Axolini xisobga olish axborot tizimini yaratish mundarija kirish 3 ma`lumotlar bazasi haqida 5



Yüklə 256 Kb.
səhifə4/10
tarix22.12.2023
ölçüsü256 Kb.
#153879
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
IP 14

Normal formalar
Birinchi normal forma:
Jadval birinchi normal formada deyiladi, qachonki hech bir undagi qator istalgan maydonda bittadan ortiq bo`lmagan ma`noga ega bo`lmasa va birorta kalit maydoni bo`sh bo`lmasa ;
Ikkinchi normal forma:
Jadval ikkinchi normal formada deyiladi, qachonki agar u birinchi normal formadagi ifodalarni, maydonlarni qanoatlantiradi va birlamchi kalit bo`lmaganda hamda birlamchi kalitga to`liq funktsional qaram bo`lmaganda ;
Uchinchi normal forma:
Jadval uchinchi normal formada deyiladi, qachonki u 2NF ning barcha shartlarini qanoatlantirsa va birorta ham uning kalitsiz maydonlari boshqa bir kalitsiz maydonlar bilan bog`liq bo`lmasa;
Boysa-Kodd normal formasi
Jadval Boysa-Kodd normal (BKNF) formasida bo`ladi, agar maydonlar orasidagi har qanday funktsional bog`lanish to`liq funktsional bog`lanishga ega bo`lsa.
Beshinchi normal forma:
Jadval beshinchi normal formada (5NF) bo`ladi, qachonki har bir to`liq dekompozitsiya barcha proektsiyalari mumkin bo`lgan kalitlarni saqlasa. Birorta to`liq dekompozitsiyaga ega bo`lmagan jadval ham beshinchi normal formada (5NF) bo`ladi.
To`rtinchi normal forma agar to`liq dekompozitsiya ikkita proektsiya birlashmasidan iborat bo`lsa beshinchi normal formaning xususiy holi bo`ladi.
Normallashtirish protsedurasi
Normallashtirish – bu jadvallarni ma`lumotlarni yangilanishda, qo`shishda va o`chirishda bir nechaga bo`lishdir
Normallashtirish – bu jadvallarni barcha dekompozitsiyalari bilan ketma ket almashtirish jarayoni bo`lib, bu almashtirish jadvallarning barcha dekompozitsiyalar 5NF joylashmagancha davom etadi. Amaliyotda esa jadvallarni BKNF ga keltirish kifoya va katta kafolat bilan aytish mumkin-ki, ular 5NF joylashadi.
Jadvallarni NFBK utkazish protsedurasi
Bu protsedura, ixtiyoriy jadvalda yagona funktsional bog`liqliklar K->F kurinishda bo`lishga asoslanadi, bunda K – dastlabki kalit, F - esa qandaydir boshqa maydon. Shuni inobatga olish kerak-ki, bu dastlabki kalit ta`rifidan kelib chiqadi, yani K->F bog`lanish berilgan jadvalning barcha maydonlari uchun bajariladi. "Bir joyda bir fakt" degani boshqa funktsional bog`liqliklar hech qanday kuchga ega emas ma`noni bildiradi. Normallashtirishdan maqsad K->F ko`rinishdagi bog`lanishdan tashqari boshqa bog`lanishlardan vos kechishdir.
Agar normallashtirish vaqtida birlamchi(tashqi) kalitlar kodlarini boshlang`ich kalitlarnikiga almashtirilsa, u holda quyidagi ikki holni ko`rib chiqish kerak bo`ladi:

  1. Jadval birinchi tarkibli kalit ko`rinishida bo`lsin, aytaylik (K1,K2). Bundan tashqari, bu kalitning biror qismiga funktsional bog`liq, lekin to`la kalitga bog`liq bo`magan, masalan K2, F maydonni o`z ichiga olsin. Bu holda K2 va F(K2-birlamchi kalit) ni o`z ichiga oluvchi boshqa jadval tashkil qilish taklif etiladi va boshlang`ich jadvaldan F o`chiriladi:

Almashtirilsin T(K1,K2,F) , birlamchi kalit (K1,K2), FZ K2->F
T1(K1,K2)ga, birlamchi kalit (K1,K2),
va T2(K2,F), birlamchi kalit K2.

  1. Jadval birlamchi K kalitga ega, F1 maydonning mumkin bo`lgan kaliti bo`lmagan holda, qaysiki albatta Kga funktsional jihatdan bog`liq va boshqa kalitsiz F2 maydoni, qaysiki F1ga funktsional jihatdan bog`liq. Bu erda echim, aslida, avvalgining o`zi – F1 va F2 ni o`zida aks ettirgan jadval shakllantiriladi, boshlang`ich kalit F1 bo`lgan holda va F2 boshlang`ich jadvaldan olib tashlanadi:

Almashtirilsin T(K,F1,F2), birinchi kalit K, FZ F1->F2
T1(K,F1)ga, birinchi kalit K,
va T2(F1,F2), birinchi kalit F1.
Berilgan har qanday jadval uchun, ko`rib chiqilgan 2 qoidalarga asoslangan o`zgaruvchilarni takrorlab, deyarli barcha holatlarda oxir-oqibat ko`p jadvallarni olish mumkin, ular “oxiri” normal ko`rinishda (Formada) bo`ladi va shunday qilib K->F dan farqli bo`lgan hech qanday functsional bog`lanishga ega bo`lmaydi.

1.3. MBBT (SUBD) arxitekturasi


MBBT istalgan foydalanuvchiga ma`lumotlarga kirishga ruxsat etadi. Bu foydalanuvchilar amaliy jihatdan hech qanday quyidagi tasavvurlarga ega emas:

  • ma`lumotlarning xotirada fizik joylashishi va ular ko`rinishi;

  • so`raladigan ma`lumotlarni izlash mexanizmi;

  • bir xil ma`lumotlarga bir vaqtning o`zida ko`pchilik foydalanuvchilar tamonidan bo`ladigan so`rovlar muammolari (amaliy dasturlar bilan);

  • mumkin bo`lmagan va (yoki) ruxsat etilmagan o`zgarishlarni kiritishdan ma`lumotlarni himoyalashni ta`minlash usullari;

  • ma`lumotlar bazasini va boshqa ko`pgina MBBT funktsiyalarini aktual holatini ta`minlash.

MBBTning bu asosiy funktsiyalarining bajarilishida har xil turdagi ma`lumotlar tavsiflanadi.
Albatta, ma`lumotlar bazasini loyihalashni predmet sohasini tahlil qilishdan boshlash va alohida foydalanuvchilar talablarini aniqlash (ma`lumotlar bazasini tuzish uchun, korxona xodimlari) kerak.
MB ning foydalanuvchilardan so`rab olingan xususiy «ko`rinish»lar va ma`lumotlar to`g`risidagi o`z «ko`rinish»lari, keyingi «ko`rinish»larda kerak bo`lib qolishi mumkin, birlashtirib foydalanuvchi avval yaratilayotgan MB umumiy noformal tavsivini yaratadi. Insonlarga tushinarli bo`lgan ta`biiy til, matematik formulalar, jadvallar, grafiklar va boshqalar yordamida bajarilgan bu tavsiv ma`lumotlarning infologik modeli deb ataladi.
Insonlar uchun yo`naltirilgan bunday model to`laligicha ma`lumotlarni saqlash muhitining fizik parametrlariga bog`liq emas. Bu muhit, oxir oqibatda, EHM xotriasi bo`lmasdan, balki inson xotirasi bo`lishi mumkin. Shuning uchun, infologik model birorta predmet soxasini akslantirishi uchun, real olamdagi o`zgarishlar qandaydir ta`rifni o`zgartirishni talab qilmagancha, o`zgarmasligi kerak.
Rasmda ko`rsatilgan boshqa modellar komp`yuter uchun yo`naltirilgan xisoblanadi. Ular yordamida MBBT dasturlar va foydalanuvchilarga saqlanayotgan ma`lumotlardan foydalanish uchun imkoniyat yaratadi. Bu imkoniyat ma`lumotlarni fizik joylashishini hisobga olmasdan, balki dasturlar va foydalanuvchilar nomlari bo`yicha amalga oshiriladi. MBBT kerakli ma`lumotlarni tashqi eslab qolish qurilmasidan ma`lumotlarning fizik modeli bo`yicha izlaydi.
Demak, kerakli ma`lumotlardan foydalanishga ruxsat konkret MBBT yordamida bajariladi. Shuning uchun, ma`lumotlar modeli ushbu MBBT ma`lumotlarni tavsivlash tilida tavsivlvnishi kerak bo`ladi. Ma`lumotlarning infologik model bo`yicha yaratiladigan bunday tavsiviga ma`lumotlarning datamantiqiy modeli deyiladi.

Uch darajadagi arxitektura (infomantiqiy, datamantiqiy va fizik daraja) ishlatiladigan dasturdan ma`lumotlarning saqlanishini bog`lamaslikni ta`minlaydi. Kerak bo`lganda saqlanayotgan ma`lumotlarni boshqa ma`lumot tashuvchilarga yozib qo`yish va (yoki) ma`lumotlarni fizik modelini o`zgartish bilan uning fizik struturasini qayta tashkil etish mumkin. Tizimda istalgan yangi foydalanuvchilarni (yangi ilovalar) qo`shish mumkin. Agar datamantiqiy model kerak bo`lsa uni qo`shish mumkin.


1.4 Ma`lumotlar bazasini loyihalashtirish


Ma`lumotlar bazasini (MB) ishlab chiqish (loyihalash)ning asosiy maqsadi uning mantiqiy tuzilishini aniqlashdan iboratdir. MBni ishlab chiqish predmet sohasini tavsiflash asosida amalga oshiriladi. Bu tavsiflash MBga kiruvchi hamma ma`lumotlarni o`z ichiga oluvchi hujjatlar majmuini va predmet sohasini ifodalovchi ob`ekt va jarayonlar haqidagi boshqa ma`lumotlarni o`z ichiga oladi.
MBni yaratishni uni loyihalashdan boshlash lozim. Loyihalash natijasida relyatsion bazaning tuzilishi, ya`ni relyatsion jadvallar tarkibi, ularning tuzilishi va mantiqiy aloqadorligi aniqlanadi. Relyatsion jadvalning tuzilishi esa uning ustunlari tarkibi, ularning ketma-ketligi, ustun ma`lumotlarining turi va o`lchami, shuningdek jadval kaliti bilan aniqlanadi.
Predmet sohasini tahlil qilish
Ixtiyoriy tipdagi MBni loyihalashtirishning birinchi bosqichi predmet sohasini aniqlash bo`lib, u axborot tuzilmasini (kontseptual sxemalar) tuzish bilan yakunlanadi. Bu bosqichda foydalanuvchining so`rovlari tahlil qilinadi, axborot ob`ektlari va uning xarakteristikalari tanlanadi, hamda o`tkazilgan tahlil asosida predmet sohasi tuzilmalashtiriladi. Predmet sohasini tahlil qilish umumiy bosqich bo`lib, MB ishlashini amalga oshiradigan dasturiy va texnik vositalardan bog`liq emas.
Predmet sohasini tahlil qilishni uch pog`onaga bo`lish maqsadga muvofiq:
·kontseptual talablar va axborot ehtiyojlarini tahlil qilish;
·axborot ob`ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash;
·predmet sohasining kontseptual modelini qurish va MBni kontseptual sxemasin loyihalashtirish.
Kontseptual talablar va axborot extiyojlarini tahlil qilishda quyidagi masalalarni hal qilish kerak:
·foydalanuvchilarning MBga bo`lgan talablarini tahlil qilish (kontseptsial talablar);
·MBdan o`rin olishi lozim bo`lgan axborotlarga ishlov berish bo`yicha mavjud masalalarini aniqlash (tadbiqni tahlil qilish);
·kelajakda hal qilinishi lozim bo`lgan masalalarni aniqlash (perespektiv tadbiqni tahlil).
·tahlil natijalarini hujjatlashtirish.
Ishlab chiqarilayotgan MBga foydalanuvchilarning talablari so`rovlar bilan ularning intensivligi ko`rsatilgan ro`yxat va ma`lumotlarning hajmidan iborat. MBni ishlab chiqaruvchilar bu ma`lumotlarni uning bo`lajak foydalanuvchilari bilan suhbat o`tkazish natijasida aniqlaydilar. Shu erda axborotlarni kiritishga, yangilashga va o`zgartirishga bo`lgan talablar ham aniqlanadi. Mavjud va perespektiv tadbiqlarni tahlil qilish natijasida foydalanuvchilar talablari aniqlashtiriladi va to`ldiriladi.
Turli predmet sohalarini tahlil qilishda so`rovnomaning taxminiy tarkibini quramiz:
1-misol. Institut talabalarini hisobga olish uchun MBni ishlab chiqish taklif qilinayapti.
Predmet sohasining tahlil qilish:

  1. Institutda qancha talaba ta`lim oladi?

  2. Institutda qancha fakul`tet va kafedralar bor?

  3. Fakul`tet bo`limlari va kurslari bo`yicha talabalar qanday taqsimlanagan?

  4. Har bir kursda har bir mutaxassislik bo`yicha qancha fanlar o`qitiladi?

  5. Institutda qancha o`qituvchi bor?

  6. Boshqa shahardan kelgan qancha talaba yotoqxonada, xususiy xonadonlarda (ijarachi sifatida) yashaydi?

  7. Ma`ruza va amaliy mashg`ulotlar o`tkazish uchun qancha auditoriyalar, hamda qancha laboratoriyalar bor?

  8. Va boshqa.

Predmet sohasini tahlil qilishning ikkinchi pog`onasi axborot ob`ektlarini tanlash, har bir ob`ekt uchun zarur xossalarini berish, ob`ektlar orasidagi aloqalarni aniqlash, axborot ob`ektlariga qo`yiladigan cheklashlarni aniqlash, axborot ob`ektlari orasidagi aloqalarning turlarini va axborot ob`ektlarining tasifnomalarini aniqlashdan iborat.
Masalan, axborot ob`ektlarini tanlayotganda quyidagi savollarga javob berish kerak bo`ladi:

  1. MBda saqlanishi lozim bo`lgan ma`lumotlarni qanday sinflarga ajratish mumkin?

  2. Har bir ma`lumotlar sinfiga qanday nom berish mumkin?

  3. Har bir ma`lumotlar sinfi uchun qanday eng muhim tasifnomalarni (foydalanuvchining nuqtai nazaridan) ajratish mumkin?

  4. Tanlangan tasifnomalar to`plamlariga qanday nomlarni berish mumkin?

Axborot ob`ektlarini aniqlash itaratsion jarayon. U axborotlar oqimining tahlili va iste`molchilar bilan suhbat o`tkazish asosida amalga oshiriladi. Axborot ob`ektlarning tavsifnomalari ham xuddi shu usullar bilan aniqlanadi.
Predmet sohasining axborot ehtiyojini va tizimdan foydala-nuvchilarning axborot bilan ishlashdagi manfaatini hisobga olgan holda predmet sohasini tuzilmalashtirish uchun kontseptual model qo`llaniladi.
Har bir MB miqyosida kontseptual talablar kontseptual modelda umumlashtiriladi. Kontseptual model abstrak vositalar yordamida quriladi va predmet sohasidagi hamma axborot ob`ektlarini qurish imkoniyatini beradi. Bunda predmet sohasini qanchalik keng, aniq va chuqurroq qurishimiz biz tanlagan modelga bog`liq bo`ladi. Minimal imkoniyatlarga ega bo`lgan model ma`lumotlar va ular orasidagi o`zaro aloqalarni berish imkoniyatini ta`minalashi zarur. Kontseptual modelning semantik quvvati uning yordamida aniqlanishi mumkin bo`lgan qo`shimcha xarakteristikalarning sonini ortishiga mos ravishda ortadi.
Ma`lumki, har bir model ma`lum bir cheklanishlarga ega bo`lib, o`zida faqat ma`lum bir xossalarni aks ettiradi. Shu sababli kontseptual loyihalashtirish uchun model tanlashda, real dunyoni o`zida to`liq aks ettiradigan ideal modelni topish juda katta muammo ekanligini hisobga olish zarur. Avvalambor predmet sohasining xususiyatlari va MBga bo`lgan foydalanuvchining talablari modelni tanlash uchun asos bo`ladi. Boshqa muhim talab sifatida kontseptual modelning MBBTdan bog`liq emasligi, chunki u kontseptual sxema qurilgandan so`ng tanlanishi kerak. Predmet sohasini tahlil qilishda qo`llaniladigan model xilma-xil bo`lishi mumkin.
Mantiqiy loyihalash.
MB yaratishning eng zaruriy va mas`ulyatli bosqichlaridan biri - bu mantiqiy loyihalashtirishdir. Uning asosiy masalasi tanlangan MBBT uchun mo`ljallangan holda MB mantiqiy sxemasini ishlab chiqishdan iborat. Mantiqiy loyihalashtirish bosqichi kontseptual loyihalashtirishdan farqli ravishda, u komp`yuterning dasturiy vositasini to`liq hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Ish mazmuni bo`yicha mantiqiy loyihalashtirish axborot tizimini va uni tashkil etuvchi qismlarni real MBBTiga mos shaklda modellashtirishdan iborat.
Mantiqiy loyihalashtirish jarayoni quyidagi bosqichlardan iborat:

  1. Aniq bir MBBTni tanlash

  2. Kontseptual sxemani mantiqiy sxemaga o`tkazish

  3. Zarur kalitlarni tanlash

  4. So`rov tilini tavsiflash

Aniq bir MBBTni tanlash protsedurasini batafsil qaraymiz. MB loyihasini amalga oshirish uchun MBBTni tanlash juda katta mas`uliyat talab qiladi. Bu bir tomondan MBBTlarning juda ko`pligi bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p sonli xarakteristikalar bo`yicha MBBTni baholash va ularning orasidan aynan shunday tizimni tanlash kerakki, u foydalaniuvchi va ishlab chiqaruvchilar talablarini to`liq qanoatlantirishi mumkin bo`lsin. Chunki MBda axborotdan foydalanish va ishlov berishi samaradorligi MBBTning qanchalik to`g`ri tanlashdan bog`liq bo`ladi.
MBBTni tanlashning asosiy me`yorlaridan biri-bu ma`lumotlarni ishlatadigan ichki modelining kontseptual sxemasini tavsiflash uchun qanchalik samarador ekanligini baholashdan iborat. Shaxsiy komp`yuterlar uchun mo`ljallangan MBBTlarning ko`pchiligi, odatda ma`lumotlarning relyatsion yoki tarmoq modeliga tayangan holda ishlaydi. Zamonaviy MBBTlarning juda katta qismi relyatsion model asosida yaratilgan. Agar relyatsion tizim tanlangan bo`lsa, u holda MBning kontseptual sxemasini relyatsionga akslantirish (o`tkazish) oldinda turibdi.
Ishning mazmuni bo`yicha ma`lumotning tanlangan modeli (relyatsion, tarmoq va ierarxik) ma`lumotlar tizilmasini tavsiflash uchun vosita beradi. Protseduralar MBBT yadrosiga kiradigan ma`lumotlarni tavsiflash tilida bajariladi.
MBBTning ikkinchi tarkibiy qismi ma`lumotlarni manipulyatsiya qilish tildan iborat. Undan MBni turli tadbiqlar uchun ishlatishda foydalaniladi. Ko`p hollarda ma`lumotlarni manipulyatsiya qilish tili (MMT) dasturlashtirish tilga o`rnatilgan (kiritilgan) bo`ladi. MMT turli imkoniyatlarga ega bo`lishi mumkin: quyi pog`onadagi til va yuqori pog`onadagi til. Odatda quyi pog`onadagi til protsedurali, yuqori pog`onadagisi esa deklarativ til bo`ladi. Protsedurali tillardan foydalanish ma`lum tayyorgarlikni talab qiladi, deklarativ til bo`lsa ko`prok professional bo`lmagan foydalanuvchilar uchun yarokli. Shuning uchun ma`lum MMTga ega MBBTni tanlash maxsus tayyorgarligi bo`lmagan foydalanuvchi uchun juda muhimdir. Bundan tashqari MBBTga servis dasturlar va amaliy masalalarni echish uchun vositalar kiradi.
Axborot ob`ektlari va ular orasidagi aloqalarni aniqlash.
Predmet sohasini tahlil qilishning ikkinchi pog`onasi axborot ob`ektlarini tanlash, har bir ob`ekt uchun zarur xossalarini berish, ob`ektlar orasidagi aloqalarni aniqlash, axborot ob`ektlariga qo`yiladigan cheklashlarni aniqlash, axborot ob`ektlari orasidagi aloqalarning turlarini va axborot ob`ektlarining tasifnomalarini aniqlashdan iborat.
Axborot ob`ektlarini tanlayotganda quyidagi savollarga javob berishga harakat qilamiz:

  1. MBda saqlanishi lozim bo`lgan ma`lumotlarni qanday sinflarga ajratish mumkin?

  2. Ular bir ma`lumotlar sinfiga qanday nom berish mumkin?

  3. Ular bir ma`lumotlar sinfi uchun qanday eng muhim tasifnomalarni (foydalanuvchining nuqtai nazaridan) ajratish mumkin?

  4. Tanlangan tavsifnomalar to`plamlariga qanday nomlarni berish mumkin?

Axborot ob`ektlarini aniqlash -itaratsion jarayon. U axborotlar oqimining tahlili va iste`molchilar bilan suhbat o`tkazish asosida amalga oshiriladi. Axborot ob`ektlarning tasifnomalari xam xuddi shu usullar bilan aniqlanadi.

  1. Keyin axborot ob`ektlari orasidagi aloqalarni aniqlaymiz. Bu jarayon borishida quyidagi savollarga javob berishga harakat qilamiz:

  2. Axborot ob`ektlari orasidagi aloqalar turi qanday?

  3. Har bir tur aloqalarga qanday nom berish mumkin?

  4. Keyinchalik foydalanish mumkin bo`lgan qanday turdagi aloqalar bo`lishi mumkin?

  5. Aloqa turlarining biror bir kombinatsiyasi ma`noga egami?

Ob`ektlarga, ularning tasiflariga va aloqalariga cheklanishlar berishga harakat qilamiz. Buning uchun quyidagi savollarga javob berish zarur:

  1. Sonli tavsifnomalar uchun qiymatlarning o`zgarish sohasi qanday?

  2. Bir axborot ob`ektning tavsiflari orasidagi qanday funktsional bog`lanishlar bor?

  3. Har bir tur aloqalarga qanday turdagi akslantirishlar mos keladi?

Axborot tuzilmalarini qurish
Premet sohasini tahlil qilishning oxirgi bosqichi uning axborot tuzilmalarini (yoki kontseptual sxemalarni) loyihalashtirishdan iboratdir. Predmet sohasini tavsiflash yoki kontseptual sxemalarni loyihalashtirishni, bu maqsadlar uchun maxsus yaratilgan modellardan foydalangan holda amalga oshirish mumkin.
Ko`p hollarda kontseptual sxemalarni qurish uchun ananaviy agregatsiya va umumlashtirish usullaridan foydalaniladi. Agregatsiya qilishda axborot ob`ektlari (ma`lumotlar elementlari) ularning orasidagi semantik aloqalarga mos ravishda bir ob`ektga birlashtiriladi. Masalan. “DEAWOO” turdagi avtobus yo`lovchilarni jo`nash punktidan kelish punktiga tashiydi. Agregatsiya usuli bilan quyidagi atributlarga ega bo`lgan ReYS axborot ob`ektini hosil qilamiz. "avtobus turi; "jo`natish punkti", "kelish punkti", "avtobus reysi"

AVTOBUS REYSI axborot ob`ekti


Axborot ob`ektlarini (ma`lumotlar elementlarini) birlash-tirishda ularni sinfdosh ob`ektlarga birlashtiriladi.


Axborot ob`ektlarini sinfdosh ob`ektlarga birlashtirish.
Predmet sohasining axborot ehtiyojini va tizimdan foydala-nuvchilarning axborot bilan ishlashdagi manfaatini hisobga olgan holda predmet sohasini tuzilmalashtirish uchun kontseptual model qo`llaniladi.
Har bir MB miqyosida kontseptual talablar kontseptual modelda umumlashtiriladi. Kontseptual model abstrak vositalar yordamida quriladi va predmet sohasidagi hamma axborot ob`ektlarini qurish imkoniyatini beradi. Obrazli aytganda kontseptual model xuddi predmet sohasining “yuqorisiga ko`tarilib” va uning har bir elementini qurish imkoniyatini beradi. Bunda predmet sohasini qanchalik keng, aniq va chuqurroq qurishimiz biz tanlagan modeldan bog`liq bo`ladi. Minimal imkoniyatlarga ega bo`lgan model ma`lumotlar va ular orasidagi o`zaro aloqalarni berish imkoniyatini ta`minalashi zarur. Kontseptual modelning semantik quvvati uning yordamida aniqlanishi mumkin bo`lgan qo`shimcha xarakteristikalarning sonini ortishiga mos ravishda ortadi.
Ma`lumki, har bir model ma`lum bir cheklanishlarga ega bo`lib, o`zida faqat ma`lum bir xossalarni aks ettiradi. Shu sababli kontseptual loyihalashtirish uchun model tanlashda, real dunyoni o`zida to`liq aks ettiradigan ideal modelni topish juda katta muammo ekanligini hisobga olish zarur. Avvalambor predmet sohasining xususiyatlari va MBga bo`lgan foydalanuvchining talablari modelni tanlash uchun asos bo`ladi. Boshqa muhim talab sifatida kontseptual modelning MBBTdan bog`liq emasligi, chunki u kontseptual sxema qurilgandan so`ng tanlanishi kerak.
MB tizimini qurish masalasi quyidagi hollarda paydo bo`ladi:

  • Agar turli tadbiqlar qandaydir miqdorda umumiy axborot ob`ektlarini talb qilsak, ammo hamma axborot ob`ektlari va ular orasidagi xamma aloqalarni bitta MBda amalga oshirib bo`lmasa.

  • Agar axborot ob`ektlari umumiy aloqaga, munosabatga va atributlarning umumiy turiga ega bo`lsa.

MB tizimining axborot tuzilmasini ko`rishga misol sifatida avtomobilsozlikda ilmiy-tadqiqot va tajriba konstruktorlik ishlarini axborot ta`minoti tizimining MB uchun axborot tuzilmasini ko`rish jarayonini qaraymiz.
Ushbu predmet sohasini tahlil qilish jarayonida quyidagi axborot ob`ektlari ajratildi:

  • Fizik effektlar. Ushbu predmet sohasidagi fizik effektlar texnik ob`ektlarning ishlash (harakatlanishi) tamoyili sifatida ko`rsatiladi.

  • Texnik qarorlar. Bu qurilma, ishlash usuli yoki modda.

  • Mahsulot. Masalan, dvigatel.

  • Mahsulotni oluvchi ob`ekt. Masalan, dvigatel avtomashinaga o`rnatiladi.

  • Usullar va uslubiyat.

  • Asboblar va stendlar.

  • Texnologik jarayonlar va uskunalar.

  • Tashkil qilish va mutaxassislar.

  • Me`yorlar.

Bu ob`ektlar orasidagi aloqalar qarab chiqilib ma`lumotlarning aloqalarini aniqlovchi va tasvirlovchi jarayonlar yoki hodisalar ajratiladi.

2. MA`LUMOTLAR BAZASINING YaRATISh TeXNOLOGIYaLARI


2.1. SQL texnologiyasi
MB tillarini quvvatlash
Ma`lumotlar bazasi bilan ishlashda ma`lumotlar bazasi tili deb ataluvchi maxsus til ishlatiladi. Zamonaviy MBBT MB bilan ishlash uchun barcha kerakli vositalarni yagona birlashgan til qo`llab quvvatlaydi. Hozirgi kunda relyatsion MBBT uchun keng tarqalgan standart til - bu SQL (Structured Query Language) tilidir.

    • SQL tili relyatsion MB sxemasini aniqlaydi va ma`lumotlar ustida (manipulyatsiya) ish yuritadi. Unda MB ob`ekti nomlariga (relyatsion MB uchun – jadval nomi va uning ustunlari) o`zgartirishlar kiritish SQL tili kompilyatori yordamida amalga oshiriladi. Bundan tashqari uning ichki identifikatorlariga o`zgartirishlar kiritishni ham amalga oshiradi. MBBT ning ichki qismi (yadrosi) jadval nomlari va uning ustunlari bilan umuman ishlamaydi.

    • SQL tili o`z ichiga MB butunlik chegarasini aniqlashning maxsus vositasini oladi. MBning butunligini tekshirishni ta`minlaydi. MBni modifikatsiya qilish uchun kompilyatsiya vaqtida SQL kompilyatori mos dasturiy kodni generatsiya qiladi.

    • SQL tilining maxsus operatorlari MB «ko`rinish»lari deb ataladigan jadvallarni aniqlashga imkon beradi. Bu «ko`rinish»lar MB da nomlangan ustunlardan iborat so`rovlar shaklida saqlanadi (relyatsion MB ga nisbatan ixtiyoriy so`rovning natijasi jadval bo`ladi). Foydalanuvchi uchun «ko`rinish», xuddi MB saqlanadigan ixtiyoriy bazaviy jadvaldek, jadvaldir, lekin «ko`rinish»lar yordamida konkret foydalanuvchi uchun MB ko`rinishini chegaralash yoki kengaytirish mumkin. «Ko`rinish»larni ko`llash SQL tili darajasida ham amalga oshiriladi.

    • MB obektiga avtorizatsiya ruxsati SQL tilining maxsus operatorlar to`plami yordamida amalga oshiriladi.

    • MB ob`ektlariga ostuplar SQL operatorlarining maxsus to`plami asosida yaratiladi. Bu erdagi g`oya, xar xil foydalanuvchilar turli polnomochiyalarga ega bo`lishi kerak. MB ning jadvalini yaratgan foydalanuvchi, shu jadval bilan ishlash polnomochiyalarini to`lik to`plamiga ega. Bu to`plamga boshqa foydalanuvchilarga barcha yoki ba`zi polnomochiyalarni berish xam kiradi, xudi shunday polnomochiyalarni berish polnomochiyasi xisobga olgan xolda. Foydalanuvchi polnomochiyalari maxsus jadval-kataloglarda yozilgan bo`ladi va ularning kontroli SQL tili darajasida xam amalga oshiriladi.

SQL tili 70 yillar oxirida IBM firmasi tomonidan Sytem r nomli ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimining tajribaviy loyihasini ishlab chiqish doirasida yaratildi. Keyinchalik IBM firmasi tomonidan Sytem r ga yaqin bo`lgan yana ikkita sistema - SQL/DS i DB2 sistemalari ishlab chiqildi. Bu tilning xalqoro standarti 1986 yili ishlab chiqildi va u 1989 yilga kelib yanada kengaytirildi, lekin uning to`liq xalqaro standarti 1992 yil qabul qilindi. 1995 yilga kelib SQL92 standarti yangi komponentalar bilan to`ldirildi. Birinchi bo`lib SQL dan foydalanish Oracle MBBTda ishlatildi. Hozirgi kunda ko`pgina ishlab chiqilgan relyatsion ma`lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT) SQL92 standartini ishlatmoqda. Hozirgi kunda bu standart ham kengaytirilib SQL:2003, SQL:1999 -standartlari ishlatilmoqda. Bu standart tillari ancha murakkab bo`lib, u «asosiy» (entry), «oralik» (intermediate) va «tulik» (full) pog`onalariga bo`linadi..
SQL quyidagi komponentalarni o`z ichiga oladi:
-adminstrativ ma`lumotlar vositasi;
-tranzaktsiyalar balan boshqarish vositasi;
-DLL (Data Definition Language) ma`lumotlarni aniqlash tili;
-DML (Data Manipulation Language) ma`lumotlar ustida manipulyatsiya qilish (murakkab harakatlar bajarish) tili;
-DQL (Data Query Language) ma`lumotlar bazasiga so`rovlar tili.



1-jadval. SQL operatorlari

SELECT

Ma`lumotlarni olish
Ma`lumotlarni MB chiqarish.

INSERT
UPDATE
DELETE
MERGE

DML (Data Manipulation Language –ma`lumotlar ustuda manipulyatsiya bajarish tili)
Yangi satirlarni qo`yish, mavjud bo`lgan satirlarni o`zgartirish, kerak bo`lmagan satirlarni MB olib tashlash.

CREATE
ALTER
DROP
RENAME
TRUNCATE

DDL (Data Definition Language – Ma`lumotlarni tavsiflash tili)
Ma`lumotlar tuzilmasini yaratish, o`zgartirish va olib tashlash.

COMMIT
ROLLBACK
SAVEPOINT

Tranzaktsiyalarni boshqarish
Mantiqiy tranzaktsiyalarga o`zgartirishni guruxlash.

GRANT

REVOKE


DCL ( Data Control Language – ma`lumotlarni nazorat qiluvchi til)
MB murojaatni Predostavlyaet i otnimaet prava dostupa kak k BD, tak i k strukturam dannыx.

(SELECT operatori). Bu operator yordamida kuyidagi vazifalar bajariladi:



  • Proektsiya ( projection ): Jadvaldan kerak bo`lgan ustunlarni tanlab olishingiz mumkin. Bunda jadvalda mavjud bo`lgan ixtiyoriy sondagi ustunlarni tanlashingiz mumkin.

  • Selektsiya ( selection ): Qo`yilgan shartlarga javob beradigan satirlarni jadvaldan olishingiz mumkin.

  • Birlashuv ( joining ): Bir vaktta bir nechta bo`g`langan jadvallardan kerakli ma`lumotlarni olishingiz mumkin.

SELECT operatorining oddiy sintaksis konstruktsiyasi:
SELECT * | { [DISTINCT] ustun | ifoda [sinonim], ... }
FROM jadval;
Bunda:

Yüklə 256 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə