Axborot xati


Metodlar(Materials and Methods)



Yüklə 241,16 Kb.
səhifə4/4
tarix29.11.2023
ölçüsü241,16 Kb.
#138824
1   2   3   4
AXBOROT-XATI--1-

Metodlar(Materials and Methods). Ushbu bo‘limda natijalarni olish uchun ishlatilgan usullar va metodlar keldiriladi. So‘ngra esa tajribalarning shu qadar batafsil yoritiladiki, har qanday vakolatli mutaxassis o‘z laboratoriyasida ushbu maqolaning matnidan foydalanib tajribalarni takrorlashi mumkin bo‘lishi kerak.
Natijalar(Results). Erishilgan eksperimental yoki nazariy natijalar keltiriladi. Tadqiqotga tegishli bo‘lgan natijalar ushbu bo‘limda keltiriladi. Natijalar odatda biror shaklda va ko‘rinishda taqdim etiladi: jadvallar, grafikalar, diagrammalar, tenglamalar, fotosuratlar, chizmalar yoki matn ko‘rinishida. Rasmlarda qisqacha sharhlar, taqqoslashlar, statistik baholar keltiriladi. Natijalar bo‘limida faqat natijalar keltiriladi. Natijalar bo‘limi qisqa bo‘lishi kerak. Natijalarni izohlash, boshqa tadqiqotchilar ma’lumotlari bilan taqqoslash va shunga o‘xshash amallar keyingi munozara bo‘limiga qoldiriladi.
Xulosalar(Conclusion). Munozarada bo‘limida quyidagilar keltirilishi mumkin:

  • tadqiqotning maqsadi va gipotezasini eslatish;

  • asosiy topilmalarni sanab o‘tish (gipoteza rad yoki qabul etilganligidan qat’i nazar; tadqiqot ijobiy yoki salbiy natijalarga erishishdan qat’iy nazar; boshqa tadqiqotchilarning natijalari bilan ziddiyatda yoki muvofiqlikda bo‘lishidan qat’i nazar);

  • natijalarni umulashtirish;

  • maqola kirish qismida keltirilgan vazifalar bajarilishi yoki bajarilmaslik sabablari;

  • muallifning fikriga ko‘ra, tadqiqotning ushbu natijalariga erishish yoki erisha olmaslik sabablarini keltirish;

  • tadqiqot davomida paydo bo‘lgan to‘siqlar va cheklovlar haqida ma’lumot;

  • tadqiqot natijalarini amaliyotda qo‘llanishni tavsiyalari;

  • kelgusi tadqiqotlar uchun yo‘nalish taklif qilish (ushbu tadqiqotga ko‘ra, qaysi muammolarni yanada ko‘proq o‘rganish kerak? Ushbu tadqiqot natijasida qaysi muammolar va savollar ochiq qoldirildi?);

  • boshqa mualliflar tadqiqotlarini tanqid etish, rad etish yoki qo‘llabquvvatlash, baxs yuritish;

  • tadqiqotga doir muallifning fikrlari, tanqidi, savollari, gumonlari, kelajakdagi maqsadlari va h.k. Munozara bo‘limi sizning fikrlaringiz va g‘oyalaringizni ifodalash uchun eng mos joy. Bu yerda siz boshqa tadqiqotchilar bilan bahslashish, yangi gipoteza, fiklar, farazlar, nazariyalarni taklif qilishingiz mumkin. Agar gipoteza maqolaning kirish qismida shakllantirilgan bo‘lsa, unda muhokamada gipoteza tasdiqlangan yoki tasdiqlanmaganligini yozish kerak.

Foydalanilgan adabiyotlar (References). Tezis tayyorlash uchun foydalanilgan barcha adabiyot va ilmiy maqolalarning ro‘yxati [1], [2] va [3] ketma-ketligida beriladi (mualliflar ismi-sharifi, maqola nomi, jurnal nomi, nashri, yili, soni, betlari).

  1. Arifjanov, A. et al. Model of urban groundwater level management in drainage systems. Acta Hydrologica Slovaca. 23(2), 2022, p.172–179.

  2. Madaliev, M. E. U., Abdulkhaev, Z. E., Toshpulatov, N. E., & Sattorov, A. A. Comparison of finite-difference schemes for the first order wave equation problem. In AIP Conference Proceedings 1(2637), 2022, p.1-8.

Yüklə 241,16 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə