi qonun talablariga muvofiq amalga oshiriladi.
Ustav kapitalini tashkil qilish amaldagi qonunlar va ta’sis hujjatlari asosida
amalga oshiriladi. Ustav kapitaliga hissa shaklida qo‘shiladigan moddiy va
nomoddiy aktivlar ta’sischilar kelishuviga yoki yuridik shaxs ijroiya organining
qaroriga ko‘ra baholanadi va hisobga olinadi.
Bugungi kunda respublikamizda turli mulkchilik shaklidagi korxonalar o‘z
faoliyatlarini amalga oshirib kelmoqda. Bularga davlat mulki shaklidagi,
aksiyadorlik jamiyati shaklidagi, ma’suliyati cheklangan jamiyat shaklidagi,
qo‘shma korxona shaklidagi va boshqa korxonalar kiradi.
Davlat korxonasining ustav kapitali - davlat tomonidan korxonaning doimiy
tasarrufiga tekinga berilgan moddiy va pul mablag‘lari summasidir. Ustav
kapitalihisobiga asosiy va aylamna mablag‘lar shakllanadi. Korxonaga asosiy
vosita mavjud ishlab chiqarish hajmiga va ishlab chiqarishga xizmat ko‘rsatish
ob’ektlariga qarab, aylanma mablag‘lar esa normativlar asosida beriladi.
Normativyuqori tashkilot tomonidan belgilanadi. ammo ularni taqsimlashni
korxonaningo‘zi mustaqil amalga oshiradi.
Amaldagi tartibga ko‘ra, korxona ustav kapitali miqdori uning ta’sis
hujjatlarida qayd etilgan miqdoriga muvofiq bo‘lishi kerak. Davlat korxonflari
uchun yuqori turgan tashkilotning korxonani tashkil etish va uning balansiga ustav
kapitalini o‘tkazish to‘g‘risidagi buyrug‘i ta’sis hujjati hisoblanadi. Ba’zi hollarda
davlat korxonasining ustav kapitali hajmi o‘zgarishi mumkin. Ustav kapitali
miqdorini faqatgina yuqori tashkilot o‘zgartirishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyati


23
ustav kapitali uning aksiyadorlari sotib oladigan aksiyalarining nominal
qiymatidan iborat bo‘ladi. Bunda chiqariladigan jami aksiyalarning nominal
qiymati bir xil bo‘lishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyatining ustav kapitali miqdori ko‘payishi yoki kamayishi
mumkin. «Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish
to‘g‘risida»gi O‘zbekiston Respublikasi qonunining 21-moddasiga muvofiq
«Jamiyatning ustav fondi aksiyalar nominal qiymatini oshirish yoki qo‘shimcha
aksiyalarni joylashtirish yo‘li bilan ko‘paytirilishi mumkin». Aksiyadorlik jamiyati
ustav kapitalini kamaytirish favqulodda hollarda yuz beradi va uni ko‘paytirishdagi
singari tartibda amalga oshiriladi. Ustav kapitali miqdorining kamayishi aksiyalar
umumiy sonining qisqarishi bilan bog‘liq bo‘ladi. Shu jumladan, jamiyatning o‘zi
haqini keyinchalik to‘lash bilan aksiyalarni sotib olishi ham shu hisobga kiradi.
Amaldagi qonunlarga binoan aksiyadorlik jamiyati ustav kapitaliga hissa
tariqasida pul bilan baholanadigan va ta’sischilar tomonidan jamiyat aksiyalari
haqini to‘lash uchun kiritiladigan moddiy boylik, mulkiy yoki o‘zga huquqlari
to‘lashlari mumkin. Jamiyat ta’sis etilayotganda uning aksiyalari pulini to‘lash
shakllari jamiyatni tashkil etish to‘g‘risidagi shartnoma yoki jamiyat ustavida,
qo‘shimcha aksiyalar va boshqa qimmatli qog‘ozlar pulini to‘lash ularni
joylashtirish to‘g‘risidagi qarorda ko‘rsatiladi. Aksiyador ta’sis yig‘ilishi
belgilangan muddatlarda, ammo jamiyat ro‘yxatdan o‘tgandan keyin bir yildan
kechikmay aksiyalarning to‘liq pulini to‘lashi kerak. Aksiyalarni sotib olish
muddati o‘tganidan keyin aksiyadorlar jamiyati ularni o‘z ixtiyoriga qarab sotishga
haqli. O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi IV – bob, 62 – moddasiga
muvofiq, mas’uliyati cheklangan jamiyat deb bir yoki bir necha shaxs tomonidan
ta’sis etilgan, ustav fondi (ustav kapitali) ta’sis hujjatlari bilan belgilab qo‘yilgan
miqdorlardagi ulushlarga bo‘lingan jamiyat tan olinadi. Bunday jamiyat
kapitalidagi bo‘lingan hissalar miqdori ta’sis hujjatlarida belgilab qo‘yiladi. Uning
ishtirokchilari majburiyatlar bo‘yicha faqat o‘z mulki doirasida javob beradi.
Amaldagi qonunchilikka binoan korxona,tashkilot va jamiyatlarda rezerv
kapitali tashkil etiladi. Uning miqdori jamiyat ustav kapitalining 20 foizidan kam


24
bo‘lmasligi kerak. Rezerv kapitali har yili sof foydadan ajratmalar o‘tkazish yo‘li
bilan jamiyat ustavida belgilangan miqdorga etguncha tashkil etiladi. Rezerv
kapitali korxona ko‘rgan zararini qoplash, imtiyozli aksiyalar uchun dividend
to‘lash, aksiyadorlar talabiga ko‘ra aksiyalarni qayta sotib olish uchun ishlatiladi.
SHu bilan birgalikda rezerv kapitali hisobvaraqlari uzoq muddatli aktivlarni qayta
baholashda yuzaga keladigan inflyasion rezervlarga muvofiq foyda hisobidan
tashkil qilinadigan rezerv hisobi uchun mo‘ljallangan.
Amaldagi qonunchilikka binoan bepul olingan mol-mulk qiymati foyda
solig‘i bazasini oshiradi. Bepul olingan mol-mulk ekspert yo‘li bilan yoki o‘tkazma
hujjatlar asosida aniqlangan adolatli qiymat bo‘yicha hisobda aks ettiriladi.
Qo‘shilgan kapital - aksiyalarni nominal qiymatidan yuqori bo‘lgan narxlar
bo‘yicha birinchi bor sotilishida vujudga kelgan emissiya daromadi va Ustav
kapitalini shakllantirishdagi kurs farqlarini hisobga olish uchun mo‘ljallangan.
Sotib olingan xususiy aksiyalarni jamiyat o‘z balansida ushlab turishi yoki ularni
jamg‘arma bozorida qaytadan sotishi mumkin. Aksiya egalari qarori bilan ustav
kapitali sotib olingan xususiy aksiyalar summasiga kamaytirilishi, aksiyalarning
o‘zi esa bekor qilinishi mumkin. Lekin, O‘zbekiston Respublikasining
"Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlar huquqini himoya qilish to‘g‘risida"gi
Qonuniga muvofiq bunday aksiyalar hisobda bir yildan ortiq bo‘lgan muddatda
ushlab turilishi mumkin emas.
Taqsimlanmagan foyda – foydaning jamg‘arilayotganini ifodalaydi va
mulkdorlarning qaroriga binoan ustav kapitaliga qo‘shilishi mumkin. Paxta
tozalash korxonasining barcha yillar bo‘yicha faoliyati va hisobot davridagi
taqsimlanmagan foyda yoki qoplanmagan zarar summasi bir – biridan farq qiladi.
Foydani taqsimlash to‘g‘risidagi qarorni korxonaning mulkdorlari
(aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi) qabul qiladi.
Taqsimlanmagan foyda quyidagilarga ishlatilishi mumkin:
• Ustav kapitalini ko‘paytirishga;
• Rezerv kapitalini yaratish va to‘ldirishga;
• Aksionerlarga dividend to‘lashga;


25
• Zararlarni qoplashga;
• Mulkdorlarning qarori bo‘yicha boshqa maqsadlarga.
Aksiyadorlar o‘rtasida taqsimlanishi lozim bo‘lgan majburiy to‘lovlar va
barcha soliqlar to‘langandan keyin korxonada qoladigan foydaning bir qismi
dividend hisoblanadi. Odatda, dividendlar hisobot yili yakunlari bo‘yicha
hisoblanadi. Biroq aksiyadorlik jamiyatlari har chorakda va yarim yilda bir marta,
agar bu jamiyat ustavida taqiqlanmgan bo‘lsa, joylashtirilgan aksiyalar bo‘yicha
dividendlar to‘lash to‘g‘risida qaror qabul qilishga haqli. Yillik dividendlarni
to‘lash sanasi aksiyadorlik jmiyati ustavida yoki aksiyadorlar yig‘ilishi qarori bilan
belgilanadi.
Korxona rahbariyati tomonidan dividendlarni to‘lash e’lon qilinganidan
so‘ng, agar ular kelasi yil uchun to‘lanadigan bo‘lsa, joriy majburiyatlar sifatida
hisobda aks ettiriladi.
Grantlar, subsidiyalar va beg‘araz yordamlarni hisobga olish 1998 yil 3
dekabrda Adliya vazirligi tomonidan 562-raqam bilan tasdiqlangan «Davlat
subsidiyalari hisobi va davlat yordamini izohlash» nomli 10-son BHMS bilan
tartibga solinadi.
• Grantlar deganda ijtimoiy xususiyatga ega maqsadlar, iqtisodiyotni rivojlantirish,
ilmiy-texnik va innovatsion dasturlarni bajarish uchun Hukumat, nodavlat, xorijiy,
hamda xalqaro tashkilotlar va jamg‘armalar tomonidan ko‘rsatiladigan tekin,
gumanitar yoki moddiy-texnik mablag‘lar tushuniladi.
• Subsidiyalar – bu korxonaga uning faoliyatini rivojlantirish maqsadida ma’lum
bir shartlarga ko‘ra davlat tomonidan pul va moddiy aktivlar bilan berilgan yordam
summasi. Davlat subsidiyalarining hisobi O‘zbekiston Respublikasi Moliya
vazirligi tomonidan 1998 yil 19 oktyabrda 52-son bilan tasdiqlangan (10-sonli
BHMS) “Davlat subsidiyalarini hisobgaolish va davlat yordamini ochish”
Buxgalteriya hisobining milliy standartiga (03.12.1998 yil 562-sonli ro‘yxatga
olingan, “O‘zbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qo‘mitalari va idoralari
me’yoriy hujjatlar ma’lumotnomasi” 1999 yil, 6-son) muvofiq amalgaoshiriladi.
Shu bilan birgalikda subsidiya va grantlar turli nodavlat, xalqaro tashkilotlar va


26
jamg‘armalar tomonidan muhim dasturlarni amalga oshirish uchun korxonalar
tomonidan taqdim etilishi mumkin.
• A’zolik badallari – bu jamiyatning ta’sis hujjatlariga muvofiq belgilangan a’zolik
badallari summasi. Yig‘ilgan a’zolik badallari jamiyatning faoliyatini
rivojlantirishga sarflanadi. Jamiyat tugatilganda to‘plangan a’zolik badallari uning
qarzlarini qoplashga yo‘naltiriladi.
• Maqsadli foydalanish uchun soliq imtiyozlari-bu davlat qonunlari asosida
korxonani maqsadli vazifalarni bajarish uchun soliqlardan ozod etish natijasida
to‘plangan mablag‘lar majmuasi. Ushbu maqsadli tushumlarning hisobi maxsus
Nizomga, shuningdek 21- son BHMS ga muvofiq yuritiladi.
• “Kelgusi davr xarajatlari va to‘lovlar rezerv” hisobvarag‘i bir maromda xarajat va
to‘lovlarani ishlab chiqarish yoki muomala xarajatlariga kiritish yo‘li bilan
belgilangan tartibda rezerv qilingan summalar holati va harakati to‘g‘risidagi
ma’lumotlami jamlash uchun qo‘llaniladi. Xususan, ushbu hisobvaraqda asosiy
vositalami ta’mirlash bo‘yicha kelgusi xarajatlar summasini aks ettirish mumkin.
Xarajatlarga qo‘shiladigan summalarni rezervlash qonun hujjatlari,
shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999 yil
5 fevraldagi 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Mahsulot (ishlar, xizmatlar)ni
ishlab chiqarish va sotish xarajatlarining tarkibi hamda moliyaviy natijalarni
shakllantirish tartibi to‘g‘risida”gi Nizomi bilan tartibga solinadi.
Buxgalteriya Hisobi Xalqaro Standartlariga muvofiq bunday rezervni tashkil
qilish tavsiya qilinmaydi. Chunki korxona uni tashkil etishda o‘z hisobotida
amalga oshirilmagan xarajatlarni aks ettiradi va foydani kamaytiradi. Tijorat
korxonalari, agar hisob siyosatida bu aks ettirilgan bo‘lsa, faqat sof foyda hisobiga
rezerv tashkil etishlari mumkin. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun rezervdan
foydalanishda soliq solinadigan baza mazkur xarajatlar summasiga kamaytiriladi.
Ishlab chiqarish xarajatlari hisobiga rezerv tashkil qilish O‘zbekiston
Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan holda, asosan mavsumiy
ishlaydigan korxonalar uchun ruxsat etiladi.


27

Yüklə 252,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə