«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti


vazifalari va me’yoriy tartibga solinishi



Yüklə 252,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/27
tarix05.05.2023
ölçüsü252,65 Kb.
#108544
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili (1)

vazifalari va me’yoriy tartibga solinishi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida turli mulkchilikka asoslangan
xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarning salohiyatini ularning xususiy kapitali
ko‘rsatkichi xarakterlaydi. Xususiy kapitalga yetarli darajada ega bo‘lmagan
xo‘jalik yurituvchi sub’ekt faoliyatini uzluksiz rivojlantira olmaydi va bozorda
vujudga keladigan raqobatga bardosh berish qobiliyati sust bo‘ladi. Shuning uchun
ham xususiy kapitalga ega bo‘lish, uni doimiy tarzda ko‘paytirib borish bozor
iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo‘jalik yurituvchi sub’ektning, shu jumladan
paxta tozalash korxonalarning ham rivojlanishiga kafillik beruvchi muhim element
bo‘lib hisoblanadi.
Paxta tozalash korxonalarida ham boshqa mulk shaklidagi korxonalar singari
buxgalteriya hisobining ob’ekti bo‘lib, moliyaviy xo‘jalik faoliyatini
shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi. Lekin shu bilan birgalikda
paxta tozalash korxonalarida shu mulk shaklining o‘ziga xos xususiyatlaridan kelib
chiqadigan va buxgalteriya hisobida inobatga olish shart bo‘lgan ob’ektlar ham
mavjud. Buxgalteriya hisobining shunday ob’ektlaridan biri aksiyadorlik
jamiyatlarida mulkni tasarruf etish, boshqarish va unga egalik qilish usuli
yordamida liberal iqtisodiy-ijtimoiy faoliyat ko‘rsatishdir. Buxgalteriya hisobida
bu jarayon o‘ziga xos xususiyatlarga ega. Bularga aksiya chiqarish va uning
muomalasi bilan bog‘liq operatsiyalar, xususiy (ustav) kapitali, qimmatli
qog‘ozlar, daromad (foyda), dividend to‘lovlari, maxsus shakllanadigan fondlar va
foydaning taqsimoti kabi jarayonlar kiradi. Bu jarayonlarning barchasi aksiyadorlik
jamiyatlarida buxgalteriya hisobining o‘ziga xos bo‘lgan hisob ob’ektlardir.
Xususiy kapital hisobi hozirgi erkin bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim
ahamiyatga ega bo‘lib, u korxonaning o‘z qudrat darajasi qay darajada ekanligini
bildiradi. Shu taraflarni e’tiborga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisining birinchi chaqiriq 6 – sessiyasida qabul qilingan “Buxgalteriya hisobi
to‘g‘risida”gi Qonunda ham xususiy kapital hisobiga katta e’tibor berilgan. Uning


14
16 – moddasiga ko‘ra moliyaviy hisobotlar tarkibida 5 – shakl “Xususiy kapital
to‘g‘risidagi hisobot” deb nomlanib, bu shakl har yili boshqa hisobotlarga
qo‘shilgan holda yuqori organlarga topshirilishi lozim. Paxta tozalash
korxonalarida buxgalteriya hisobining ob’ekti bo‘lib, moliyaviy xo‘jalik faoliyatini
shakllantiruvchi aktivlar va majburiyatlar hisoblanadi.
Ushbu ob’ektlarni tadqiq qilishda buxgalteriya hisobining muhim
fundamental tamoyillaridan biri bo‘lgan ikki yoqlama yozuv tamoyiliga
asoslaniladi. Buning zamirida quyidagi tenglik yotadi:

Yüklə 252,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə