Axolini xisobga olish axborot tizimini yaratish mundarija kirish 3 ma`lumotlar bazasi haqida 5



Yüklə 256 Kb.
səhifə2/10
tarix22.12.2023
ölçüsü256 Kb.
#153879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
IP 14

MBBTning asosiy funktsiyasi
Informatsion tizimlarni yaratish bo`yicha jadal harakatlar ma`lumotlar hajmining tez suratlar bilan oshib borishi sharoitida 60 yillar boshida maxsus “Ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimi” (MBBT) deb ataluvchi dasturiy kompleksning yaratilishiga olib keldi.
MBBT asosiy xususiyatlari - bu protseduralar tarkibi bo`lib, ular faqat ma`lumotlarni kiritish va saqlashda ishlatilmasdan, ularning strukturasini ham tasvirlaydi. Ma`lumotlarni o`zida saqlab va MBBT ostida boshqariladigan fayl, oldin ma`lumotlar banki deb atalib, keyinchalik esa “Ma`lumotlar bazasi” deb yuritila boshladi.
Ma`lumotlarni boshqarish tizimi, quyidagi xossalarga ega:

  • fayllar to`plami mantiqiy kelishuvni quvvatlaydi;

  • ma`lumotlar ustida ish yuritish tili bilan ta`minlaydi;

  • har xil to`xtalishlardan keyin ma`lumotlarni qayta tiklaydi;

  • MBBT bir necha foydaloanuvchilarning parallel ishlashini ta`minlaydi.

Ma`lumotlarning relyatsion bazasi - bu o`zaro bog`langan munosabatlar , ya`ni jadvallar to`plamidir. Har qanday munosabat (jadval) komp`yuterlarning xotirasida fayl ko`rinishda joylashtiriladi. Ularning orasida quyidagi moslik mavjud:



Fayl

Jadval

Munosabat

Mazmuni

Yozuv
Maydon

Satr
Ustun

kortej
atribut
mazmunning nusxasi

atribut

Jadval hamma uchun juda qulay bo`lishi bilan bir qatorda ma`lumotlarni manipulyatsiya qilishning asosiy uch operatsiyasini bajarish uchun noqulaydir:, ya`ni tartiblash, indekslarning qiymatlari bo`yicha guruhlash va daraxt ko`rinishidagi parametrlar bilan ishlash.


Jadvalda ushbu uch operatsiya bir-biri bilan chambarchas bog`langan. Bu esa ba`zi bir operatsiyalarni bajarishda ma`lum bir qiyinchiliklarga olib keladi. Masalan, ma`lumotlarni bir parametr asosida tartiblash ikkinchi bir parametr bo`yicha tartiblashni buzib yuborishi tufayli zarur ma`lumotlarni izlab topish operatsiyasi bir parametr bo`yicha osonlashsa, boshqalari bo`yicha qiyinlashadi.
Kodd taklif qilgan usulining originalligi shundan iboratki, u munosabatlarga (jadvallarga) tadbiq qilish uchun juda chiroyli qurilgan operatsiyalar tizimini ishlab chikdi. Ularni amalga oshirish natijasida bir munosabatni boshqa munosabat orqali hisoblab chiqish imkoniyati paydo bo`ldi. Bu axborotlarni saqlanadigan va saqlanmaydigan (hisoblanadigan) qismlarga ajratish, hamda komp`yuter xotirasini tejash zarur bo`lgan paytda axborotlarning saqlanmaydigan qismini saqlanadiganlar asosida hisoblab chiqish imkoniyatini beradi.
Ma`lumotlarning relyatsion bazasidagi munosabatlar ustida bajariladigan asosiy operatsiyalar sakkizta bo`lib, ular quyidagilardan iborat:
-to`plamlar ustidagi ananaviy (traditsion) operatsiyalar, ya`ni to`plamlarning birlashmasi (yig`indisi), kesishmasi (ko`paytmasi), to`ldiruvchisi (ayirmasi), dekart ko`paytmasi, bo`lishmasi;
-maxsus relyatsion operatsiyalar, ya`ni proektsiyalash, bog`lanish (qo`shilish), birlashtirish (ulab qo`yish) va tanlash.
Har bir ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimining samaradorligi ushbu operatsiyalarning borligi va ularni bajarish vositalarining qanchalik qulayligi bilan aniqlanadi. Relyatsion MBBTda munosabatlar ustida operatsiyalar bajarish uchun mo`ljallangan tillarini ikki sinfga ajratish mumkin: relyatsion algebra tili (RAT) va relyatsion hisob tili (RHT).
RAT relyatsion algebraga (Kodd algebrasiga, -algebraga) asoslangan. Ma`lum tartib munosabatlar ustida operatsiyalarni ketma-ket yozish asosida xohlagan natijaga erishish mumkin. Shuning uchun RATni protsedurali til deyishadi.
RHT predikatlarni hisoblab chiqishning klassik usuliga asoslangan. Ular foydalanuvchilarga so`rovlarni yozish uchun ma`lum qoidalar to`plamini beradi. Bunday so`rovlarda faqat xohlagan natija haqidagi axborotlar bo`ladi xolos. Ushbu so`rov asosida MBBT yangi munosabatlar hosil qilish yo`li bilan avtomatik tarzda zarur natijani beradi. Shuning uchun RHTni protseduralimas til deyishadi.
Ma`lumotlar bazasini loyihalashtirishda relyatsion model bilan ishlash ancha noqulayliklarga olib keladi. Shu sabab ma`lumotlar bazasini loyihalashda har xil semantik modellar ham ishlatiladi. Ulardan eng ko`p tarqalganlaridan biriga - ER modeli deyiladi. Bu model ingilizcha “Entity-relation” deyilib, ma`nosi “Mohiyat-bog`lanish” demakdir.
Bu model 1976 yil Piter Chen tamonidan kiritilgan bo`lib u o`ziga bir qator grafik diagrammalarini oluvchi bir necha har xil turdagi komponentalarni birlashtirgan. Piter Chen mohiyatlar to`plami va ular orasida bog`lanish sifatida relyatsion ma`lumotlar strukturasini interpritatsiya qilishni taklif qildi.
ER -modelining asosiy komponentalari mohiyat, bog`lanish va atribut (xossa) bo`lib hisoblanadi.

Yüklə 256 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə