«avtomatlashtirish, boshqaruv va matbaa» fakulteti


Paxta tozalash korxonalarida xususiy kapital tarkibi, o‘zgarishi va



Yüklə 252,65 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə17/27
tarix05.05.2023
ölçüsü252,65 Kb.
#108544
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27
qorasu paxta tozalash korxonasi xususiy kapitali hisobi va tahlili (1)

2. Paxta tozalash korxonalarida xususiy kapital tarkibi, o‘zgarishi va
dinamikasining tahlili
Paxta tozalash korxonalarining xususiy kapitali o‘z ichiga bir qancha
ko‘rsatkichlarni olib, ular quyidagi tartibda tashkil etiladi:
-
Ustav kapitali;
-
Qo‘shilgan kapital;
-
Rezerv kapitali;
-
Taqsimlanmagan foyda;
-
Xususiy kapital bilan qoplanmagan zarar.
Paxta tozalash korxonalarining ustav kapitali o‘z mablag‘lar manbaining
asosini tashkil etadi. Ustav kapitali ta’sischilar tomonidan qo‘yilgan pay
to‘lovlarini, aksiyalarining nominal qiymatini o‘zida saqlaydi. Uning hisobi esa
hukumat qarorlari va ta’sischilarning yig‘inida qabul qilingan qarorlar asosida
yuritilib boriladi.
Davlat tashkilotlarida ustav kapitali davlat byudjeti tomonidan ajratilgan
mulkni ko‘rsatadi. Mulkning kelishi vaqtiga esa bu summa ustav kapitalida
ko‘rsatiladi.
Korxonalar amalda qo‘llanilayotgan qonunlarga ko‘ra har yili erishgan
foydasidan rezervlar tashkil etishlari mumkin. Unga har yili ustavda ko‘rsatilgan
tartibda mablag‘ chegirilib boriladi.
Tashkil etilgan fond esa quyidagi maqsadlar uchun sarflanadi:
1. Ko‘rilgan zararlarni qoplash uchun;
2. Korxona hisobot yilida foyda olmagan bo‘lsa imtiyozli aksiyalar uchun
dividend berish;
3. Boshqa to‘lovlarni amalga oshirish uchun.
Taqsimlanmagan foyda - bu korxonaning hisobida turgan sof foydasini
ko‘rsatadi. U ham xususiy kapital tarkibiga kiruvchi eng asosiy ko‘rsatkichlardan
sanaladi. Lekin faoliyat yurituvchi korxonalar har safar ham foyda bilan
chiqmasligi mumkin. Bu holda uning zarari xususiy kapital bilan qoplanmagan


45
zarar deb yuritiladi. Mazkur ikkala qiymat ham 8710- «Hisobot davridagi
taqsimlanmagan foyda (qoplanmagan zarar)» hamda 8720 – “Jamg‘arilgan foyda
(qoplanmagan zarar)” schyotlarida yuritilib, ularning farqi ishoralari orqali
aniqlanib olinadi.
Moliyaviy tahlilni olib borishda koeffitsientlar usuli eng ilg‘or usullardan
hisoblanadi.

Yüklə 252,65 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   27




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə