B. Yu. Xodiyev, D. S. Qgsimova korporativ boshqaruv о 'zbekiston Respublikasi Oliy va о ‘rta maxsus tu ’lint vazirligi tomonidan 5Л342211 — «Korporativ hoshqaruv»


Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida



Yüklə 4,47 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/103
tarix20.10.2023
ölçüsü4,47 Mb.
#128551
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103
Korporativ boshqaruv. Xodiyev B

1.3. Mamlakatlarning iqtisodiy rivojlanishida
korporatsiyalarning ahamiyati
Yirik korporativ tuzilmalarning tashkil etilishi XX asrda iqtisodiy 
rivojlanishning muhim tendensiyasi bo ‘ldi. Kopnoratsiyalar o‘z 
rivojlanish yo'lida va ularning jamiyat tomonidan qabul qilinishida 
fan-texnika, iktisodiyotning rivojlaiishi, aholi malakasi, ma’lumot 
darajasi bilan bog‘liq qator bosqichlarni bosib o‘tdi. Mazkur bosqich- 
laming har birida korporatsiyalar vujudga kehshiga har bir mamlakatda 
yuzaga kelgan korporativ madaniyat katta ta ’sir ko‘rsatdi. Hozirgi 
vaqtda korporativ sektorda mahsulot va xizmatlaming asosiy qismi 
ishlab chiqarilmoqda. Son nisbatiga k.o‘ra sanoati rivojlangan mamla- 
kaUarlarda korporatsiyalar, korporatsiyalarning umumiy sonida katta 
salmoqqa ega.
Shu bilan birga, ular YalM ishlab chiqarishda va davlat byudjetining 
daroinadlarida yetakchi mavqeni egallaydi. 2002-yilda Germaniyada 
10 ta yirik korporatsiya (biznes-guruh)ga sanoat ishlab chiqarishining 
15 foizi, AQSHda 27 foizi, Janubiy Koreyada 30-32 foizi, Rossiyada 
38,7 foizi to‘g‘ri keldi .
Jahonda yirik korporatsiyalar hal qiluvchi rol o‘ynashi haqida yana 
shu narsa dalolat beradiki, butun jahon ishlab chiqarishi hududining 
1/4 qismiga yaqinini taxminan 600 ta moliya-sanoat guruhi nazorat 
qiladi.
Ayniqsa, ko‘p ilm talab qiluvchi eng yangi ishlab chiqarishlar 
sohasida ularning salmog‘i yuqori, chunki aynan yirik birlashmalar 
yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga katta mablag' sarflashga qodir. 
Masalan, AQSHda elektron sanoat uchun jihozlar ishlab chiqarishda 
mingdan ortiq firma band, sotuvlaming yarmidan ko‘pi esa bor-yo‘g‘i 
14 kompaniyaning ulushiga to ‘g‘ri keladi. Kompyuterlar ishlab 
chiqarishning to‘rtdan uch qismi to‘rtta yirik firma tomonidan amalga 
oshiriladi. Germaniya, Fransiya, Yaponiya va boshqa sanoati rivojlangan 
mamlakatlarda ham xuddi shunday holat kuzatiladi.
G ‘arbiy Yevropa mamlakatlari va Yaponiyaning urushdan keyingi 
tarixi shuni ko‘rsatmoqdaki, milliy sarmoya faqatgina qudratli moliya- 
sanoat tuzilmalariga birlashib, davlat organlari bilan o ‘zaro jips 
hamkorlik qilsa hamda milliy va jahon iqtisodiyotining o‘ziga xos 
xususiyatlarini inobatga oluvchi huquqiy rejimda ishlasa, transmilliy 
korporatsiyalar va chet el moliya-sanoat guruhlari bilan raqobatlashishga 
qodir boladi.


Yirik sanoat koiporatsiyalarining shakllanishi rivojlangan mamlakat­
larda turlicha yo‘llar bilan kechdi. U G'arbiy Yevropa va AQSHda 
erkin bozor sharoitida kompaniyalarning qo‘shib olinishi va qo'shilishi 
yo‘lidan bordi. Osiyo mamlakatlari (Xitoy, Yaponiya, Janubiy Koreya, 
Tayvan)da ko‘p tarmoqli savdo-sanoat biriashmalari davlatning yordami 
bilan tashkil etildi. Davlat ularga hozir ham iqtisodiy beqarorlik 
holatlarida yordam ko‘rsatib turadi .
Hozirgi paytda jahonda xo‘jalik subyektlari korporativ integratsiya- 
lashuvining faol jarayoni kechmoqda. Korporativ integratsiyalashuv 
tadbirkorlikni tashkil etishning nafaqat sam arali, balki jahon 
xo‘jaligidagi zamonaviy o'zgarishlarga tez moslashadigan shakli bo‘lib 
qoldi.
Bugungi kunda yirik integratsiyalashgan korporativ tuzilmalar iqtiso- 
diyotning turli tarmoq va sektorlarida faoUyat ko‘rsatmoqda. Shu ЬДап 
birga, ular ikkita muhim tendensiya bilan tavsiflanadi:
— sanoat va kredit-moliya muassasalari, korporatsiyalar doirasida 
integra-tsiyalashuvi, ya’ni banklar va bank bo‘lmagan kredit-moliya 
muassasalarining korporatsiyalar tarkibidagi ishtiroki;
— transmilliylashuv, ya’ni chet elda shu’ba kompaniyalar va filiallar 
tashkil etib, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investiniyalami amalga oshirgan 
holda o‘z faoliyati sohasini kengaytirishga intilish.

Yüklə 4,47 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   103




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©genderi.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

    Ana səhifə