Axolini xisobga olish axborot tizimini yaratish mundarija kirish 3 ma`lumotlar bazasi haqida 5



Yüklə 256 Kb.
səhifə3/10
tarix22.12.2023
ölçüsü256 Kb.
#153879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
IP 14

Mohiyat -bu ma`lumotlari ma`lumotlar bazasida saqlanishi kerak bo`lgan biror real yoki tasavvur qilingan ob`ektdir. ER modeli diagrammasida mohiyat odatda to`rtburchak shaklida tasvirlanib, uning ichiga mohiyat nomi qo`yiladi.
Mohiyat aniq ma`noga ega bo`lgan nomga ega bo`lib, u yagona bo`lishi kerak. Mohiyat turini uning nusxasi bilan farq qilish kerak. Mohiyat nomi uning nusxasiga emas, turiga beriladi. Mohiyat nusxasi -bu aniq bir xil turdagi narsalar, hodisalar va boshqalardir.
Masalan, yuqoridagi “O`quvchi” mohiyatida “O`quvchi” mohiyat turining nomi, mohiyat nusxasi esa aniq bir o`quvchidir. Masalan, Axmedov, Toshmatov va boshqa.
Bog`lanish -bu ikki yoki bir necha mohiyatlar birikmasidir. Bog`lanish faqat ikkita har xil mohiyatlar orasida mavjud bo`ladi. Oxirgi bog`lanishga rekursiv deyiladi.
“Mohiyat-bog`lanish” diagrammalarini ishlab chiquvchi har xil turdagi standart metadologiyalar mavjud. Masalan, IDEFIX, IE, DM. Bu usullar har qaysisining mohiyat-bog`lanishni tasvirlash uchun o`z belgilari bor.
Atribut (xossa) -mohiyatni xarakterlovchi nomlardir. U o`zida yagona murakab bo`lmagan strukturani tasvirlab, mohiyat holatini xarakterlaydi. Masalan, “O`quvchi” mohiyati atributi -kod, familiya, ism, manzil, yosh va boshqalardir.
Mohiyat atributlar to`plami cheksizdir. U axborot tizimlari bilan ishlaydigan foydalanuvchi talabiga va echiladigan masalaga bog`liqdir.

1.2. Ma‘lumotlar bazasini normallashtirish


Normallashtirish – bu ma‘lumotlarni qo`shishda, o`zgartirishda va o`chirishda eng yaxshi xususiyatlarga ega ikki yoki undan ortiq bo`laklarga jadvalni bo`lish. Normallashtirishning asosiy maqsadi ma’lumotlar bazasini olishga qaratilganki, unda har bir dalil (fakt) faqat bir joyda uchraydi, ya’ni ma‘lumotlar ortib ketmaydi. Bu faqat xotiradan tejam foydalanlish maqsadida qilinmay, balki saqlanayotgan ma‘lumotlar orasida qaramaqarshiliklarni bartaraf qilish uchundir.
Har bir jadval relyatsion ma‘lumotlar bazasida shunday shartlarni qoniqtiradiki, unga ko`ra jadvalning har bir ustun va satrining kesishish joyida har doim yagona atomar qiymat joylashadi va hech qachon ko`p miqdorda xuddi shunday qiymatlar bo`lishi mumkin emas. Shu shartni qoniqtiruvchi har qanday jadval normallashgan deyiladi. Umuman olganda normallashmagan jadvallar, ya`ni takrorlanuvchi ma`lumotlar guruhiga ega jadvallar relatsion ma`lumotlar bazasiga kiritilmaydi.
Har qanday normallashgan jadval avtomat ravishda birinchi normal formada, qisqacha 1NF, deb hisoblanadi. Shunday qilib, umuman olganda, “normallashtirilgan” va “1NF da joylashgan ” bitta ma`noni anglatadi. Lekin amaliyotda “normallashtirilgan” atamasi ko`proq tor ma`noda eslatiladi – “to`liq normallashtirilgan”, ya`ni proyektda normallashtirishning hech qaysi prinsipi buzilmayapti degan ma`noda.
Keyingi pog`onadagi normallashtirishlarni ko`rib chiqamiz – ikkinchi normal forma (2NF), uchinchi normal forma (3NF) va hokazo. Umuman olganda, jadval 1NF da bo`lsa va undan tashqari yana bir qo`shimcha shartni qoniqtirsa, uning ma`nosi keyinroq ko`rib o`tiladi. Jadval 3NF da deyiladi, qachonki u 2NF dab o`lsa va yana bir qo`shimcha shartni qoniqtirsa va hokazo.
Har bir normal forma qandaydir ma`noda oldingisiga qaraganda ancha chegaralangan, lekin ma`qulroqdir. Bu shunga bog`liqki, “N-chi normal forma” ega bo`lgan ba`zi yoqimsiz tomonlariga “(N+1)-chi normal forma” ega emas. N-chi normal forma ga qarab (N+1)-chi normal formaga qo`yilgan qo`shimcha shartning umumiy ma`nosi ana shunday yoqimsiz tomonlarni yo`qotishdan iborat.
Normallashtirish nazariyasi jadval maydonlari orasidagi u yoki bu bog`liqlikning borligiga asoslanadi. Bunday bog`liqliklarning ikki turi aniqlangan:

  • funktsional

  • ko`p qiymatli

Funktsional bog`liqlik: Berilgan ixtiyoriy vaqtda A maydonning har bir turli qiymatiga mos ravishda albatta B maydonning har bir turli qiymatidan faqat bitta qiymati bo`lsa, jadvalning B maydoni huddi shu jadvalning A maydoniga funktsional bog`langan deyiladi. Aytib o`tish kerakki, A va B maydonlar tashkil qiluvchilar bo`lishi mumkin.
To`liq funktsional bog`liqlik: B maydon A tashkil qiluvchiga to`liq funktsional bog`liq bo`ladi, agar u A ga funktsional bog`liq bo`lsa va A maydonning boshqa qitymatlariga bog`liq bo`lmasa.
Ko`p qiymatli bog`liqlik: A maydon huddi shu jadvalning B maydonini ko`p qiymatli aniqlaydi, agar A maydonning har bir qiymatiga mos ravishda B maydonning aniqlangan qiymatlari bor bo`lsa.

Yüklə 256 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə