B o t a n I k a (O‘smliklar anatomiyasi va morfologiyasi )


II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari)



Yüklə 1,97 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/102
tarix17.12.2023
ölçüsü1,97 Mb.
#150056
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102
O.N. Imomov. Botanika. Majmua

II. Asosiy nazariy qism (ma’ruza mashg’ulotlari) 
II.1. Fan tarkibiga quyidgi mavzular kiradi 
1-semestr. 
 1-modul Botanika (osimliklar anatomiyasi va morfologiyasi) 
1-mavzu. Kirish.
Botanika fanining ob’yekti va predmeti. Botanika fanining maqsadi va vazifalari. 
Fanning rivojlanishi tarixi va uning metodlari. Botanika fanining boshqa fanlar bilan 
aloqasi.
 
2-mavzu
.
 O’simlik hujayrasi. 
O’simlik hujayrasining tuzilishi. Ularning shakllari va o’lchamlari. Parenxima va 
prozenxima hujayralari. Hujayra qobig’i. Tsitoplazmatik menbrana (plazmalemma). 



Tsitoplazma (protoplazma). Protoplast. Organoidlar. O’simlik hujayrasining hayvon 
hujayrasidan farq qiluvchi asosiy belgilari. Hujayra vakuolasining tarkibiy qismi. 
O’simlik hujayrasi po’stining tuzilishi, kimyoviy tarkibi va biologik ahamiyati. Sekret 
va sutsimon moddalarning hujayra tarkibidagi ahamiyati. Hujayraning rivojlanish 
bosqichlari. Hujayra po’stining tuzilishi, kimyoviy tarkibi va biologik ahamiyati. 
Matseratsiya hodisasi. O’simlik hujayrasi tarkibidagi organoidlarning xossalari. Sekret 
va sutsimon moddalarning hujayra tarkibidagi ahamiyati.
3-mavzu. O’simlik to’qimalari. 
To’qima, uning ta’rifi va tasnifi. Hosil qiluvchi to’qima - meristema. Uchki, yon, 
bo’g’im oralig’i meristemalari. Initsial hujayralar va ularning faoliyati. Birlamchi va 
ikkilamchi meristema to’qimalari (prokambiy, peritsikl, kambiy, fellogen). Qoplovchi 
to’qima. Uning ta’rifi, xillari va vazifalari. Mexanik to’qima. Mexanik to’qimalarning 
xillari va ularning funktsiyalari. Kollenxima. Sklerenxima. Lub tolalari. Yog’ochlik 
tolalari. Asosiy (assimilyatsion, g’amlovchi) to’qimalar. Assimilyatsion to’qima. Uning 
o’simlik tanasida joylashuvi, tuzilishi va funktsiyasi. Ajratuvchi to’qimalar va 
aerenxima. Ajralib chiqadigan modda guruhlari: efir moylari, fitontsidlar, kislotalar, sut 
shirasi, terpenlar, polisaxaridlar va boshqalar. Aerenxima – havo o’tkazuvchi 
to’qimalar va ularning ahamiyati. O’tkazuvchi to’qimalar
.
Umumiy tavsifi. 
O’tkazuvchi to’qima xillari va ularning funktsiyalari. Ksilema va floema. O’tkazuvchi 
naylar (traxeyalar), ularning tuzilishi, joylashuvi va funktsiyalari. Elaksimon 
(to’rsimon) naylar. Ularning tuzilishi, joylashuvi va funktsiyalari. Traxeidlar, ularning 
tuzilishi, xillari va rivojlanishi. Perforatsiyalar. Suv o’tkazgich elementlarning (nay va 
traxeidlarning) filogenetik rivojlanishi. O’tkazuv nay bog’lamlarning hosil bo’lishi. 

Yüklə 1,97 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   102




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə