Axolini xisobga olish axborot tizimini yaratish mundarija kirish 3 ma`lumotlar bazasi haqida 5



Yüklə 256 Kb.
səhifə1/10
tarix22.12.2023
ölçüsü256 Kb.
#153879
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
IP 14


Axolini xisobga olish axborot tizimini yaratish
MUNDARIJA

KIRISH 3
1. MA`LUMOTLAR BAZASI HAQIDA 5
1.1. Ma`lumotlarning relyatsion tarkibi 5
1.2. Ma‘lumotlar bazasini normallashtirish 10
1.3. MBBT (SUBD) arxitekturasi 13
1.4 Ma`lumotlar bazasini loyihalashtirish 15
2. MA`LUMOTLAR BAZASINING YaRATISh TeXNOLOGIYaLARI 24
2.1. SQL texnologiyasi 24
2.2. DELPHI bo`yicha umumiy ma`lumotlar 27
2.3. DELPHI da ma`lumotlar sxemasi 29
3. Dasturiy TA`MINOT VA FOYDALANUVCHI 33
3.1. Moxiyat va aloqa o`rtasidagi aniqlov 33
3.2. SQL tilidagi asosiy surovnoma. 39
3.3. Ma`lumotlar omboriga ishlashi uchun texnik talablar 42
XULOSA 49
FOYDALANGAN ADABIYOTLAR 50

KIRISH


Xisoblash texnikasi rivojlanishga qadar undan foydalanish asosiy yunalishlari xam o`zgaradi. Birinchidan, xisoblash texnik vositalarni ishlatish, qo`l yordamida ma`lum vaktda kilish mumkin bo`lmagan xar xil turdagi matematik masalalar bajarishga mo`ljallangan. Bu yunalishning rivojlanishi sanoq metodlaridagi xisoblashlariga bo`g`langan matematik bulimlarning rivojlanishiga, xamda sanoq metodlarining oson amalga oshirishga va matematik xisoblarni bajarishga mo`ljallangan algoritmik tillarning paydo bo`lishiga sabab bo`lgan.
Keyinchalik imkoniyatlarning oshish darajasi va xisobot imkoniyatlarning kamayishi, ikkinchi yunalishning rivojlanishiga xisoblash imkoniyat texnikasini ishlatish ichidagi bir nechta protsessorlarni avtomatlashtirish bilan bog`langan. Bu erda komp`yuter xisoblash imkoniyatlari ikkinchi o`rinda. Xisoblash imkoniyatlarning asosiy funktsiyalari bu xolatda informatsiyani mustaxkam saklash xisoblanadi. Bu xolat uchun g`ayri tabiiy informatsiyani qayta ishlash bajarishidir, foydalanuvchi uchun engil va oson xazm bo`luvchi interfeys bo`lish imkoniyatini yaratish.
Xozirgi kunda ishalarni komp`yutersiz boshqarish ancha qiyin. Komp`yuterlar allaqachon buxgalter xisoboti, omborxonani boshkarish, korxonani kadrlari bo`limi ishlarini va shunga o`xshash jaraenlarni bajarishini o`z zimmasiga olgan. Statistika va xisobotga informatsion texnologiyalarning kirib kelishi, informatsiyaning ishonchliligini va olishi osonliligini ta`minlaydi, bu esa boshqarish imkoniyatlarini oshiradi. Zamonaviy ishning borishi boshqarish sferasida asoson: xaddan tashqari ishchilarning ko`pligi ma`lum bo`lim egallanganda; o`rin almashtirish majburligi ma`lumot uzatishda asosiy bug`in inson, bu esa ma`lumot uzatishining tezligini va ishonchligini kamaytiradi.
Avtomatlashtirish axborotni yig`ish, saqlash va qayta ishlash uchun kerak. Bu esa ishning unumdorlik sistemasini oshirib xamda qo`l mexnatini anchagina kamaytiradi.
Bundan kelib chiqib maxallaning faoliyatinni avtomatlashtirish xozirgi kundagi zamonaviy turi xisoblanadi.
Individual loyihaning maqsadi «Maxalliy» boshqarish uchun ma`lumotlar bazasini qobig`ini yaratishdadir.
Bunday maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalar quyilgan:

  • Del`fida ma`lumotlar ombori bilan ishlashni mukammal o`rganish;

  • Asosiy SQL tillar aspektlarini o`rganish;

  • Bunday tashkilot strukturasi bilan tanishish va shu asosida ma`lumotlar strukturasini yaratish;

  • Ma`lumotlar bazasiga qo`yilgan asosiy talablar bilan tanishib olish, buning asosida kerakli so`rovnoma va xisobotlarni ajratish;

  • Ta`minlash programmasini yaratish, shu bilan birga qulay va engil interfeys ishlash;

Bajarilgan individual loyiha kirish, 3 ta bob, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ruyxati va ilovadan tashkil topgan.
Kirishda tanlangan mavzu dolzarbligi xamda individual loyihaning maqsadi va qo`yilgan maqsadga erishish uchun asosiy masalalar berilgan, ishning tarkibi yoritilgan.
Birinchi bo`limda maxallaning ishi, tarkibi va asosiy funktsiyalari yoritilgan xamda ma`lumotlar bazasini asoslari keltirilgan, bazasini ishlab chiqarishga bag`ishlangan ishlab chiqarishning asosiy bosqichlari ko`rib chiqilgan. Analizlardan kelib chiqib kiruvchi va chiqquvchi ma`lumotlar ro`yxati ajralib chikib va dasturni asosiy funktsiyalari ajratilgan.
Ikkinchi bo`lim ishda qo`llangan axborot texnologiyalarga bag`ishlangan. SUBD va SQL tilini qisqacha ta`rifi berilgan.
Uchinchi bob dasturiy vositani yaratishga bag`ishlangan. Bunda ma`lumotlar bazasining modeli keltirilgan, ma`lumotlar bazasining asosiy so`rovnomalarini kodlari keltirilgan va dasturiy vositadan foydalanish ketma-ketligi keltirilgan.
Xulosada loyihaning natijalari yoritilgan.
Adabiyotlarning ruyxatida individual loyihani bajarishda foydalangan adabiyotlar ruyxati keltirilgan.
Ilovada dasturiy ta`minot va ma`lumotlar bazasining kodlari berilgan.
1. MA`LUMOTLAR BAZASI HAQIDA
1.1. Ma`lumotlarning relyatsion tarkibi
Hozirgi kunda inson faoliyatida ma`lumotlar bazasi (MB) kerakli axborotlarni saqlash va undan oqilona foydalanishda juda muhim rol` o`ynamoqda. Sababi: jamiyat taraqqiyotining qaysi jabhasiga nazar solmaylik o`zimizga kerakli ma`lumotlarni olish uchun, albatta, MBga murojaat qilishga majbur bo`lamiz. Demak, MBni tashkil qilish axborot almashuv texnologiyasining eng dolzarb hal qilinadigan muammolaridan biriga aylanib borayotgani davr taqozasidir.
Informatsion texnologiyalarning rivojlanishi va axborot oqimlarining tobora ortib borishi, ma`lumotlarning tez o`zgarishi kabi holatlar insoniyatni bu ma`lumotlarni o`z vaqtida qayta ishlash choralarining yangi usullarini qidirib topishga undamoqda. Ma`lumotlarni saqlash, uzatish va qayta ishlash uchun MBni yaratish, so`ngra undan keng foydalanish bugungi kunda dolzarb bo`lib qolmokda. Moliya, ishlab chiqarish, savdo-sotiq va boshqa korxonalar ishlarini ma`lumotlar bazasisiz tasavvur qilib bo`lmaydi.
Ma`lumki, MB tushunchasi fanga kirib kelgunga qadar, ma`lumotlardan turli ko`rinishda foydalanish juda qiyin edi. Dastur tuzuvchilar ma`lumotlarini shunday tashkil qilar edilarki, u faqat qaralayotgan masala uchungina o`rinli bo`lardi. Har bir yangi masalani hal qilishda ma`lumotlar qaytadan tashkil qilinar va bu hol yaratilgan dasturlardan foydalanishni qiyinlashtirar edi.
Relyatsion MB kuchli nazariy fundamentga ega bo`lib, u matematik munosabatlar (otnosheniya) nazariyasiga asoslangan. Ma`lumotlarning relyatsion modeli kontseptsiyasi 1970 yilda e.F.Kodd tomonidan taklif qilingan bo`lib, u ma`lumotlarni tavsiflash va tasvirlashning amaliy dasturlaridan bog`liq bo`lmasligini ta`minlash masalasini hal qilish uchun xizmat qiladi.
Ma`lumotlarning relyatsion modeli asosida «munosabat» tushunchasi yotib, u inglizcha relation so`zidan olingan. Ba`zi bir qoidalarga amal qilgan holda munosabatlarni ikki o`lchovli jadval ko`rinishda tasvirlash mumkin. Jadval har qanday odamga tushunarli va qulaydir.
Har qanday axborot tizimining maqsadi real muhit ob`ektlari haqidagi ma`lumotlarga ishlov berishdan iborat. Keng ma`noda ma`lumotlar bazasi - bu qandaydir bir predmet sohasidagi real muhitning aniq ob`ektlari haqidagi ma`lumotlar to`plamidir. Predmet sohasi deganda avtomatlashtirilgan boshqarishni tashkil qilish uchun o`rganilayotgan real muhitning ma`lum bir qismi tushiniladi. Masalan, korxona, zavod, ilmiy tekshirish instituti, oliy o`quv yurti va boshqalar.
Shuni qayd qilish lozimki, MBni yaratishda ikkita muhim shartni hisobga olmoq zarur:
Birinchidan, ma`lumotlar turi, ko`rinishi, ularni qo`llaydigan  programmalarga bog`liq bo`lmasligi lozim, ya`ni MBga yangi ma`lumotlarni kiritganda yoki ma`lumotlar turini o`zgartirganda, programmalarni o`zgartirish talab etilmasligi lozim.
Ikkinchidan, MBdagi kerakli ma`lumotni bilish yoki izlash uchun biror programma tuzishga hojat qolmasin.
Shuning uchun ham MBni tashkil etishda ma`lum qonun va qoidalarga amal qilish lozim. Bundan buyon axborot so`zini ma`lumot so`zidan farqlaymiz, ya`ni axborot so`zini umumiy tushuncha sifatida qabul qilib, ma`lumot deganda aniq bir belgilangan narsa yoki hodisa sifatlarini nazarda tutamiz.
Ma`lumotlar bazasini yaratishda, foydalanuvchi axborotlarni turli belgilar bo`yicha tartiblashga va ixtiyoriy belgilar birikmasi bilan tanlanmani tez olishga intiladi. Buni faqat ma`lumotlar tizilmalashtirilgan holda bajarish mumkin.
M a ` l u m o t l a r b a z a s i – bu ma`lum bir predmet sohasiga oid tizimlashtirilgan (strukturalashtirilgan) ma`lumotlarning nomlangan to`plamidir.

Yüklə 256 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə